Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqillik g‘oyalarining paydo bo‘lishi. Birinchi jahon urushidan keyin Afrikada mustamlakachilik. Mandat tizimi. Milliy-ozodlik harakatlari. Janubiy Afrika ittifoqi va irqchilik rejimining qaror topishi. Afrika Milliy Kongressi. Ikkinchi jahon urushi: kelib chiqish sabablari va oqibatlari. Ikkinchi jahon urushidan oldin xalqaro munosabatlar. Germaniya-Italiya-Yaponiya tajovuzkor blokining tashkil topishi. Myunxen kelishuvi. Urushning boshlanishi, Yevropadagi harbiy harakatlar. Germaniyaning SSSRga bostirib kirishi. SSSR va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar. Germaniya va Yaponiyaning tor-mor qilinishi. Urushning natijalari.
1945 – 1991-YILLARDA YEVROPA VA SHIMOLIY AMERIKA MAMLAKATLARI G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari. Demokratik islohotlar. Yevro-Atlantik sivilizatsiya: «Umumiy farovonlik jamiyati»; 1960-yillarda radikalizmga qarshi reformizm; 1970-yillarda taraqqiyot modelining inqirozi; 1980-yillardagi neokonservativ inqilob. So‘l mafkura inqirozi. Ilmiy-texnik inqilob. Integratsiya jarayonlari. Industrial sivilizatsiyadan postindustrial sivilizatsiya sari. SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari. Urushdan keyingi tiklanish va rivojlanish. «Sovuq urush» va ikki qutbli tizimning shakllanishi. SSSRning Sharqiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan siyosati. Integratsiyalashuv: iqtisodiy va harbiy bloklarning tuzilishi. Kommunistik jamiyat g‘oyasi, totalitar sotsializm va uning inqirozi.
AQSh: yangi liderning paydo bo‘lishi. Urushdan keyingi Amerika jamiyati. D.Eyzenxauer va J.Kennedi: respublikachilar va demokratlar. Fuqarolar huquqlari uchun harakatlar, yangilanayotgan jamiyat. R.Niksondan R.Reygangacha: rivojlanish suratlari, AQShning tashqi siyosati. Buyuk Britaniya va Fransiya: Yangi Yevropani qurish. Buyuk Britaniyada leyboristlar boshqaruvi. 1950-yillarda barqaror iqtisodiy rivojlanish. 1960 – 1970-yillarda «yanada yaxshiroq kelajak» kurash. M.Tetcher davri «tetcherizm».
Fransiyada muvaqqat rejim. To‘rtinchi respublika davri. Yevropa integratsiyasi sari. Sh. de Gol: Beshinchi respublika. 1970 – 1980-yillarda sotsialistlar boshqaruvi.