O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə19/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Banknotlarni sanash qurilmasi. Bu qurilma dastasida 999 tagacha turli pul kupyuralari sonini sanash va qiymatini hisoblashga mo'ljallangan (buning uchun pul kupyurasi qiymati qo'lda kiritiladi). Hisoblagich konstruksiyasi eni 101 mm, uzunligi 177 mm gacha bo'lgan istalgan valuta va qimmatli qog'ozlarni (lotoreya biletlari, cheklar) sanash imkonini beradi. Qurilma, shuningdek, istalgancha sonda (masalan, yuzta) banknotni ajratish imkonini beradi. Sanash tezligi sekundiga 100 ta varaq (ezilgan, yirtilgan va buzilgan kupyuralar bo'lsa tezlik kamayadi, albatta). Maxsus datchik va ekstraktor sanash paytida ezilgan va buzilgan kupyuralarni chiqarib tashlaydi. Hisoblagich ko'rsatkichini va kupyura qiymati ko'rsatkichini olib tashlash tugmachasi mavjud. Qurilma kupyuralarning haqiqiyligi va qiymatini aniqlashga mo'ljallanmagan. Qalinligi 0,1 mm bo'lgan zich qog'oz kupyuralarni yuz foiz sanash kafolatlanadi. Ifloslangan, yelimlangan, shuningdek, yupqa varaqlarni sanash tavsiya etilmaydi.
Naqdpulsizpul muomalasi vosita va tizimlari. Qo'shimcha qurilmalarga naqd pulsiz pul muomalasi vositalarini («plastik pullar», «elektron pullar») ham kiritish mumkin. Ular XX asrning 20-yillaridan keyin muomalaga kiritilgan kredit kartalari tizimining rivojlanishi natijasida paydo bo'ldi. Naqd pulsiz to'lov tizimi yoki yanada kengroq naqd pulsiz muomala tizimi maxsus kartalardan tashkil topgan va u shartli ravishda kredit kartalari deb yuritiladi. Kredit kartalarini mijozlar banklardan olishadi. Kartaga uning egasi va to'lov qobiliyati to'g'risidagi ma'lumotlar yoziladi. Kredit kartalari funksional jihatdan ikkiga bo'linadi: kreditli (u ajratilgan kredit miqdorida xarid qilish imkonini beradi) va debitli (avvaldan uning egasi tomonidan qo'yilgan summa miqdorida xarid qilish imkonini beradi). Ularning konstruksiyasi va ishlatilishi bir xil.
Kredit kartalari yordamida naqd pulsiz turli mahsulot va xizmatlarga (telefonda gaplashishga, metroga kirish va boshqa hollarda) to'lovni amalga oshirish mumkin. Albatta, bunda savdo korxonalari va boshqa infratuzilmalar kerakli qurulmalarga ega va bank-emitentlar bilan shartnoma tuzishgan bo'lishlari kerak.
Kredit kartalari bilan xarid quyidagicha amalga oshiriladi: xazinachi xaridordan kredit kartani olib, kassa apparati tirqishiga qo'yadi. Karta egasining ismi va undagi summa miqdori aniqlanadi. Bu keyinchalik chekni va xarid to'g'risidagi hisob-kitobni shakllantirishda ishlatiladi. Xarid to'g'risidagi xabar tezda aloqa kanallari orqali bankka uzatiladi yoki mashina tashuvchilarida yig'ilib, keyinchalik bankka yuboriladi va u savdo korxonasi hisobiga o'tkaziladi.
Muomaladan naqd pulni olib tashlash va to'lovni to'la kredit kartalari orqali amalga oshirish mumkin emas, albatta. Chunki, ko'plab savdo shoxobchalari banklar bilan shartnomaga ega emas, bundan tashqari, qimmatbaho qurilmalarni sotib olish uchun ularning imkoniyati yo'q. Shu sababli, kredit kartalaridagi pullarni naqd pulga aylantirish tizimlari paydo bo'ldi. U kredit kartasi egasini bankka bormasdan kartadagi pulning ma'lum bir qismini naqd pulga aylantirish imkonini beradi. Tizim maxsus qurilma — bankomat bazasiga qurilgan. Bankomat kredit kartasini o'qigich, protsessor, displey, klaviatura, ma'lumotlarni uzatish qurilmasi, tanga va banknotlar uchun kassetalar hamda ularni chiqarish qurilmasidan tashkil topgan. Bankomatlar zarur xavfsizlik choralari ko'rilib o'rnatiladi. Tuzilmani operator-inson boshqarmaydi. Bankomatlar ishlash tartibiga ko'ra «off-line» va «on­line»ga bo'linadi. Birinchisi — avtonom ishlaydi, ikkinchisi — aloqa kanallari orqali o'zlarining banklari bilan ulangan, shuning uchun u noqonuniy operatsiyalardan yuqori darajada himoyani ta'minlaydi. Bankomat mijozlarga istalgan vaqtda uzluksiz xizmat ko'rsatish uchun (sutka mobaynida) mo'ljallangan. Kredit kartani buzg'unchilardan himoyalash maqsadida unga PIN-kod beriladi. U kartaga yozilmaydi va alohida saqlanadi hamda parol sifatida ishlatiladi. Mijoz bankomatga murojaat qilganda, qurilma aloqa kanallari orqali operatsiyalarni qayta ishlash markazidan kredit kartasining qonuniyligini aniqlaydi (shu raqam mavjudligi, kartaning amal qilish muddati tugamaganmi, u yo'qolgan yoki o'g'irlangan sanaladimi va shu kabilar). Qayta ishlash markazi kartani qonuniyligini tasdiqlovchi xabar yo'llaydi yoki unga kirishni taqiqlaydi. Birinchi holda qayta ishlash markazi bankomatga mijozdan yana PIN-kodni so'rashni buyuradi. Agar kartani haqiqiy egasi taqdim qilsa, parolni to'g'ri kiritadi va bankomatdan kerakli miqdordagi pulni oladi, aks holda, operatsiya bajarilmaydi.
Kredit kartalarining konstruksiyasi va u bilan ishlaydigan apparatlar, shuningdek, naqd pulsiz muomala tizimining dasturiy ta'minoti turlichadir. Hozirgi paytda uch turli kredit kartalaridan foydalaniladi: magnit yo'lakchali; xotirali mikrosxemali; mikroprotsessorli, tezkor xotirali, himoya sxemali (intellektual kartalar);
Birinchisi — juda arzon, undan nusxa olish va uni ochish juda oson. Shuning uchun undan uncha katta bo'lmagan to'lovlarni amalga oshirishda foydalaniladi (telefon, transport xizmatlariga to'lovni amalga oshirishda).
Xotirali kredit kartalari qimmatroq, ammo yaxshi himoyalangan.
Intellektual kartalar — ko'proq funksional egiluvchan va ishonchli sanaladi. Uning asosida ko'plab ilovalarni yaratish mumkin. Xususan, undan «elektron hamyon» sifatida foydalanish mumkin. Bu quyidagini bildiradi. Korxona o'z xodimlariga oylik maoshni naqd pulda to'lamasdan, uni xodimning bankdagi hisob raqamiga o'tkazadi. Qulay paytda har bir xodim bankka yoki uning shoxobchalariga boradi hamda hisob raqamidagi summani kredit kartasiga o'tkazadi. So'ngra xodim kredit kartadagi summani o'z ehtiyojiga ko'ra ishlatadi (xarid qilingan mahsulotlarga, ko'rsatilgan xizmatlarga to'lovni amalga oshiradi, naqd pulga aylantiradi).
«Elektron pullar» ko'plab ijobiy xususiyatlariga ega: to'lov vositalariga bo'lgan ehtiyojni sezilarli kamaytiradi, pul aylanmasining qiymati kamayadi. Ayniqsa, boshqa joylarga yo'lga chiqqanda ishlatish uchun juda ham qulay. «Elektron pullar» o'g'irlanganda buzg'unchilar undan har doim ham foydalana olmaydi, chunki istalgan kredit kartasini tezda ishlatishni taqiqlash mumkin. Ammo, uni tadbiq qilish uchun mablag' talab qilinadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin