S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
O‘choqdagi dezinfeksiya deb yuqoridagi ishlar bajarilma-
ganligi natijasida kasallik kelib chiqqan joyda o‘tkaziladigan tad-
birlarga aytiladi. O‘choqdagi dezinfeksiya o‘z navbatida kun-
dalik va yakuniy xillarga bo‘linadi.
Kundalik dezinfeksiya kasallik kelib chiqqan joyda, bemor
borligida o‘tkaziladi.
Yakuniy dezinfeksiya esa bemor tuzalib ketganidan so‘ng
yoki kasalxonaga yotqizilgandan keyin u yashagan xona va u
yerdagi asbob-anjomlar, qoldiq narsalarni yuqumsizlantirish
maqsadida o‘tkaziladi.
Dezinfeksiyaning mexanik, fizik, kimyoviy va aralash usul-
lari farqlanadi:
1. Mexanik usullarga xona va undagi buyumlarni ho‘l latta
bilan artish, kiyim-kechak va ko‘rpa-yostiqlarni qoqish, chang-
yutqich bilan tozalash, xonani shamollatish, oqlash, bo‘yash,
qo‘lni yuvish va boshqalar kiradi. Bu usulda 50–70% mikroblar
bartaraf etiladi, usulning afzalligi oson va tez bajarilishi bo‘lsa,
kamchiligi ishonchsizligidir.