O‘zbekiston SSRning tashkil topishi. O‘zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va aholisi. O‘zbekiston SSRning SSSR tarkibiga kirishi. O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSRning tashkil topishi. Qoraqalpoq avtonom viloyatining tuzilishi va Qoraqalpog‘iston ASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritilishi.
Sovet hokimiyati amalga oshirgan islohotlarning mohiyati. Industrlashtirish siyosati va uning natijalari. O‘zbekistonda sovet hokimiyati amalga oshirgan modernizatsiyaning taqlidchilik modeli va uning mohiyati. Mamlakatni industrlashtirish siyosatiga o‘tish va besh yillik rejalarining ishlab chiqilishi. O‘zbekistonda zamonaviy sanoat sohalarining paydo bo‘lishi va yangi korxonalari qurilishi. Jadal industrlashtirish siyosati va uning oqibatlari. Mahalliy kadrlarni tayyorlashdagi murakkabliklar va Markazdan yevropalik aholining ko‘chirib keltirilishi. Mahalliylashtirish yoki o‘zbeklashtirish siyosati va uning natijalari.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining ahvoli va uni isloh qilish yo‘llari. Yer-suv islohoti va uning bosqichlari. Qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish sari yo‘l tutilishi. Kollektivlashtirishning majburiy sur’atda amalda oshirilishi hamda kolxoz va sovxozlarning tashkil qilinishi. O‘zbekistonda quloqlashtirish siyosati hamda uning oqibatlari. O‘zbek qishlog‘i fojiasi.
O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat. Sovet hokimiyatining ta’lim va fan sohasidagi islohotlari. Xalq maorifi va savodsizlikka qarshi kurash. Alifboning o‘zgartirilishi. Oliy ta’lim va zamonaviy fanning shakllanishi, mahalliy kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlar. Yangi turdagi o‘zbek adabiyoti va milliy san’atining taraqqiyoti. Xotin-qizlarni ozodlikka chiqarish va ijtimoiy mehnatga jalb qilish muammolari. “Hujum” harakati va unig mohiyati. O‘zbek ayollarining yangi jamiyatdagi o‘rni va mavqei. Fayzullo Xo‘jayev va Akmal Ikromov faoliyati.
Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘on siyosati: uning mohiyati va oqibatlari. SSSRda yagona mafkuraning hukmronligiga asoslangan totalitar tuzumning qaror topishi va uning mohiyati. Stalin shaxsiga sig‘inish. O‘zbekistonda dastlabki qatag‘onlarning boshlanishi. Huquq va maorif tizimida qatag‘onning avj oldirilishi. 1937–1938-yillardagi “katta terror” hamda O‘zbekistonda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarning qatag‘on qilinishi. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi.
O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida. Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonliklarning ishtiroki. O‘zbekiston moddiy va ma’naviy kuchlarining urushga safarbar etilishi. Frontga yaqin hududlardan sanoat korxonalari va aholining O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi va urush yillarida ularning faoliyati. Urush yillari O‘zbekiston sanoat tizimida yuz bergan o‘zgarishlar. Qishloq xo‘jaligidagi ahvol. Aholi turmushi va qiyinchiliklar.
O‘zbekiston iqtisodiyotini urush sharoitida ishlash uchun qayta qurish. O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan sanoat korxonalarini ishga tushirish. Yangi elektr stansiyalari va boshqa energiya manbalarini qurish. Front uchun mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish. O‘zbekistonliklarning Sibir va Ural mudofaa zavodlariga ishga jalb qilinishi. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, yangi ekin turlarinining o‘zlashtirilishi. Aholining ko‘rsatgan mehnat jasoratlari.
O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari. O‘zbek diviziyalarining tashkil qilinishi. Antigitler koalitsiyaning tuzilishi. O‘zbekistonlik jangchilarning frontda ko‘rsatgan jasoratlari. Germaniyaning tor-mor qilinishi. Militaristik Yaponiyaga qarshi kurashda o‘zbekistonliklar ishtiroki. Ikkinchi jahon urushi tarixiga munosabat muammolari. Toshkentda “G‘alaba bog‘i”ning bunyod etilishi.
O‘zbekiston fani va madaniyati – g‘alaba uchun xizmatda. O‘zbekiston fani, adabiyoti va san’ati namoyandalari fashizmga qarshi kurashda. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining tashkil topishi va faoliyati. O‘zbek san’ati vakillarining frontdagi jangchilarga xizmat ko‘rsatishi. Shoir va yozuvchilarning jasoratga chorlovchi asarlari. O‘zbekistonning Rossiya, Belorussiya va Ukraina intellektual elitasini saqlab qolishdagi roli. O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va baynalmilallik xislatlari. Usmon Yusupovning urush yillaridagi faoliyati.
O‘zbekiston xalq xo‘jaligining urushdan keyingi yillardagi rivojlanishi. Respublikada paxta monokulturasining kuchayishi. Ijtimoiy sohadagi qiyinchiliklar, xalqning turmush tarzi.
O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy faollik va mustaqillik sari intilishning kuchayishi. Mamlakat siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlar va O‘zbekiston Kompartiyasining siyosati. Xalqning moddiy ahvolidagi ijobiy siljishlar. Respublika qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishning boshlanishi.
Paxta yakkahokimligi va ijtimoiy muammolarning kuchayib borishi. “Paxta ishi” va uning respublikadagi ijtimoiy holatga ta’siri. Sh.Rashidov faoliyati.
Teatr va kino san’atidagi yutuq va muammolar. San’atning mafkuraga bo‘ysundirilish oqibatlari. Y.A’zamov, K.Yormatov, A.Hidoyatov va boshqalar. Musiqa san’atining rivojlanishi. Y.Rajabiy, M.Ashrafiy, D.Zokirov va boshqalar haqida.
SSSR va O‘zbekiston SSR siyosiy-qtisodiy rivojlanishdagi muammolar. Sanoat ishlab chiqarishining zamondan ortda qolishi. “Qayta qurish” siyosatining inqirozi.
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning keskinlashuvi. Turli millatlar o‘rtasida etnik mojarolarning kelib chiqishi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi. O‘zbekiston bilan Markaz o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi. O‘zbekiston SSRda prezidentlik intitutining tashkil etilishi. Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati. Yangi Ittifoq shartnomasi va FHDQning barbod bo‘lishi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi.