Xiva xonligining tugatilishi. Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat va Yosh xivaliklar faoliyati. Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi. Qizil armiya tomonidan Xiva xonligining tugatilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi hamda undagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar.
Turkiston Muxtoriyati. Jadidlarning muxtoriyat uchun kurashi hamda Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va faoliyati. Turkiston xalqlari tomonidan muxtoriyat hukumatining qo‘llab-quvvatlanishi. Bolsheviklarning Turkiston Muxtoriyatiga qarshi kurashi. Dashnoqlar va qizil gvardiyachilar tomonidan muxtoriyat hukumatining tor-mor qilinishi. Qo‘qondagi ommaviy qirg‘inlar. Turkiston Muxtoriyatining tarixiy ahamiyati.
Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining o‘rnatilishi. Bolsheviklarning o‘lkada yuritgan siyosati hamda Turkiston ASSR va Turkiston Kompartiyasining tashkil topishi. Markaz vakolatli organlarining Turkistondagi faoliyati hamda ularga qarshi milliy kommunistlar va Musulmonlar byurosining kurashi. Turkistondagi ocharchilik va uning oqibatlari. “Harbiy kommunizm”dan yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish. O‘rta Osiyoda yer-suv islohotining boshlanishi. Xususiy mulkka bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi, ijtimoiy mulkchilikning qaror topishi.
Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning boshlanishi va sabablari. Harakatning mohiyati, maqsadi va ijtimoiy tarkibi. Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatida sovet hokimiyatiga qarshi kurashlar.
BXSR hududida qizil armiyaga qarshi kurash va xalq qo‘zg‘olonlarining boshlanishi. Xorazmda Junaidxon boshchiligidagi harakat va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatning mag‘lubiyatga uchrash sabablari va kurash saboqlari.
O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazishga tayyorgarlik jarayoni, mahalliy kommunistlar va Markaz vakillari o‘rtasida turli qarashlar to‘qnashuvi. 1924-yili O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning yakunlari. O‘zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti (Markaziy revkom) faoliyati.