O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 19,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.05.2020
ölçüsü19,23 Mb.
#31419
  1   2   3   4
boshlangich sinf oquvchilarini sodda masalalar yechishga orgatish metodikasi.


~ 1 ~

 

       



   O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

“Himoyaga ruxsat etildi” 



Pedagogika fakulteti dekani 

_______ f.-m. f.n., dots., X. Mavlyanov 

“___”___________ 2017 yil 

 

 

5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish 

ta’lim yo’nalishi,  BT-46-2013 guruh bitiruvchisi 

Xakimova Dildora Maxamadsoli qizining 

 

 

“BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI SODDA MASALALAR 

YECHISHGA O’RGATISH METODIKASI” mavzusidagi 

 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 

 

 

 

 

“Himoyaga tavsiya etildi”                                    BMI rahbari: o’qituvchi   

Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri        A. Toshxonov 

_______ f.-m. f.n., T. Abdullayev 

“___”___________ 2017 yil

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 Namangan – 2017 


~ 2 ~

 

Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga 



o’rgatish metodikasi 

                                  REJA: 

I. Kirish. 

II. Asosiy qism:  

 I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning  nazariy  asoslari. 

 1.1. Boshlang’ich  sinf  matematika  kursida  matnli  masalalar. 

 1.2. Masalani  yechishga  o’rgatishning  asosiy  bosqichlari. 

II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish 

metodikasining umumiy masalalari. 

 2.1. Matematik  masalalar  va  ularning  turlari. 

 2.2.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida   masala   yechish   ko’nikmasini  

shakllantirish  metodikasi. 

 2.3.  Boshlang’ich  sinfda  masalalarni  o’rganishda  zamonaviy  pedagogik  

texnologiyalardan  foydalanish. 

2.4Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili. 

Xulosa. 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

~ 3 ~

 

KIRISH 



Bitiruv malakaviy ishining   dolzarbligi: Mustaqil huquqiy demokratik 

jamiyat qurish haqida fikr yuritganda bu jamiyatda uning to’laqonli a’zosi shaxs 

qanday bo’lish kerakligi va unda ta’lim jarayoni qanday ro’l o’ynashi haqida jiddiy 

o’ylash lozim bo’ladi. Hurmatli birinchi Prezidentimiz  I. A. Karimovning  1997-

yil   29-avgustda O’zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta’lim 

to’g’risida”gi qonunga asoslangan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ qabul 

qilindi.

1

 



O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o’quv 

jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan 

maqsadli  innovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm-

fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab 

chiqish, ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba 

maydonchalari barpo etish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga 

o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot 

texnologiyalari, kompyuterlashtirish va matematik ta’lim tizimini   rivojlanib borishi 

belgilab berilgan. 

  «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi 

O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning 

uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, 

umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini 

kompetentsiyaviy  yondashuv  asosida  takomillashtirish,  o’quv-metodik 

majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil 

etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilidi. 

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 

mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy 

ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash 

maqsadida: 

                                                        

1

 I.A.Karimov «Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi” . 1997-yil Toshkent  



~ 4 ~

 

1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks 



rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin: 

Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari 

bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim 

standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va 

o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, master-

klasslar o’tkazishga,  malaka oshirish kurslariga  xorijiy hamkor ta’lim 

muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, 

ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, 

yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor-

o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

2

 

Bugungi kunda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish 



maqsadida bir qator yangi qarorlar qabul qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi 2017- yil 20- apreldagi PQ – 2909 – sonli qarori oliy ta’lim tizimini 

tubdan  takomillashtirish,  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-

mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy 

malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul 

qilingan. 

Professor-o’qituvchilarning  kasb  mahoratini,  pedagog  xodimlarning 

malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o’quv yurtlarida 

malaka  oshirishi,  magistratura,  doktoranturada  ta’lim  olishi  hamda 

respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan 

o’tishi va malaka oshirishi. 

Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi 

bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, 

Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim 

                                                        

2

 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” dagi PQ – 2909 – sonli qarori 2017 -yil 20- 



aprel 

~ 5 ~

 

muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o’rnatilgani o’ta muhim ahamiyat kasb 



etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va 

olimlarning mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari o’quv jarayoniga jalb etilishi ko’zda 

tutilmoqda.

3

 



Akademik litseylarda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, 

akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini 

jamlash,  umumta’lim  maktablari bitiruvchilarining  tanlangan kasblar  va 

mutaxassisliklarni egallab olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-

sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 

muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 

2017- yil 14- martdagi PQ – 2829 - sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 

qarori, umumiy o’rta ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan 

holda umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi 

normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o’rta ta’limning o’rta 

maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida 

“Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017- yil 15- 

mart 140 -sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori, “Ta’lim 

to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston 

Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi 

va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o’rta va 

o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy 

yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini 

ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida “Umumiy o’rta 

va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 

to’g’risida”gi 2017- yil 6- apreldagi 187-sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar 

mahkamasining qarori qabul qilindi.

 

Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy 



dasturi” talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, pedagogik 

                                                        

3

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 



qaroriga sharh 

~ 6 ~

 

kadrlarning kasbiy tayyorgarligini tarkib toptirish va orttirish muammosiga 



bag’ishlangan tadqiqot ishlari keng qamrovda olib borilmoqda. 

An’anaviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va 

formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati 

deyarli mavjud emas. Bunday ko’rinishda berilayotgan o’quv materiallarini 

o’quvchi tomonidan o’zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu 

sababli ularni esda qoldirish va o’zlashtirish juda sust bo’ladi. 

Yangi o’qitish metodikasida o’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta 

kodlashtirish  va o’zlarining modelini yaratish masalalari yuklanmaydi. Bu o’qitish 

metodikasida o’quv materiallari matn va formula ko’rinishi bilan bir qatorda, 

obrazlar ko’rinishida ham taqdim etiladi. Bu ma’noda axborot texnologiyalari 

asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil 

ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning 

o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, 

berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi 

muhim sifatlarni rivojlantiradi. O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim 

etish uchun ularni axborot texnologiyalaridan foydalanib, elektron-didaktika asosida 

elektron kitob, darslik, kurs va virtual stend ko’rinishida yaratish yuqorida qo’yilgan 

masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi. 

Xorij va vatanimizdagi axborot-pedagogik texnologiyalarning pedagogik 

asoslari bo’yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, axborot-

pedagogik  texnologiyalar  elektron-didaktik  (animatsiya)  ko’rinishidagi 

funksiyalarga asoslanib ular: 

-  qulay ko’rinishda bo’lgan o’quv materiallarini tushunib yetishga, berilgan 

ma’lumotlar haqida tushuncha va tasavvur hosil qilishga; 

-  ko’p ma’lumotlarni olish, ya’ni ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri olish 

imkoniyati mavjudligiga; 

-  o’quv jarayonini yengillashtirishga, ya’ni kam vaqt sarf qilib ko’p 

ma’lumotlarga ega bo’lishga; 

-  moslashtiruvchanligiga, ya’ni o’quv jarayonini tashkil qilish uchun qulay 


~ 7 ~

 

bo’lgan animatsiyalarni  ko’rsatish,  mustaqil  ishlash  uchun kompyuter 



texnologiyalaridan  foydalanish  va  guruh-guruh  bo’lib  bilim  olishni 

tashkillashtirish masalalarining yechimini  topishga  qaratilganligini  va  ularda 

ikki turdagi, ya’ni informatsion va pedagogik yondashishlarni ko’rish mumkin. 

Ta’lim tizimida axborot-pedagogik texnologiyadan foydalanish uning yangi sohasi, 

ya’ni ta’limning elektron didaktik shakli paydo bo’lishiga asos solib, unda: o’quv 

fanlarining boblarini ajratib, elektron ko’rinishda tasvirlash, elektron o’quv 

adabiyotning ma’ruza va amaliy darslar qismini ularning vazifalaridan kelib chiqqan 

holda ishlab chiqish, elektron o’quv adabiyotni baholash mexanizmini yaratish va 

tadbiq etish, elektron o’quv adabiyotlar asosida virtual stendlar yaratish va o’quv 

jarayoniga qo’llash, elektron o’quv adabiyotni qo’llash orqali o’qitishning umumiy 

saviyasini aniqlash kabi imkoniyatlar yaratilishi ko’rsatilgan. 

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darsligida juda ham ko’p 

uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma’lumotlarni biz 

1-sinfdayoq ularga o’rgatib, ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o’stirib 

borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga o’rgatishning muhimligi 

shundan iboratki, o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini 

matematika tiliga ko’chirishga qaratmog’i lozim. Avvalo, mukammal  matematik 

tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan   nazariy 

bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz 

o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning 

uchun bolalar  yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli 

har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib borishi lozim.1-sinfda bir va ikki 

amalli masalalar o’rgatiladi. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli 

masalalarni yechish malakalarini shakllantirish  mashq qilishga nisbatan kamroq 

vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o’quvchilarga masalaning yechimlari haqida to’liq 

tushuncha berganimizdan so’ng, bu yechgan masalamizning o’quvchi tushunib 

yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda 

masala yechishga ko’proq o’quvchini jalb qilishimiz kerak. 



~ 8 ~

 

Masalalalarni yechishning jadval usuli, masalalar va ularni taqqoslashni 



ikkinchi sinfda o’rgatiladi. Bu davrda o’quvchilarning fikrlash doirasi yanada 

kengayadi, ularni jadvalga qarab masala tuzishga, o’zaro teskari masalalar tuzishga 

va ularni taqqoslashga undaladi. Bоshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar 

yеchishning u yoki bu nazariy matеriallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim 

o’rnini ta’kidlab, dasturda shunday dеyiladi: “Natural sоnlar arifmеtikasi, nоlni 

o’rganish maqsadga muvоfiq masalalar va amaliy ishlar sistеmasi asоsida tuziladi. 

Bu dеgan so’z har bir yangi tushunchani tarkib tоptirish har dоim bu tushuncha 

ahamiyatini tushuntirishga yordam bеradigan, uning qo’llanishini talab qiladigan u 

yoki bu masalani yеchish bilan bоg’lanadi”. Sоdda masalalar o’quvchilarni 

matеmatik munоsabatlar bilan tanishtirishning muhim vоsitalaridan biri bo’lib 

хizmat qiladi. Sоdda masalalardan ulushlar, qatоr gеоmеtrik tushunchalar va 

algеbra  elеmеntlarini o’rganishda  ham  fоydalaniladi.  Sоdda  masalalar 

o’quvchilarda murakkab masalalarni yеchish uchun zarur bo’ladigan bilimlar, 

malakalar va ko’nikmalarni tarkib tоptirish uchun asоs bo’lib хizmat qiladi. 

Yechilishi uchun bir nеchta o’zarо bоg’liq  amallarni bajarish talab qilinadigan 

masalalar murakkab masalalar dеyiladi. 

Boshlang’ich sinflar uchun matematika dasturida bolalarni masalalarni 

yechishga o’rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni 

yechishda ular oldindan o’rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi 

va o’zlariga ma’lum bo’lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o’rgatish 

zarurligi ta’kidlangan. Shunday qilib, masalani yеchish uchun bеrilgan sоnlar va 

izlanayotgan sоn оrasidagi qatоr bоg’lanishlarni aniqlash va ularga muvоfiq 

ravishda arifmеtik amallarni tanlash, so’ngra bu amallarni bajarish zarur. Shuning 

uchun biz ushbu mavzu ya’ni boshlang’ich sinflarda matematikadan sodda 

masalalarni yechishda o’quvchilar qiziqishini shakllantirish yo’llarini ushbu bitiruv 

malakaviy ishimizda ishlab chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. 

Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar ushbu mavzuning dolzarbligini ifoda etadi. 

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari: Boshlangich sinflarda 

matematikani  o’qitish  samaradorligini  oshirishda  zamonaviy  pedagogik  



~ 9 ~

 

texnologiyalar  va ularni qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga 



mos  matnli masalalarni o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi 

pedagogok texnologiyalardan foydalanib masala yechishni amalga oshirish 

yo’llarini izlashdan iborat.  Bitiruv malakaviy ishning vazifalari quyidagilarni 

tashkil etadi. 

1. Boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika 

darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish . 

2. Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni  tashkil 

etishning ob’yektiv va  sub’yektiv omillarni aniqlash . 

3. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar 

asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni 

belgilash. 

4. Boshlang’ich sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol 

metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va 

uning samaradorligini aniqlash. 



Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 

boshlang`ich sinf  matematika darslaridagi o’qitish jarayoni. 

Umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinf   matematika darslarida 

masalalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish mazmuni, usullari va samarali 

vositalari.  

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi:  Bitiruv malakaviy ishi kirish, 

asosiy  qism boblari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatlaridan  

iborat. 

 

 

 

 

 

 

 


~ 10 ~

 

 



I bob.   O’quvchilarni   masalalar   yechishga  o’rgatishning   nazariy 

asoslari. 

 1.1. Boshlang’ich  sinf  matematika  kursida  matnli  masalalar 

Turmushda  sonlar bilan bog’liq bo’lgan cheksiz ko’p hayotiy vaziyatlar 

vujudga  keladiki, bu sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish talab qilinadi. 

