Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi



Yüklə 399,5 Kb.
səhifə1/6
tarix16.10.2022
ölçüsü399,5 Kb.
#65210
  1   2   3   4   5   6
Buxoro2


OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
«MINTAQAVIY IQTISODIYOT» FANIDAN


Mavzu:Buxoro viloyati hududiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari.
MUSTAQIL ISHI
Tuzuvchi: 9-1IQT S-20 guruh
talabasi Jumayev Jahongir









Buxoro-2022
Mavzu:Buxoro viloyati hududiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari.
Reja:
KIRISH

  1. Buxoro viloyatida iqtisodiy infratuzilmaning rivojlanish tarixi.

  2. Buxoro viloyatida zamonaviy iqtisodiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari.

  3. Buxoro neftni qayta ishlash sanoati.

  4. Gaz sanoati.

  5. Buxoro viloyatining sayyohlik salohiyati.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Buxoro shahri O'zbekistonning tarixiy shaharlaridan biri bo'libgina qolmay balki zamonaviy shahar sifatida iqtisodiy jihatdan ham muhim o'rinda turadi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda shu jumladan qadimiy Buxoroda ham ildam ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Buxoro viloyatining tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va ma'naviy salohiyati, boy milliy-madaniy merosi nafaqat siyosatchilar, tadbirkorlarni va turli soha vakillarini, balki shu bilan birga, qadimiy ruhi va qiyofasini saqlab qolishga intilayotgan Buxoro shahri bilan qiziquvchi xorijlik sayyohlarni ham hozirgi kunga qadar o'ziga jalb qilib kelmoqda.
Zamonaviy shahar madaniyati taraqqiyotiga zamonaviy iqtisodiy infratuzilmalar, logistika va kommunikatsiya tuzilmalari xizmatlari alohida o'rinni egallaydi. Bu sohalarning rivojlanishi, shahar aholisining turmush tarzini yaxshilanishi va qulayliklarni yaratish bilan birga shahar ijtimoiy-iqtisodiy sohasining rivojlanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.Mustaqillik yillarida Buxoro shahri respublika hukumatining ijtimoiy yo'sindagi bozor iqtisodiyotining bosqichma-bosqich shakllanishini, tashabbuskorlik va ishchanlikni har tomonlama kuchaytirish, iqtisodiyotni markazlashuvdan va monopoliyadan chiqarish, korxona va tashkilotlar mustaqilligini kengaytirish, davlatning to'g'ridan-to'g'ri xo'jalik ishlariga aralashuvidan voz kechishdan iborat siyosatni og'ishmay amalga oshirdi. Shahar sanoatning turli sohalari rivojlanayotgan ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylandi. Xususan, shahardagi yengil sanoat korxonalari - ip-gazlama ishlab chiqarish, tikuvchilik, mebel, trikotaj, pillakashlik, zardo'zlik, qorako'l teri ishlab chiqarish, chinni ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoatiga qarashli makaron, sut-moy, go'sht, spirtli va alkogolsiz ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalarda zamonaviy texnologiyalar o'rnatilib, ishlab chiqarish jarayoni kuchaytirildi. Vaholanki, XX asrning 80-90 yillarida Buxoro shahridagi sanoat korxonalarining ta'minotdagi muammolar sababli ishlab chiqarish pasayib ketgan edi. SHahardagi mavjud korxonalar, jumladan 8 ta yengil sanoat korxonasi, 2 ta poyafzal va 4 ta tikuvchilik fabrikasi, Buxoro konserva zavodi, un kombinati, Buxoro to'qimachilik kombinati kabilarda qoloq texnologiya ta'minoti bu korxonalarning bankrot holatiga olib keldi. Masalan, 1974 yilda ish faoliyatini boshlagan Buxoro to'qimachilik fabrikasida to'quv stanoklari Klimsk mashinasozlik zavodining mahsulotlari bo'lib, ular 1893 yilda ishlab chiqarilgan texnikaviy holatda edi.Sexda 1600 ta dastgoh bo'lib, ular ishlab turganda hech kim birovning gapini, so'zini eshita olmas, sex ichidagi shovqin sanitar normalari ko'rsatgichidan bir yarim baravar yuqori edi. Holbuki o'sha yillarda Ivanova, Minsk, Ukraina shaharlaridagi fabrikalarda zamonaviy tovushi past, "pnevmo pryadilno" (havo yordamida to'qiydigan) uskunalar bor edi. Yevropa fabrikalarida esa "Beningir" kabi avtomat to'quv stanoklaridan foylalanilgan. Shu sababli fabrikada o'rnatilgan to'quv va yigiruv stanoklarining ishlab chiqarish samarasi past va sifati ham jahon standartlariga javob bermas edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar xalqaro bozorgir emas, faqat mahalliy bozorlarga sotilgan xolos.Texnologik nomutanosiblik, sansolarlik, sifatsiz mahsulotlar oxir oqibat 12-16 ming ishchi-xizmatchiga ega bo'lgan fabrikani bankrotlikka olib keldi.



Yüklə 399,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin