79
5. Zararsizlantiruvchi eritma tayyorlashda qo‘lga rezina
qo‘lqop kiyiladi. Yuzga niqob yoki universal resperator (RU-60)
tutilib, fartuk taqiladi. Ish tugagach qo‘llar yuvilib, krem
surtiladi.
Zararsizlantiruvchi eritmalar bilan zaharlanganda birinchi
yordam:
1. Ish tartibi buzilganda, avariya hollarida, texnik xavfsizli-
giga rioya qilinmaganda xodimlarda zaharlanish hollari ro‘y
berishi mumkin.
2. Barcha zararsizlantiruvhi kimyoviy moddalar bilan zahar-
langanda teri shilliq qavatli va nafas yo‘llarning ta’sirlanishi ro‘y
beradi.
3. Himoyalanmagan teriga zararsizlantiruvchi vosita tek-
kanda birinchi navbatda zararlangan joy oqar suvda yuviladi.
4. Nafas yo‘li orqali zaharlanganda tezda ochiq havoga yoki
yaxshi shamollatilgan xonaga chiqish, og‘iz - halqumni va
burunni suv bilan chayish zarur.
5. Zararsizlantiruvchi moddalar ko‘zga tushganda tezda oqar
suv bilan bir necha daqiqa davomida yuvish, albutsit tomizish,
oftalmologga murojaat qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: