O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Matnli faylni tashkil qilish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə5/11
tarix23.10.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#65938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
WINDOWSDA FAYLLAR VA TASVIRLARNI TIKLASH USULLARI

Matnli faylni tashkil qilish



Papkadan xujjatni ochish va programmani ishga tushirish
Ma’lumki, Windows–XP larda papka tushunchasi keng ishlatilgan. Papkada xujjatlar, dasturlar saqlanadi. Papkalar Windows –XPda daraxtsimon shaklda yaratilgan. Papkalar ishchi stolida, vinchestrda, kompakt disklarda

6a-rasm
joylashgan bo’ladi. Papkalar sariq rangda aks etadi (6a-rasm).
Papkadagi xujjatni ochish yoki dasturni ishga tushirish uchun dastlab papka ochiladi, so’ng oynakda unda mavjud bo’lgan xujjatlar va dasturlar turli ko’rinishda aks etadi. Fayl oldidagi znachokka qarab fayl tipini aniqlash mumkin va znachok xujjatning qaysi integral muxitda yaratilganligini anglatadi. Windows –XP da xujjat yoki ishchi fayllarning znachoklari turlicha bo’ladi.
Rasmda keltirilgan Папкада gi ixtiyoriy xujjat tanlanadi va sichqonchaning chap tugmachasi 2 marta tez bosiladi yoki ENTER tugmachasini bosish bilan ham amalga oshiriladi. Shuningdek, xujjat tanlangandan so’ng sichqonchaning o’ng tugmachasi bosilsa, konteks menyu ekranga chiqadi. Undagi Открыт buyrug’ini tanlash bilan ham tanlangan xujjatni ochish mumkin.
Поиск buyrug’i yordamida hxujjatlarni ochish va programmani ishga tushirish
Ko’p hollarda foydalanuvchi xujjat yoki programmaning qayerda joylashganligini aniq bilmaydi. Foydalanuvchi fayl nomini bilsa, Поиск buyrug’idan foydalanib, uni izlashi tugagandan so’ng ishga tushirish yoki ochishi mumkin. Olisda joylashgan kompyuterdagi fayllarni ham izlash zaruriyati bor.
Buning uchun Пуск menyusidan Найти buyrug’i tanlansa, rasmda ko’rsatilganidek qism menyu hosil bo’ladi (7-rasm).

7-rasm
Fayllarni izlash uchun «Файлы и папки» buyrug’i tanlanadi. Foydalanuvchi klaviatura orqali zarury xujjat nomi yoki papka nomini kiritib, Найти tugmachasi bosiladi. Topilgan fayllar ekranda aks etadi. Ulardan biri tanlanib sichqonchaning chap tugmachasi 2 marta tez bosilsa uni ochish yoki ishga tushirish amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi «Найти» asosiy oynakning menyu qatori buyruqlaridan ham keng foydalanish mumkin.
Выполнить buyrug’i yordamida xujjatlarni ochish
va programmani ishga tushirish.
Пуск tugmachasidan Выполнить buyrug’i tanlanadi va ishga tushiriladi hamda fayl yunalishi foydalanuvchi tamonidan ko’rsatiladi. Aks holda Обзор menyusidan .EXE, .COM kengaytmali faylni izlash orqali ixtiyoriy ishchi fayl yunalishini o’rnatish va ishga tushirish mumkin (8 -rasm).

8-rasm
Tayyor xujjatlardan tashqari foydalanuvchi o’zining yangi xujjatlarini ham hosil qilishi mumkin. Eng sodda holda foydalanuvchi ekranning ixtiyoriy qismida yangi xujjatlar yaratishda sichqonchaning o’ng tugmachasini bosadi va hosil bo’lgan kontekst menyuning Создать buyrug’ini tanlab, yaratilayotgan xujjat integral muxitini tanlaydi va klaviatura orqali uning nomini kiritadi. Natijada ishchi stolda usha xujjat yorlig’i hosil bo’ladi va unga mos integral muxit ishga tushadi.
Ixtiyeriy integral muxit ishga tushirilsa uning Файл menyusida Открыть buyrug’ni tanlash bilan mavjud fayllarni ochish mumkin, Создать buyrug’i bilan yangi fayllar yaratish mumkin.
Ярлыкlardan foydalanib xujjatlarni ochish va programmani ishga tushirish
Ixtiyoriy programmani ishga tushirishda va xujjatlarni ochishda yorliqlardan foydalanish mumkin. Yorliqlar asosan ishchi stolda yoki ixtiyoriy «Папка» да joylangan bo’ladi. Yorliq odatda oraliq dastur bo’lib, ishchi faylning yoki xujjatning yunalishi bilan bog’liq bo’ladi. Yorliq dasturlar .PIF kengaytmali faylni tashkil qiladi.

9-rasm
Ixtiyoriy dasturni ishga tushirish va xujjatlarni ochish uchun yorliq yaratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-Yangi Ярлык yaratish. Buning uchun sichqonchaning ko’rsatkichi ishchi stolning ixtiyoriy joyida turishida uning o’ng tugmachasi bosiladi, «Создать» buyrug’idan «Ярлык» tanlanadi va foydalanuvchi tomonidan ishga tushiriladigan dastur yoki ochiladigan xujjat yunalishi belgilanadi (9,10-rasmlar).

10-rasm
Ishchi stoldagi yoki papkalardagi «Ярлык» lar oraliq dasturlar ekanligidan ularni o’chirish, qayta nomlash, olib o’tish kabi amallarni ham foydalanuvchi bajarishi mumkin. Buning uchun ixtiyoriy Ярлык tanlangandan so’ng sichqonchaning o’ng tugmachasi bosiladi va ekranda kontekst menyu paydo bo’ladi (11-rasm).

11-rasm




    1. Yüklə 1,31 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin