Federativ davlat — murakkab, ittifoqdosh davlat. Odatda u bir qancha davlatlarning birlashuvidan hosil bo'ladi. Birla-shganidan keyin bu davlatlar federatsiya a'zolari yoki subyektlari bo'lib qoladilar. Ular turlicha atalishi (shtatlar, o'lkalar. respublikalar) va o'z ma'muriy-hududiy bo'linmalariga ega bo'lishi mumkin.
Federatsiyada hokimiyat idoralarining ikki tizimi amal qiladi: federal darajada va federatsiya subyektlari darajasida. Federal darajada ham. federatsiya subyektlari darajasida ham prezident, parlament. hukumat bo'lishi mumkin.
Federativ davlat belgilari: federatsiya hududi uning subyektlari hududidan tashkil topadi; oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat organlariga tegishli bo'ladi;
federatsiya subyektlari va federatsiyaning o'zi o'rtasidagi vakolatlar ittifoq konstitutsiyasi bilan belgilanadi; federatsiya subyektlari o'z konstitutsiyasi, o'zlarining oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega;
federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga ega (federatsiya a'zolarining manfaatlarini ifoda etuvchi qo'shimcha palala mavjud).
Konfederatsiya — o'z suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda u yoki bu maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo"Imaydi. Har birdavlat xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo'ladi.
Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat:
mustaqil davlatlarning muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashgan ekanligi:
konfederatsiya — mustahkam bo'lmagan tuzilma;
yagona hududning yo'qligi (konfederatsiya uning a'zolari bo'lgan davlatlar hududidan tashkil topadi);
yagona fuqarolikning bo'lmasligi;
konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqish huquqiga egadirlar;
konfederatsiya subyektlari ittifoq hokimiyati qonun hujjatlarini nullifikatsiya qilish (e'tirof etmaslik yoki qo'Ilamaslik) huquqiga egadirlar;
konfederatsiya vakolatiga uncha ko'p bo'lmagan (urush va tinchlik, xalqaro siyosat va hk.) masalalarni hal etish kiradi;
-konfederatsiya byudjeti uning a'zolariningixtiyoriy badallaridan tashkil topadi.
Konfederatsiya tuzilishidagi davlatlarning odatda umri qisqa bo'ladi. Ular ko'p sohalar bo'yicha birlashib federatsiyaga aylanib ketadi yoki parchalanib unitar davlat holatiga qaytadi. Hozirda konfederativ davlatga misol qilib o'zida bir necha davlatlarni birlashtirgan Yevropa Ittifoqini keltirish mumkin.
Siyosiy tuzum — davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va yo'llarining majmui bo'lib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni, ya'ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini va shaxsning huquqiy holatini bildiradi.
Demokratiya (yunoncha «xalq hokimiyati») — inson siyosiy va fuqarolik huquqlarining tengligini, fuqarolarning davlat hokimiyati idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida faol ishtirok etishini. xalq irodasini demokralik hokimiyatning yagona manbai deb bilishni anglatadi. Xalq hokimiyatchiligi ikki shaklga ega: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.
Vakillik demokratiyasi xalqning o'z hokimiyatini vakillik idoralari, ya'ni demokralik hokimiyatning va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish idoralarining saylab qo'yiladigan organlari orqali amalga oshirilishini bildiradi. Bevosita demokratiya xalqning demokratik hokimiyat masalalarini hal etishda umumxalq ovoz berishi (referendum) yo'li bilan to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishidir.
Demokratik tuzum belgilari:
shaxsning iqtisodiy sohada erkinligi;
inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e'lon qilinishi va kafolatlanishi:
barcha shakllardagi va torn ma'nodagi demokratiya;
hokimiyat vakolatlarining bo'linishi;
ijtimoiy hayotda fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm), ijtimoiy birlashmalarning ko'pligi;
-qonunustunligi.
Agar davlatda demokratik tuzum hukmron bo'lsa, demak, bu davlatda fuqarolar umume'tirof etilgan huquq va erkinliklardan to'la foydalanadilar, davlat esa ularni nafaqat tan oladi. balki har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi.
Bunday davlatda mafkuraviy va siyosiy xilma-xillik konstitutsiya bilan mustahkamlab qo'yiladi, siyosiy partiyalarning faoliyatiga ruxsat etiladi. Siyosiy partiyalar oliy va mahalliy hokimiyat idoralariga deputatlarni saylashda ishtirok etish orqali iloji boricha ko'proq a'zolarini hokimiyat idoralariga kiritishga harakat qiladilar. Qoida tariqasida, demokratik saylovda g'alaba qilgan siyosiy partiyalar hukumatni tuzish va shu tariqa o'z siyosatini o'tkazish huquqiga ega bo'ladilar.
Antidemokratik tuzumga xos xususiyat shundaki, bunday tuzumda davlat idoralari hokimiyatni amalga oshirish chog'ida demokratik prinsiplar va qoidalarga rioya etmaydilar, ularni doimo yoki tez-tez buzadilar. Bunday siyosiy tuzumda fuqa-rolarning huquq va erkinliklari poymol etiladi, qo'pol ravishda buziladi, muxolafat bartaraf etiladi (ba'zan juda shafqatsizlik bilan), ba'zida esa parlament singari demokratik institutlar yo'q qilinadi.
Aksildemokratik tuzum belgilari quyidagilardan iborat:
davlatning huquqdan ustunligi;
davlatning jamiyat hayoti barcha sohalarini nazorat qilishi;
davlatning shaxs manfaatlariga befarqligi;
jamoat tashkilotlarining davlatlashtirilishi;
ijtimoiy hayotning butunlay harbiylashtirilishi;
- kam sonli millatlar manfaatlariga e'tibor berilmasligi.
Aksildemokratik tuzumlar ichida fashistik va totalitar tuzumlarni
ko'rsatish mumkin.
Fashistik tuzumda har qanday muxolafat yo'q qilinadi, bironirqning hukmronligi e'lon qilinadi, boshqa hududlarni bosib olish uchun yoi ochiladi. 1933—1945-yillardagi fashistlar Germaniyasi va o'sha davrdagi fashistlar Italiyasi fashistik tuzumli davlatlarga misol bo'la oladi.
Totalitar tuzum bir partiyaning hukmronligi, huquq va erkinlik-larning poymol etilishi, ko'pincha esa ularning yoppasiga buzilishi, o'zgacha fikrlashga qarshi kurash, saylovchilarning saylovda muqobil deputatlarni saylash imkoniyatining bo'imasligiga asoslangan boshqaruvi deb ta'riflanadi. Totalitar davlat misoli sifatida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin.
Siyosiy tuzum davlat shaklining insonning jamiyatdagi mavqeini belgilovchi eng muhim elementidir.
Xulosa
Yuqorida keltirilgan omillarning birgalikda amal qilishi jamiyat va davlatda huquqning hukmronligi, umume'tirof etganligi va ustun mavqega ega bo'lishiga olib keladi. Bu ijobiy natija hisoblanadi, zero huquq — insoniyat taraqqiyotining buyuk ne'mati, huquqiy tartibga solish. boshqarish va ta'sir etish borasida to'plangan ijtimoiy tajribaning asosiy mohiyati, umuminsoniy qadriyatlar va adolat, demokratiya va tartib-intizom kabi yuksak g'oyalarni o'zida mujassamlashtiradi. Huquqning jamiyat hayotidagi ulkan ahamiyati va vazifasini tushunib yetgan davlatni huquqiy davlatlar qatoriga qo'shish mumkin.
Demak, huquqiy qadriyatlarning ustunligi, ularning ham aholi, ham^davlat xizmatchilari orasidagi nufuziga e'tibor beradigan, o'z
faoliyali davomida huquq bilan bog'liq bo'lgan hamda qonun lalablari doirasida amal qilgan holda inson huquq va erkinliklarining buzilishiga yo'l qo*ymaydigan davlalni chinakam huquqiy davlat deyish mumkin. Huquqiy davlat — bizning kelajagimiz, biroq unga erishish murakkab vazifa boiib, rivqjlanishning bir qator bosqichlarini qamrab oladi hamda davlat organlari. mansabdor shaxslar, jamoatchilik va xalqdan jiddiy faollikni talab etadi. Davlat vajamoat hayotining faolligini o'stirish, korrupsiya va poraxo'rlikka barham berish, jinoyatchilik va suiiste'molchilikka qarshi kurashish. jamiyatning yundik va ma'naviy-axloqiy asoslarini rivojlantirish lozim. Huquqni yangilash, uni qo'llash va muhofazalash mexaniz-mini takomillashtirish. fuqarolarda qonunga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lish, jamiyatga muayyan huquqiy munosabatlar va yuridik aloqalarni joriy etish zarur. Davlatning muhim vazifalaridan biri jamiyatda qaror topgan yuridik nigilizmni. davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunni mensimaslik kayfiyatini bartaraf etish, uning o"rniga odamlarda ijobiy huquqiy ongni shakllantirish lozim. Bunday kompleks yondashuv huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish vazifalarini hal qilish imkonini beradi.
АДАБИЁТЛАР:
1. Ўзбекистон Республикаси Конспиудияси, Т., 1992 й.
2. X. Р. Рахмонқулов. Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик Кодексининг 1-ва 2-қисмларига умумий,тавсиф ва шарҳлар, 2 хилд, Т., 1997-1999 й.
3. И. Б. Зокнров. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқн, дарс-лик, 1-етсм, 1996 й.
4. Узбекиспш Реагу&шкасинит Фуқар4)лик ҳуқуқи, дарслик, 2-Kfiot, T., 1999 й.
5. Гражцанское право, Учебннк, часть 1, Издание вгорое (под. ред. А. П. Сергеева, Ю. К. Толстого) М., 1996 г.
6. Словарь гражданского правз под. ред. В. В. Зелеского. М., 1998 г.
7.Антонов И. П. Основи правовой системи Федеративной Республики Германий. (Теоретический и историко-правовой аспекти). – М.: Академия управления МВД России, 2003. – 147 c.
8.Боботов С. В., Жигачев И. Й. Введение в правовую систему США. – М.: Норма, 1997. – 333 с.
9.Введение в шведское право. – М.: Прогресс, 1986. – 387 с.
Давид Р., Жоффре-Спинози К. Основние правовие системи современности. – М.: Междунар. отношения, 1996. – 400 с.
10.Давид Р. Основние правовие системи современности. – М.: Международние отношения, 1986. – 380 с.
11.Ермолович В. И., Шелкопляс В. А. Правовие системи: история и современност: Материали межвузовской научно–практической конференции. – Минск, 5–6 января 2001 г. – Мн.: БГЕУ, 2001. – 176 с.
12.Инако С. Современное право Японии / Отв. ред. В. А. Туманов. – М.: Прогресс, 1981. – 291 с.
13.Марченко М. Н. Правовие системи современного мира: Учеб. пособие. – М.: Зерсало, 2001. – 400 с.
ҚЎШИМЧА АДАБИЁТЛАР:
Нажимов М., Сайдуллаев Ш. Давлат функциялари: Ўқув қўлланма –Т.:ТДЮИ, 2004. -37 б.
Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Масъул муҳаррирлар Ҳ.Б.Бобоев, Ҳ.Т.Одилқориев. -Т.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси, 2000. –528 б.
Давлат ва ҳуқуқ назарияси. / Масъул муҳаррирлар: А.А.Аъзамхўжаев ва Ш.З.Ўразаев. –Т.:Ўқитувчи, 1982. -288 б.
Исломов З. Общество. Государство. Право.–Т.:Адолат, 2001.-696 с.
Исломов З.М. Давлат ва ҳуқуқ: умумназарий масалалар. (Давлат назарияси). –Т.: Адолат, 2000. –272 б.
Исломов З.М. Фуқаролик жамияти: кеча, бугун, эртага. –Т.: ТДЮИ, 2002, -87 б.
Исламов З.М. Проблемы власти: ее понимание, назначение, социальная ценность.-Т.: ТГЮИ, 2003. –244 с
ИНТЕРНЕТ САҲИФАЛАРИ:
http://www.lex.uz
http://www.gov.uz
http://www.press-service.uz
http://www.pravo.uz
Dostları ilə paylaş: |