o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil etish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
muloqot jarayonida o‘zining his-tuyg‘ularini boshqarish, nizoli vaziyatlarda konstruktiv qarorlar qabul qilish;
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
o‘z ustida mustaqil ishlash va ijodiy-izlanishga doir faoliyatni tashkil etish; jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, ta’lim muassasasida va jamiyatda;
millatlar o‘rtasidagi hamdo‘stlik va birodarlik tushunchalarini anglaydi; mustaqillik, hurlik tushunchalarini qalban anglaydi va buni asrash hissi shakllanadi.
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil etish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z nuqtai nazarini asoslash, himoya qilish va jamoaviy qarorlar qabul qilish;
axborot manbalaridan samarali va oqilona foydalanish, hujjatlar ustida ishlash; o‘z ustida mustaqil ishlash va ijodiy-izlanishga doir faoliyatni tashkil etish; jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok
etish;
voqea-hodisalarga nisbatan ogohlik va hushyorlik bilan munosabatda bo‘lish, tashabbus ko‘rsatish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish;
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.