O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji


Me'yoriy-ma'lumotnomali axborotlar



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə12/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Me'yoriy-ma'lumotnomali axborotlar ishlab chiqarish jarayonlari va munosabatlari bilan bog'liq turli ma'lumotnomali va me'yoriy ma'lu­motlarni o'z ichiga oladi. Bu eng katta hajmli va turli xil axborotdir. Tashkilot faoliyatida aylanadigan axborotlarning 50—60%ini me'yoriy- ma'lumotnomali axborotlar tashkil qilinishini aytishning o'zi kifoyadir.
Me'yoriy-ma'lumotnomali axborotlar sifatida quyidagilar xizmat qilishi mumkin: detallar, bo'g'inlar va butun mahsulotlar ishlab chiqish me'yorlari; baholash me'yorlari (baholash, tarif, baho); mahsulot ta'minotchilari va iste'molchilari bo'yicha ma'lumotlar.
Statistik-hisobot axborotlari yuqori boshqaruv tizimlari, davlat statistik organlari, soliq inspeksiyasi va shu kabilar uchun tashkilotning haqiqiy faoliyati natijalarini aks ettiradi. Masalan, tashkilot faoliyati haqida yillik buxgalteriya hisoboti.
Iqtisodiy axborotlar boshqarish darajasiga (paydo bo'lish joyiga) ko'ra quyidagilarga bo'linadi: kelayotgan va chiqayotgan axborotlar.
Kelayotgan axborotlar — bu tashkilotga (tuzilma bo'limlariga) tashqaridan kelayotgan iqtisodiy va boshqaruv funksiyalari hamda masalalari uchun dastlabki oqimda ishlatiladigan axborotlardir.
Chiqayotgan axborotlar — bu bir boshqaruv tizimidan boshqasiga uzatilayotgan axborotlardir.
Bir axborot ayni vaqtning o'zida undan foydalanuvchilar uchun kelayotgan axborot, uni ishlab chiqarganlar uchun esa chiqayotgan axborot bo'ladi. Bunda axborotlar quyidagi shakllarda tasvirlanadi: alfavit-raqamli (matnli) — alfavitlar, raqamlar va maxsus belgilardan iborat va grafikli — grafiklar, sxemalar, rasmlar. Axborotlarni fizik tashuvchilari — qog'oz, magnit disklari, ekrandagi tasvirlar.
Axborot tizimlari obyekt to'g'risidagi axborotlarni to'plash, uzatish va qayta ishlash, turli darajadagi xodimlarga o'z funksiyalarini amalga oshirish va boshqarishni ta'minlovchi kommunikatsion tizimdan iborat.
Axborot tizimlari ma'lum bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimi boshqaruv darajalari, harakat sohalari, shuningdek, tashqi holatlardagi farqni e'tiborga oladi va har bir boshqaruv darajasiga samarali boshqaruv funksiyasini bajarishga kerakli bo'lgan, faqat unga tegishli axborotni beradi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko'ra qo'l mehnatiga asoslangan, avto­matlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin