5.Buxoro viloyatining sayyohlik salohiyati. Ayni damda Buxoro viloyatida hozirgi kungacha saqlanib qolgan ko’pgina tarixiy obidalar mavjud. Ushbu tarixiy obidalarga sayohat amalga oshirish uchun sayyohlar asosan, Buxoro viloyatining jami yodgorliklarning 10 foizginani tanishish, bilish va o’sha obyekt joyida bo’lishadi. Buxoro shaharidan joy olgan asosiy obyektlarning ro’yxati quyidagicha:
Buxoroning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari. 1 -jadval. Manba: http://arkuzminorkalom.zn.uz/ Yuqoridagi asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklar ro’yxati keltirilgan bo’lib, sayyohlar esa asosan ushbu obyektlar bilan tanishishi va ko’rishiga ega bo’lishadi, ammo Buxoro viloyatida bunday tarixiy yodgorliklar esa talayginadir,jumladan:
Buxoro viloyatida umumiy yodgorliklar soni 365 ta bo’lib, shulardan 255 tasi Buxoro shahariga to’g’ri keladi. Hamda, quyidagicha tahlili keltirib o’tilgan:
1-diagramma. B uxoro shahrining jami yodgorliklari. Manba: Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamentining statistik maʼlumoti. Buxoro shahrining jami yodgorliklari 255 ta bo’lib, shulardan ba’zi asosiy tarixiy obidalar soni 14 ta, madrasalar – 30 ta, masjidlar – 48 ta, karvonsaroylar – 15 ta, tim va toqlar – 4 ta, boshqa yodgorliklar esa 145 tani tashkil etib, sayyohlikda foydalanib kelinmoqda.
XULOSA Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy Buxoro shahrida iqtisodiy infratuzilmalarning rivojlanishi ijobiy natijalarga olib keladi. Aholi bandligi bilan bog'liq muammolar hal qilinadi va xalqning iqtisodiy farovonligi ta'minlanadi. Mazkur jarayonda korxonada ishlab chiqariladigan eksport tovarlarining yillik miqdori, mahsulotlar bo'yicha tijorat takliflari, korxona omborida mavjud eksport mahsulotlarining miqdorlari, eksportni ko'paytirish, qo'shimcha xorijiy hamkorlar topish, aylanma mablag' olishda korxonalarga ko'maklashish, eksport qilingan mahsulot uchun qo'shimcha qiymat soliqlarini qaytarish, elektr energiya va gaz ta'minotini yaxshilash kabi qator masalalar hal qilinib boriladi.