O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


KATTALARNI O‘QITISHDA TARQATMA



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

 
KATTALARNI O‘QITISHDA TARQATMA 
MATERIALLARINI TAYYORLASH 
 
Tarqatma  materiallar  tayyorlash  qatnashuvchilarga  e’tiborni 
nimaga  qaratish  lozimligini,  berilayotgan  ma’lumotni  eslab 
qolish, mavzuga qiziqishini oshirish maqsadida tayyorlanadi. 
 
Tarqatma 
material 
turi 
 
Ta’rifi 
 
Afzalligi 
 
Kamchiligi 
 
 
 
Tarqatma 
materiallar 
 
 
 
Yozma 
material-
lar 
Oldindan  tayyor-
lanadi. O‘qitish da-
vomida  tarqatiladi. 
Keyin  ham  ishla-
tish mumkin. 
Hamma uchun alo-
hida  berish  mum-
kin.  Muhim  punkt-
lar jamlanadi. Yozib 
olish zarurati yo‘qo-
ladi. 
 
 
Ko‘pincha 
e’ti-
borni  tortmaydi. 
Yangilash  kerak 
bo‘ladi. 
 
 
 
 
Flipchart 
Toza yoki 
marker 
bilan yo-
zilgan va-
raqlar. 
Birga bi-
riktirilgan 
Olib  qo‘yish  oson. 
O‘rganishga  yor-
dam beradi.  
Jamlash maqsadida 
ishlatish mumkin.  
 
Topshiriqlarni baj-
Tartibli 
bo‘lishi 
kerak.  Ko‘rishda 
muammolar  bo‘-
lishi mumkin.  
Ba’zida 
holatga 
mos 
kelmasligi 
mumkin. 


44 
rasmlar 
ketma-
ketligi. 
arish. 
Olib ?o‘yish oson. O‘rganishga yordam beradi. Jamlash ma?sadida ishlatish mumkin. Topshiriqlani bajarish. 
Qadamlarini  ko‘r-
satadi. 
 
 
 
Transpo-
rantlar 
Projektor 
yordamida 
ko‘rsatila-
digan, 
ma’lu-
motlar 
yozilgan 
atsetat 
listlar. 
Nufuzli  ko‘rinadi. 
Olib  qo‘yish  oson. 
Katta  guruhlar  bi-
lan  ishlatish  mum-
kin.  
Ko‘zni  charchata-
di.  Maxsus  mos-
lama  talab  qiladi. 
Murakkab  grafik-
lar  ko‘ruvchilarni 
qiynashi 
mum-
kin.  Elektr  mos-
lamalariga  bog‘-
liq. 
 
Slaydlar 
Ekranda 
aksi ko‘r-
satilishi 
mumkin 
bo‘lgan 
rasm 
formalari 
Tasvirlaydi.  Haqqo-
niy va qiziq.  
Har qanday ketma-
ketlikda  ko‘rsatish 
mumkin. Katta gu-
ruhlar  bilan  ish-
latish mumkin. 
 
Yaxshi  tayyorlan-
maganda  adashti-
rish  mumkin.  Xa-
rajatlarni talab qi-
ladi. Maxsus mos-
lama va elektr ke-
rak. Ba’zi holatga 
mos kelmaydi. 
 
Videofilm 
Diskka 
yoki kase-
taga yozil-
gan film-
lar 
Fikrlashni rag‘bat-
lantiradi. Harakat-
ga ruhlantiradi. 
Tasvirlaydi. 
Qimmat. Vaqt ola-
di.  Maxsus  jihoz-
larni talab qiladi. 
 
Nazorat savollari: 
 
1.  Salomatlik va uning asosiy ko‘rsatkichlariga ta’rif bering. 
2.  Salomatlikka  ta’sir  etuvchi  salbiy  omillarga  nimalar 
kiradi? 
3.  Sog‘lom turmush tarzi talablarini sanab bering. 
4.  Sog‘lom  turmush  tarzini  targ‘ib  etishda  tibbiy  -  ijtimoiy 
xodimning o‘rni qanday? 
5.  Katta yoshdagi aholini o‘qitish tamoyillari qanday? 
6.  Ko‘rgazmali materiallar haqida nimalarni bilasiz? 
 
 
 
 


45 
 
DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARINING 
ASOSIY TURLARI 
 
Respublikamizda  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  uchun  davolash 
profilaktika  muassasalari  (DPM)  keng  tarmoqli  qilib  barpo 
etilgan. DPM lar vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 
– shifoxonalar; 
– dispanserlar; 
– ambulatoriya poliklinikalari; 
– tibbiy tez yordam stansiyalari; 
– onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari; 
– sog‘lomlashtirish muassasalari. 
Shifoxonalar  –  bemorlarni  statsionar  sharoitda  davolashga 
mo‘ljallangan.  Hozirgi  vaqtda  alohida  statsionar  davolash 
mussasalari – tuzalmaydigan kasallik bilan xastalangan bemorlar 
uchun uylar (xospis) tashkil topmoqda.  
Shifoxonalar  bir  va  ko‘p  tarmoqli  tarzda  faoliyat  yaratadi. 
Bir  tarmoqli  shifoxonalar  (ixtisoslashtirilgan,  maxsus)  bemor-
larni  faqat  bitta  kasalligi  (masalan  sil)  bo‘yicha  davolashga 
mo‘ljallangan bo‘ladi. Ko‘p tarmoqli shifoxonalar esa bir necha 
bo‘limdan (terapiya, jarrohlik, travmatologiya, endokrinologiya, 
urologiya, allergiya kasalliklari) iborat bo‘ladi. 
Shifoxonaning asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: 
– qabulxona bo‘limi; 
– ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi; 
– davolash bo‘limi; 
– dorixona; 
– diagnostika bo‘limi; 
– oshxona. 
Dispanserlar  –  ixtisoslashtirilgan  DPM  bo‘lib,  alohida  gu-
ruhdagi  bemorlarga  tibbiy  xizmat  ko‘rsatishga  mo‘ljallangan. 
Jumladan: 
– sil kasalligi dispanseri; 
– onkologik kasalliklar dispanseri; 
– teri - tanosil kasalliklari dispanseri; 


46 
– kardiologiya kasalliklari dispanseri; 
– endokrin kasalliklari dispanseri; 
– narkologik kasalliklari dispanseri. 
Dispanserlar xizmati aholi orasida muayyan kasalliklar bilan 
og‘rigan bemorlarni aniqlash, hisobga olish, muntazam ko‘zatib 
borish,  patronaj  o‘tkazish  (
«Patronaj»  fransuzcha  patronage  – 
«Homiylik  qilmoq»  so‘zidan  olingan),  kasallik  sabablarini 
aniqlash  va  kasallik  tarqalishini  oldini  olish,  xalq  o‘rtasida 
sanitariya-oqartiruv  ishlarini  olib  borish  kabilarni  amalga 
oshiradi.   

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin