O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Mavzu -5: Psixologiya maktablari



Yüklə 163,5 Kb.
səhifə5/11
tarix29.09.2022
ölçüsü163,5 Kb.
#64330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pedagogika va psixologiya

Mavzu -5: Psixologiya maktablari.
Reja:
1. Psixologik maktablar haqida tushuncha.
2. Vyursburg maktabi.
3. Bixeoviorizm maktabi.
4. Geshtalt- psixologiya.
Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muxim o`rinlardan birini egalladi. XX-asrning boshlarida Germoriyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo`nalishga ega bo`lgan psixik oqim vjudga keldi. Mazkur yo`nalishning yirik vakillari sifatida O. Kyul’pe, K. Byuler, O. Messer, Ax. Nartis va boshhalarni sanab o`tish mumkin. Ushbu ilmiy maktab namoyondalari o`zlarining ekperimental tadqiqotlari bilan tafakkur muammosining rivojiga ma’lum darajada qissa qo`sha oldilar.
Vyursburg psixologiya maktabim vakillari psixologiya tarixida keng o`rin egallagan assotsiativ psixologiyani tanqid kilib chiqdilar va sinaluvchilarni o`zini o`z kuzatish metodiga suyangan qolda tajribalar o`tkazish uslubi bilan yuksak darajada taraqqiy etgan psixik jarayonlarni jumladan, tafakkurni xissiy boskichda turgan psixik jarayonlarga , ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o`rganishda ratsional (aqliy) bosqichdagi murakkab ruhiy jarayonlar ana shu ajratilgan jixatlardan mexanik ravishda vujudga keladi deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo`l bilag isbotlashga harakat kildilar. Ekperimental ishlarning ijodkorlari, tashkilotchilari va tashabbkskorlari bo`lib maydonga chiqqan Byuler, Messer, Kyulpe, singari namoyodalari psixologik tajribalarni dastavval o`zining o`zi kuzatish metodini o`zlari ustida o`tkazganlar. Lekin ular olinadigan natijalarning obyektiv bo`lishga kamroq e’tibor bergan.
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur-bu ichki harakat (akt-asfus “harakat” degan ma’noni anglatadi) dir deb qaray boshladilar. O`zini o`zi kuzatish metodidan foydalanib ish tutishi ular mana bunday ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim: “Tafakkur qaddan tashhari mashaqqatliki, shunga qaramay ko`pchilik shunchaki xukm chiharishni ma’qul ko`rdilar”. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o`rgatish (“qism” “yaxlit,” “tur”, “jins”) obyektning nisbatan va o`zaro munosabatlarini , ushbu mknosabatlarini yaqqol a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi.
XIX asrning oxirida bir qancha amerika psixolog va fizialoglari, jumladan , E.Torndayk (1874-1949y), Dj.Uotson (1878-1958y) va boshыalar empirik psixologiyani tanыid qilib chiqdilar. Ular, avvalo, bu psixologiya faydalanib kelayotgan o`z-o`zini kuzatish metodi haqiqiy ilmiy bilimlar bera lomaydi, chunki uning xulosalari subyektiv harakterga egadir .
Haqiqiy ilmiy bilimlar obyektiv va aniq bo`lmoqi kerak. Psixologiya falsafa faniga emas balki xozirgi zamon tabiatshunosligiga tayanmoqi va bashqa tabiy fanlari singari tashqi tajriba dalillari asosida kurilmoqi kerak.
Psixik hayotni obyektiv meiod bilan o`rganishda ongning subyektiv xodisalari inson shaxsining ichki psixik kechinmalari inobatga olinmaydi. Obyektiv metodlar bilan organizmning harakatlari uning mimika va ishoralari nutq va boshhalarnigina o`rganish mumkin.
Uotson o`zining psixologiya sohasidagi asosiy asarini “psixologiya xulq haqidagigi fan” deb nomladi. “Bixevior degan so`z ingilizcha -xulq degan so`z” Amerika psixologiyasidagi bu yunalish shuning uchun ham “Bixevioirizm” (Xulq sixologiyasi) deb atadi.
Odatda biz, organizmning harakatlari -mimika, imo-ishoralar, nutq ichki va ruhiy kechiriklarning faqatgina tashqi zoxira deb bilamiz. Traditsion-raditsionalistik va empirik psixologiya ham bizning harakatlarimizni kupchiligini ichki psixik kechiriklarining faqat tashqi ifodasidir deb ta’kidlagan.
Lekin bixevioristlar inson xulkini bunday tushuntirishni ilmiy emas deb rad qildilar. Ularning davosiga ko`ra, fizik qonuniyatlariga bo`y sunmaydigan fiziologik xususiyatlar inson xulqiga ta’sir qiladigan va uni boshqaradigan aloqida psixik faoliyati yoki ong faoliyatini buzilishi mumkin emas.
Psixik va ong haqidagi Uotson: “Agar bixeviorizm fanda” qandaydir ko`zga ko`rinarli o`rin olishni xoxlasa (lohal aniq obyektiv metod sifatida bo`lsa ham), u “ong” tushunchasini mutlako rad kilmoqi kerak... Ong va uning takidiy elementlari-bo`larning barchasi quruh gapdan iborat deb atagan.
Shuning bilan bixevioristlar psixologiyasining oddiy terminalogiyasini ham uloqtirib tashlaydilar. Ushbu Uotsonning o`zi yana shunday dedi: “Sexgi, idrok, diqqat, iroda, xayol...” kabi tushunchalardan, biror uimsa to`liq tushungan foydalana olishini men mutlaqo bilmayman va unga ishonmayman ham.
Bixeviorizmning asoschisi Torndayk kuzatish metodi va maxsus eksperimetlar o`tkazish bilan hayvonlarda (asosan, kalamushlarda) malaka xosil qilish protsessini o`rgangan. Torndayk hayvonlar psixikasi o`rganishdagi xuddi shu obyektiv metodlarni inson psixik hayotini urganishga ham kuchirish ( tadbiq qilish) mumkin deb hisoblanadi. Inson xulki reaksiyalar yiqindisi sifatida bitta emas, balki butun bir qo`zqovchilar sistemasi bilan vujudgv keltiradi. Organizimning javob harakatlari yiqindisi harakatlari yiqindisini (xulqini) ro`yobga chiharuvchi barcha qo`zqovchilarning murakkab yiqindisini bixevioristlar situatsiya (tashqi sharoit) deb ataydilar.
Bixeviorizm nuqtai-nazardan, inson xulqi ong faoliyati bilan emas, balki tashqi qo`zqovchilarning yiqindisi bulgan situatsiya bilan belgilanadi.
Bixeviorizm nuqtai nazaricha, ta’lim va tarbiya tarbiyalanuvchilar va uquvchilar ongiga tarbiyachi va o`quvchi tomonidan ta’sir qilishdan emas, balki tegishli situatsiya (sharoit) tashki qilishdan iboratdir.
Bu situatsiya organizmga bevasita ta’sir kilib inson qulqini kerakli yo`nalishda shakillantirmoqi kerak. Ta’lim va tarbiya protsessining o`zi esa, kerakli malakalar xosil qilishga tenglashtirib qo`yiladi, boshqacha qilib aytganda ta’lim va tarbiya protsessi pressirovkadan iborat qilib qo`yiladi.
Geshtal’t- pisixologiya ,yoki boshqachasiga struktura, yaxlit pisixologiya. Bu yo`nalishning asosiy vakillari X.Erenfel’s, V Keller, q qofkalardir. Bu psixologlar barcha murakkab psixik protsesslar elementlar xodisalardan sezgilardan tarkib topadi deb hisoblangan assotsiativ psixologiyaning vakillari bu ta’limotga qarama-harshi o`laroq, har bir psixik xodisa yaxlit obrazdir, yaxlit struktura- geshtal’tdir degan nazariyani ilgari surdilar. Har bir psixik xodisaning mazmuni uning tarkibiga kirgan qism va yeeyementlarning yiqindisiga nisbatan mazmundorroq hamda boyroqdir.Ayrim epement va qisimlarning yiqindisi butunning mazmunini belgilamaydi balki, aksincha butun kism va elementlarning xususiyatlarini belgilab beradi.
Bu psixik strukturaning yaxlitligi nazariyasi avvalo, idrok faktlari osasida ishlab chiharilgan edi. Idrok- bu sezgilarning yiqindisi emas, balki yaxlit obrozdir deb ta’kidlanardi. Psixik maxsulotlar va strukturalarning yaxlitligi bu ta’limot xotira ta’fakkur va iroda xodisalariga tadbiq qilingan edi.
Bu alohida- alohida yo`nalish vaoqimlar bir qancha umumiy xususiyatlarga ega bo`lgan xolda “empirik psixologiya ” degan umumiy nom ostida birlashdilar.
Psixologiyaning predmeti va yetodlarini bir xil tushunish bu barcha omillarning birlashuviga sababchi bo`ldi.

Yüklə 163,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin