o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil etish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z nuqtai nazarini asoslash, himoya qilish va jamoaviy qarorlar qabul qilish;
muloqot jarayonida o’zining his-tuyg’ularini boshqarish, nizoli vaziyatlarda konstruktiv qarorlar qabul qilish
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, o’z-o‘zini nazorat qilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
o’z ustida mustaqil ishlash va ijodiy-izlanishga doir faoliyatni tashkil etish.
jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
voqea-hodisalarga nisbatan ogohlik va hushyorlik bilan munosabatda bo’lish, tashabbus ko’rsatish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish.
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
badiiy va san’at asarlarini tushunish, amaily faoliyatda foydalanish va yaratish;
orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
aksiologik fikrlash, aksilogoik yo’nalganlik va qadriyatli munosabatni o’z-o’zida qaror toptirish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, ta’lim muassasasida va jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
Ko’nikmalar
axborotlarni mustaqil izlab topish, tahlil etish, qiyoslash va xulosa chiqarish;
axborot manbalaridan samarali va oqilona foydalanish, hujjatlar ustida ishlash;
axborot iste’moli madaniyatini egallash, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot xurujlariga qarshi kurashish.