Qo'l mehnatiga asoslangan axborot tizimlari shu bilan xarak- terlanadiki, unda axborotlarni qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — boshqaruv funksiyalarining bir qismi (tizimcha) yoki ma'lumotlarni qayta ishlash avtomat ravishda, boshqa qismi inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashgan axborot tizimlari — ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha boshqaruv funksiyalari texnik vositalar bilan amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomat boshqarish).
Axborot tizimlari sohasiga ko'ra quyidagicha qo'lanadi:
ilmiy tadqiqot;
Ilmiy tadqiqot axborot tizimi ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotlarni tahlil qilish, tajribalarni boshqarishga mo'ljallangan.
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish axborot tizimi muhandis- loyihalovchilar va yangi texnikalarni (texnologiyalarni) ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirishga mo'ljallangan.
Bunday axborot tizimlari quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:
yangi mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish;
turli muhandislik hisoblari (mahsulotning texnik parametrlarini aniqlash, chiqim me'yorlari — mehnat, materiallar va shu kabilar);
grafik hujjatlarni tayyorlash (chizmalar, sxemalar, rejalar);
raqamli dasturiy boshqarish stanoklari uchun boshqaruvchi dasturlar yaratish.
Tashkiliy boshqaruv axborot tizimi ma'muriy xodimlar (boshqaruv) funksiyasini avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan. Bunday axborot tizimiga sanoat (korxonalar), nosanoat (banklar, birjalar, sug'urta kompaniyalari, mehmonxonalar va shu kabilar) hamda alohida ofis (ofis tizimlari) kabi obyektlarni boshqarish taalluqlidir. Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni (egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va shu kabilar) avtomatlashtirishga mo'ljallangan.
Tashkiliy-texnik va qo'shimcha vositalar