O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə2/11
tarix23.10.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#65938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
WINDOWSDA FAYLLAR VA TASVIRLARNI TIKLASH USULLARI

Kurs ishining maqsadi kompyuterda joylashgan fayllarning turli omillar ta’sirida yo’qolishi va o’chirilishini oldini olish va ushbu hodisa yuz bergan hollarda qayta tiklash jarayonlarini amalga oshirish.
Kurs ishining vazifalari deb quyidagilarni aytish mumkin:

  • Windows operatsion sistemasida fayllarni ayta tiklash texnologiyasini o’rganish va amaliyotda qo’llash;

  • Yo'qolgan fayllarni tiklash uchun yordamchi dasturlarlar ta’minotini tuzish va o’rganish;

  • Fayllarni qayta tiklash jarayonlari va o’ziga xos xususiyatini o’rganish va tahlil qilish;

  • Fayllarni arxivlash va arxivlash programmalarining windows operatsion sistemasidagi tutgan o'rni v’ bajaradigan funksiyasini o’rganish.

Kurs ishining ob’ekti sifatida windows operatsion sistemasining ishlash jarayoni va dasturiy ta’minoti olindi.
Kurs ishining predmeti. Ushbu mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib qayta tiklash usullari va fayllar bilan ish olib boruvchi programmalarning faoliyat jarayoni va ishlash prinsipi.
Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi quyidagi qismlardan tashkil topgan: Kirish, soda shaklda tuzilgan 6 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib 38 betni tashkil qiladi.


I BOB. WINDOWS OPERATSION SISTEMASINING FAYLLARGA OID OPERATSIYALARI

    1. MS DOS operatsion sistemasining fayllar bilan ishlash buyruqlari

Matnli faylni tashkil etish uchun:


copy con
komandasi va fayl satrlari klaviaturadan kiritiladi. Har bir satr [Enter] bilan, oxirgisi esa, [F6] + [Enter] bilan tugatiladi. Natijada ekranda quyidafi javob chiqadi:
1 file(s) copied (1 ta fayl nusxasi ko’chirildi)
va diskda fayl nomi hosil bo’ladi.
Masalan:
copy con sss.doc - joriy katalogda sss.doc fayli hosil bo’ladi.
Faylni o’chirish
Faylni doimiy xotiradan o’chirish uchun del (delete - o’chirish komandasi quyidafi formatda beriladi:
del [Disk:] [Yo’l\] [faylning nomi] * Faylning nomida “*”, “?” belgilardan foydalanish mumkin.
Masalan:
Agar katalogning barcha fayllarini uchirmoqchi bo’lsangiz, del *.*
komandasi kiritiladi. Kompyuter bunga qquyidagicha javob beradi:
Are You sure (Y/N)? (Ishonchingiz komilmi?)
Fayllarni o’chirish uchun “Y”, aks holda “N” kiritiladi.
Yoki “del sss.doc” komandasini kiritsangiz, joriy katalogdagi sss.doc fayli uchiriladi.
Faylni qayta nomlash.
Faylni qayta nomlash komandasi ren (“rename” - qayta nomlash) deb yuritiladi. U quyidagicha amalga oshiriladi:
ren [Disk:] [Yo’l\] Faylning nomi Faylning yangi nomi
Masalan:
ren mmm.doc nnn.txt - komandasi joriy katalogdagi mmm.doc faylini nnn.txt fayliga almashtiradi.
Faylning nusxasini ko’chirib o’tish
Faylning nusxasini ko’chirish quyidagi komanda orqali bajariladi. Uning nomi copy (“copy” - nusxa ko’chirish) deb ataladi. Uning formati quyidagicha:
copy
yoki
copy[Katalog nomi]
Birinchi komandada nomi ko’rsatilgan faylning nusxasi ko’rsatilgan nom bilan ko’chiriladi.
Ikkinchi komandada faylning nusxasi ko’rsatilgan katalogga ko’chiriladi.
Faylning nusxasini printerga olish uchun:
copy prn
komandasini kiritish yetarlidir.
Masalan:
copy mmm.doc nnn.txt - joriy katalogda mmm.doc faylining nusxasi nnn.txt faylini hosil qiladi.
copy a:\ *.* - A diskning tub katalogidagi barcha fayllar nusxasini joriy katalogga ko’chiradi.
Fayl matnini ekranga chiqarish
Fayl matnini ekranga chiqarish uchun:
type
komandani kiritish zarur. Natijada ekranda fayl matni hosil bo’ladi.
Ma’lumot chiqishini to’xtatish uchun [Ctrl] + [S] klavishlari bosiladi
Microsoft firmasi tomonidan operatsion sistemalar ishlab chiqarilib, ular IBM va unga o’indosh kompyuterlarda qo’llanilgan. Foydalanuvchi uchun yaratilgan Windows-3,1 qobiq dasturi Microsoft firmasining 80-yillardagi mahsuli edi. 1995 yilning 1 martida Microsoft firmasi tomonidan Windows-95 operatsion sistema yaratilgan bo’lib u MS-DOS ning yuqori revolyutsion yutug’i hisoblanadi.
Windows-95 eng mukammal operatsion sistemalardan biri bo’lib eng zamonaviy professional shaxsiy kompyuterda qo’llanilgan. 1998 yilda Microsoft firmasining yangi mahsuloti Windows-98 hayotda o’z urnini topdi.
Odatda Windows operatsion sistemasi vinchesterning sistema fayllar sohasida joylashib, kompyuter elektr tarmoqqa ulansa, Windows ning avtomatik ishga tushishi kuzatiladi va foydalanuvchi uchun barcha imkoniyatlar mujassam bo’ladi.
Windows foydalanuvchi ixtiyoriga quyidagi imkoniyatlarni tavsiya etadi:
Foydalanuvchi uchun to’liq qayta ishlangan interfeysning mavjudligi. Windows 98 da yangi interfeysning mavjudligi programmalarni ishga tushurish, xujjatlarni ochish va saqlash, disklar bilan ishlash, server, tarmoqlar bilan ishlashni juda oson amalga oshirish imkonini beradi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin