S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
6. Patronaj daftari – unga bajargan ishlarini yozib boradi.
Tibbiy ko‘rsatmalarni bajarish bilan birga kvartira, yotoqxo-
nalarning sanitariya holatiga ahamiyat beradi va sanitariya qoi-
dalari buzilganligi aniqlanganda aholi bilan tegishlicha suhbat
o‘tkazadi.
Kasallik tarixi statsionar arxivida 25 yil, poliklinikalarda esa
bemorlar umrining oxirigacha saqlanishi kerak. Hujjatlar quruq
xonalarda, maxsus jovonlarda, yili aniq ko‘rsatilgan holda joyla-
nishi lozim. Bu kerakli kasallik tarixini tezda topish imkonini
beradi.