Yechilishi uchun bitta arifmеtik amal bajarilishi zarur bo’lgan masala sоdda 



masala dеyiladi.  

Bular quyidagilardir: 

1.  Yosh  tabiatshunoslarga 15 tup olma ko’chati va 10 tup olxo’ri ko’chati 

ajratildi . Yosh tabiatshunoslarga qancha ko’chat ajratilgan? 

2.  Yengil  mashina yo’lda 4 soat bo’ldi  va soatiga 56 km tezlik bilan yurdi. 

Mashina qancha masofani bosib o’tdi? 

3.  Do’konda 2 bo’lak chit sotildi. Birinchi bo’lak uchun 180 so’m, ikknchi 

bo’lak uchun ikki marta ko’p pul berishdi, ikkinchi bo’lak uchun qancha pul 

berishgan? 

 Ta’lim maqsadlarida ko’pincha obstrakat vaziyatlardan foydalaniladi va 

muhim masalalar deb ataluvchi masala hosil qilinadi. Masalan: 8 ni hosil qilish 

uchun 12 dan qaysi sonni ayirish kerak? Biz marta arifmetik masalalarni ko’rib 

chiqdik. Ularda qanday umumiylik bor? 

 Avvalo har bir masala berilgan va noma’lum sonlarni o’z ichiga oladi. 

Masaladagi son to’plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini  harakterlaydi, 

munosasbatlarini ifodalaydi yoki berilgan mavhum sonlar bo’ladi. Masalan 1-

masalada 15 soni olma ko’chatlari to’plamini sonini haraterlaydi. 2-masalada  56 

soni miqdor uzunlikning qiymatidir. 3-masalada 2soni ikki sonning munosabatini 

2 va 1-bo’lakdagi chitning bahosini ifodalaydi. 4-masalada 12, 8 mavhum sonlar 

berilgan bo’lib , bular mos ravishda kamayuvchi va ayirmadir. Har bir masalada 

shart va savol bo’ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar 

bilan izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanish ko’rsatiladi, bu bog’lanishlar 



~ 11 ~

 

tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son 



izlanayotgan son ekanligini bildiradi. 

Masalan, 2-masalaning  sharti: yengil mashina yo’lda 4 soat bo’ldi va soatiga 

56 km tezlik bilan bosib o’tdi? Masalani yechish bu masala shartida berilgan 

sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni ochib berish va bu asosda 

arifmetik amallarni tanlash, keyin esa ularni bajarish hamda masala savoliga javob 

berish demakdir. 

  Yuqorida keltirilgan masalaning   yechilishini ko’ramiz. 1-masala sharli 

olma va olxo’ri ko’chatlari  to’plamlar birlashmasi amalini aniqlaydi. Masala 

savoli mazkur to’plamlar birlashmasi amali masala yechilishi uchun zarur bo’lgan 

berilgan sonlarni qo’shish amaliga mos keladi. 15+10=25 masala savoliga javob: 

yosh tabiatshunoslarga 25 tup ko’chat ajratilgan. 

2-masala shartidan mashinaning tezligi va uning harakaty vaqti ma’lum. 

Mashina bosib o’tgan yo’lni topish talab etiladi. Bu kattaliklar orasidagi mavjud 

bog’lanishdan foydalanib masalani yechamiz: 56∙4=224 masala savoliga javob: 

mashina 224 km yo’l bosgan. 

3-masalani yechamiz uchun 2 marta ko’p ifodani ma’nosini bilishdan 

foydalaniladi. 18∙2=36 masala savoliga javob: 2-bo’lak 36 so’m turadi. 

Ko’rib turibmizki, hayotiy vaziyatdan arifmetik amallarga o’tish turli 

masalalarda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi turli bog’lanishlar bilan 

belgilanar ekan. 

Masalalarning turlari haqidagi masalaga to’xtalamiz: hamma arifmetik 

masalalar ularni yechish uchun bajariladigan amallar soniga qarab soda va 

nurakkab masalalarga bo’linadi. Yechilishi uchun bitta arifmetik amal bajarilishi 

zarur bo’lgan masala sodda masala deyiladi. Yechilishi uchun bir-biri bilan bog’liq 

bo’gan bir nechta ular bir xil amal bo’lishidan qat’iy nazar amaliy bajarish zarur 

bo’lgan masala murakkab masaladir. 

Sodda masalalarni qanday amal yordamida yechilishiga qarab (qo’shish, 

ayirish, ko’paytirish, bo’lish bilan yechiladigan sodda masalalar) yoki ularning 



~ 12 ~

 

yechilashi davomida shakillantiriladigan tushunchalarga bog’liq ravishda turlarga 



ajratish mumkin.  

Masalalar yechish jarayonining o’zi ma’lum metodika o’quvchilarning aqliy 

rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, chunki u aqliy operatsiyalarni analiz 

va sintez, konkretlashtirish va abstraklashtirish, taqqoslashi, umumlashtirilishi 

talab etiladi. Masalan, o’quvchi istalgan masalani yechayotganida analiz qiladi, 

savolni masala shartida ajratadi, yechish planini tuzayotganida sintez qiladi, bunda 

konkretlashtirishdan (masala shartini hayolan chizadi) so’ngra abstraklashdan 

foydalanadi (konkret situatsiyadan kelib chiqib arifmetik amalni tanlaydi) biror bir 

turdagi masalalarni ko’p marta yechish natijasida o’quvchi bu turdagi masalalarda 

berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimni 

umumlashtiradi, buning natijasida bu turdagi masalalarni yechish usuli 

umumlashtiriladi. 

Bolalarni masala yechishga o’rgatish – bu berilgan va izlanayotgan sonlar 

orasidagi bog’lanishni aniqlashni va buning asosida arifmetik amallarni bajarishni 

o’rganish demakdir. 

Masalalarni yechish uquvida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan markaziy 

zveno berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni o’zlashtirishdir. 

Bolalarning masalalr yecha olish uquvlari va bu bog’lanishlarni qanchalik yaxshi 

o’zlashtirganliklariga bog’liqdir. Shuni hisobga olgan holda boshlang’ich sinflarda 

yechilishi berilgan sonlari va noma’lumlar orasidagi bir xil bog’lanishlarga 

asoslangan konkret va mazmuni va soni berilganlari bilan esa farq qiluvchi 

masalalar gruppasi bilan ish ko’riladi. Bunday masalalar  gruppasini bir turdagi  

masalalar deb ataymiz. 

Masalar ustida ishlash o’quvchilarni avval bir turdagi masalalarni yechishga, 

so’ngra boshqa turdagi masalalarni uechishga, so’ngra boshqa turdagi masalalarni 

yechishga majburlashga olib kelinishi kerak emas. Uning asosiy maqsadi 

o’quvchilarni turli hayotiy vaziyatlardagi berilgan sonlar va izlanayotgan son 

orasidagi ma’lum bog’lanishlarni ularni murakkablashib borishini ko’zda titgan 

holda aniqlay olishga o’rgatishdir. Bunga erishish uchun o’qituvchi bu turdagi 


~ 13 ~

 

masalalarni yechishni o’rgatish  metodikasida  ma’lum maqsadlarni ko’zlaydigan 



bosqichlarni ko’zda tutish lozim. 

Birinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechishga 

tayyorgarlik ishini olib boradi. Bu bosqichda o’quvchilar mazkur masalalarni  

yechishda tegishli amallarni tanlash uchun asos bo’ladigan bog’lanishlarni 

o’zlashtirishlari lozim. 

Ikkinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechilishi 

bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Bunda o’quvchilar berilgan sonlar va noma’lum 

son orasidagi bog’lanishni aniqlash, buning asosida arifmetik amallarni tanlashni 

o’rganadilar, ya’ni masalada ifodalangan konkret, vaziyatdan tegishli arifmetik 

amalni tanlashga o’tishni o’rganadilar. Bunday ishlarni olib boorish natijasida 

o’quvchilar ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechish usuli bilan tanishadilar. 

Uchinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechish 

uquvini shakllantiradi. O’quvchilar bu bosqichda ko’rilayotgan turdagi istalgan 

masalani uning konkret mazmunidan qat’iy nazar yechishni o’rganishlari kerak, 

ya’ni bu turdagi masalalarni yechish usullarini umumlashtirishlari lozim. 

Yuqorida qayd qilingan bosqichlar ustida ishlash metodikasini mufassalroq 

qarab chiqamiz. 

U yoki bu turdagi masalalarni yechishga tayyorgarlik ko’rishi arifmetik 

amallarni tanlashda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi qanday 

bog’lanishning tayanishga bog’liq. Shunga muvofiq ravishda maxsus mashqlar 

o’tkaziladi. 

1. Ko’p hollarda – masalalar yechishga qadar to’plamlari ustida amallar 

bajaradi. Masalan, ko’p sodda masalalarni yechilishi bilan tanishtirish oldidan 

to’plamlar ustida amallarga doir mashqlar berish lozim.   Bunda to’plamlarning 

elementlari konkret predmetlar bo’lishi kerak (cho’plar, qog’ozlar, qiyilgan 

geometrik figuralar, rasmlar va hokazolar). Masalan, yig’indini topishga doir 

mashqlar taklif qilinadi. 

Quyonchalar solingan savatlarni oling. (bolalar buni bajaradilar). O’tloqda 4 

ta quyon sakrab yurardi. Ularning yoniga yana 3 ta quyoncha kelib qo’shildi. (yana 


~ 14 ~

 

3 ta suratni olib qo’yadilar). Hammsi bo’lib  nechta quyoncha bo’ldi? (bolalar 



suratlarni sanaydilar). Biz 4 ga 3 ni qo’shdik: (suratlarni korsatadilar ) va 7 ni hosil 

qildik. 


Ayirishga doir masalalarni yechishda to’plamning bir qismini ajratish 

ko’paytirishda teng sonlar to’plarini birlashtirish, bo’lishda to’plamni teng sonli 

to’plamlarga ajratish tayyorgarlik ishi bo’ladi. 

To’plamlar ustida amallar yordamida ,, … ta katta, ortiq’’ , ,, … ta kichik’’ , 

,, … marta katta’’ , ,,… marta kichik’’ ifodalarning ma’nosi ochib beriladi, bu 

ayirma va karrali munosabat bilan  bog’langan masalalarni kiritishga tayyorgarlik 

bo’ladi. 

2. Arifmetik masalalar kattalikdan (uzunlik, massa), hajm, vaqt va boshqalar 

bilan bog’langan, shuning yoki bu masalaga yangi kattalik bilan tanishtirish kerak. 

Bundan keyingi ishlarda foydalanish uchun ba’zi kattaliklarni bolalar ayrim 

daftarga yozib borishlari foydali bo’ladi. 

3. Ko’p masalalarni yechishda amallar bu kattalikdan orasidagi mavjud 

bog’lanishlarga asoslanib tanlanadi.  Amallarni  tanlashda o’quvchilar bu 

bog’lanishlarni idrok qila olishlari va foydalana bilishlari uchun kattaliklar 

orasidagi bog’lanishlarni masalalarni bu kattaliklarning konkret ma’nosi asosda 

yechish yo;li  bilan ochib berishi kerak. Masalan, quyidagi masalani yechish  

kerak: ,,Har donasi 4 so’mdan 3 ta otkritka sotib olindi. Qancha pul to’langan?’’  

Bu masalani yechish uchun ushbu bog’lanishdan foydalaniladi: agar  tovar  bahosi 

va soni ma’lum bo’lsa, uning (hajmi) jamini ko’paytirish amali yordamida topish 

mumkin. 


O’quvchilar u yoki bu bog’lanishni o’zlashtirishlari uchun maqsadga 

qaratilgan, kuzatishlarni tashkil qilish lozim. Masalan, baho, miqdor va jami puli 

biln tanishtirish maqsadida do’konga sayohat tashkil qilish mukin, bunda 

o’quvchilar baho bilan tanishadilar, ba’zi tovarlarning bahosini o’z daftariga yozib 

qo’yadilar, oldi-sotdi jarayonini kuzatadilar. Keyinchalik darsda bolalar ma’lum 

bah ova miqdori bo’yichicha jamini topishga doir sodda masalalar tuzadilar, 

so’ngra ko’paytirish amalining konkret ma’nosi haqidagi bilmga asoslanib, bu 


~ 15 ~

 

masalani yechadilar. Masalani yechilishini ko’rganlaridan so’ng agar baho va 



miqdori ma’lum  bo’lsa, jami pulni ko’pytirish yordamida topish mumkinligiga 

e’tibor beradilar. O’quvchilar bu bilimdan keyinchalik sodda masalalarni ham 

murakkab masalalarni ham yechishda foydalanadilar. 

Masalaning har bir, ayrim turi ustida ishlash o’ziga xos maxsus tayyorgarlik 

ishini talab qiladi, bu haqda har bir turdagi masalalarni yechish metodikasini 

qaralayotganda aytiladi.  

Tayyorgarlik ishlarini ko’zda tutgan holda bolalarni ko’rilayotgan turdagi 

masalalarning yechilishi bilan tanishtirishga o’tish mumkin. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Yüklə 19,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin