S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
INSON EHTIYOJLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Inson organizmi normal faoliyat ko‘rsatishi va sog‘lom
bo‘lishi uchun uning hayotiy ehtiyojlari doimiy ravishda
qondirilishi lozim. Ushbu ehtiyojlarning birortasini qondirilmay
qolishi turli muammolarni keltirib chiqarishiga, bu esa o‘z
navbatida biron organ va sistema ishidagi buzilishlarga olib
keladi. Natijada inson xastalanadi. Demak, inson kasal bo‘l-
masligi uchun uning barcha ehtiyojlari o‘z vaqtida qondirilishi
lozim. Bemorlarning ehtiyojlarining qondirilishi esa ularning
tezda sog‘ayib ketishlariga yordam beradi.