Guruh talabasi Otaboyeva Saidaning “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan tayyorlagan kurs ishi



Yüklə 222,27 Kb.
səhifə1/6
tarix23.05.2023
ölçüsü222,27 Kb.
#120408
  1   2   3   4   5   6
otaboyeva saida mom tayyor ozim


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI





Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim ” yo‘nalishi
20/11-guruh talabasi Otaboyeva Saidaning
Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan tayyorlagan


KURS ISHI
Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tarkibli masalalarni yechishga o‘rgarish
Topshirdi: Otaboyeva Saida
Qabul qildi: _____________________


Urganch-2023
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………………...3
I bob. O‘quvchilarni masalalar yechishga o‘rgatishning nazariy asoslari.

    1. Boshlang‘ich sinf matematika kursida matnli masalalar..................................6

    2. Masalani yechishga o‘rgatishning asosiy bosqichlari......................................10

II bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini masalalar yechishga o‘rgatish metodikasining umumiy masalalari.


    1. Matematik masalalar va ularning turlari........................................................16

    2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida masala yechish ko‘nikmasini shakllantirish metodikasi..............................................................................................25

Xulosa...........................................................................................................................32


Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................................................33

Kirish
Mustaqil huquqiy demokratik jamiyat qurish haqida fikr yuritganda bu jamiyatda uning to‘laqonli a’zosi shaxs qanday bo‘lish kerakligi va unda ta’lim jarayoni qanday ro‘l o‘ynashi haqida jiddiy o‘ylash lozim bo‘ladi. Hurmatli birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1997- yil 29-avgustda O‘zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga asoslangan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ qabul qilindi.1
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm- fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari barpo etish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘z vaqtida joriy etish mexanizmini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va matematik ta’lim tizimini rivojlanib borishi belgilab berilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematika darsligida juda ham ko‘p uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma’lumotlarni biz 1-sinfdayoq ularga o‘rgatib, ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o‘stirib borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga o‘rgatishning muhimligi shundan iboratki, o‘qituvchi o‘zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini matematika tiliga ko‘chirishga qaratmog‘i lozim. Avvalo, mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy bilimlarni o‘zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz o‘quvchilarda qo‘shish haqida to‘g‘ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning uchun bolalar yig‘indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to‘plamlarni birlashtirish amalini bajarib borishi lozim.1-sinfda bir va ikki amalli masalalar o‘rgatiladi. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli masalalarni yechish malakalarini shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o‘quvchilarga masalaning yechimlari haqida to‘liq tushuncha berganimizdan so‘ng, bu yechgan masalamizning o‘quvchi tushunib yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda masala yechishga ko‘proq o‘quvchini jalb qilishimiz kerak.
Masalalalarni yechishning jadval usuli, masalalar va ularni taqqoslashni ikkinchi sinfda o‘rgatiladi. Bu davrda o‘quvchilarning fikrlash doirasi yanada kengayadi, ularni jadvalga qarab masala tuzishga, o‘zaro teskari masalalar tuzishga va ularni taqqoslashga undaladi. Bоshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar yеchishning u yoki bu nazariy matеriallarni o‘zlashtirish jarayonidagi muhim o‘rnini ta’kidlab, dasturda shunday dеyiladi: “Natural sоnlar arifmеtikasi, nоlni o‘rganish maqsadga muvоfiq masalalar va amaliy ishlar sistеmasi asоsida tuziladi. Bu dеgan so‘z har bir yangi tushunchani tarkib tоptirish har dоim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam bеradigan, uning qo‘llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yеchish bilan bоg‘lanadi”. Sоdda masalalar o‘quvchilarni matеmatik munоsabatlar bilan tanishtirishning muhim vоsitalaridan biri bo‘lib хizmat qiladi.

Yüklə 222,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin