75
Oqar suv bo‘lmasa jarohatlangan joyni tozalash uchun
dezinfeksiyalovchi gel yoki qo‘lni yuvish uchun qo‘llaniladigan
eritma ishlatiladi.
Jarohatlangan sohani tozalashda kuchli ta’sir qiladigan
moddalar – spirt, oqartiruvchi suyuqliklar va yod ishlatish
mumkin emas, chunku bu moddalar zararlangan yuzani
ta’sirlantirib, jarohatni zo‘rayishiga olib keladi.
Zararlangan joyni qisish, ishqash va jarohatdagi sanchilishdan
qolgan qonni so‘rish mumkin emas!
Qon va boshqa biologik suyiqliklarni zararlanmagan teriga
tushishi:
– ifloslangan soha darhol yuviladi. Oqar suv bo‘lmaganda
gel yoki qo‘lni yuvish uchun ishlatiladigan eritma bilan
tozalanadi;
– past konsentratsiyali dezenfeksiyalovchi vositalar masalan,
2 – 4 % li xlorgeksidin glyukonat eritmasi qo‘llaniladi.
Spirt, oqartiruvchi suyuqliklar va yod ishlatish, shuningdek,
kontaktda bo‘lgan joyni ishqash, tirnash (qashlash) va unga
bog‘lam qo‘yish mumkin emas!
Dostları ilə paylaş: