O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə15/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

17
Birinchidan, selenli baraban — juda aniq va uzoq muddat ishlashga mo'ljallanmagan, ehtiyot bo'lib muomala qilishni taqozo etadi.
2 — R. Fayziyev

  1. Ikkinchidan, yuqori sifatli nusxa olish uchun kseroksga mos keluvchi maxsus rangdan foydalanish kerak.

  2. Uchinchidan, yaxshi qog'ozsiz sifatli nusxa olib bo'lmaydi.

Ma'lumotlarni saqlash, izlash va tashish vositalari. Qog'ozli
hujjatlarni tizimlashtirish va saqlash uchun turli orgtexnika vositalaridan foydalaniladi. To'liq qog'ozsiz axborot tizimlariga o'tilmaguncha bu texnologiya saqlanib qoladi. Operatsion tizim va amaliy dasturlar to'plamini ishlab chiquvchilar amaldagi hujjat almashinuvi atamalaridan foydalanishmoqda («kitob», «papka», «kartoteka»).
Papka ma'lum bir mavzuga bag'ishlangan hujjatlarni doimiy to'plab borishga mo'ljallangan. Odatda, papkalar turli javonlarda ma'lum bir tartib asosida saqlanadi. Bu joydan to'g'ri foydalanish va kerakli axborotni tezda topish imkonini beradi.
Mashina tashuvchilarida hujjatlarni saqlash uchun magnit disklari va lentalari, magnitooptik disklar, optik disklar ishlatiladi. Qanday qurilma va qaysi tashuvchidan foydalanishda ma'lumotlarni saqlashdan maqsad, uning hajmi, xavfsizligi va ishonchligiga qo'yilgan talablarga bog'liq.
Keyingi paytlarda axborot saqlash joyi (inglizcha — Data Warehouse, DW) konsepsiyasi rivojlanmoqda. Bu dasturiy-apparat majmua bo'lib, tashkilot, korxona, hududiy tuzilmada paydo bo'ladigan ma'lu- motlarning barchasini umumiy ko'rinishga keltiradi.
Axborot saqlash joyi sanoat korxonasini eslatadi: ko'p sonli (dastlabki va ishlab chiqarish) ma'lumotlar manbayi xuddi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va uni omborga jo'natuvchi sexlar sifatida ishtirok etadi. Shu joydan u iste'molchilarga tarqatiladi. Axborot saqlash joyining vazifasi turli-tuman ma'lumotlarni doimiy, tizimli to'plash, ularni uzoq muddatda ishonchli saqlash va oldindan rejalashtirilmagan mazmundagi so'rovlar asosida tezda tanlash vazifasidan iborat. Bu masala katta hajmli tashuvchilar, yuqori tezlikli protsessorlar va maxsus dasturiy vositalarning murakkab majmuasi bazasida yechiladi.
Axborot saqlash joyining ishonchliligiga juda yuqori talablar qo'yilganda (masalan, bank tizimlarida) RAID (Redumdant Arrays of Independent Disk — o'zaro bog'liq bo'lmagan disklar massivi) nomini olgan maxsus dasturiy-apparat texnologiya keng ishlatiladi. RAID — tizimlar bir xil prinsipga asoslangan bir qancha modifikatsiyada mavjud: ma'lumotlarni yozish bir vaqtda bir necha diskda amalga oshiriladi. Agar apparatda uzilish yoki qabul qilmaslik aniqlansa, tashuvchining soz qismida ish davom ettiriladi. Tizimning dasturiy qismi uning holatini uzluksiz tahlil qilib boradi hamda ma'lumotlar oqimini boshqa tomonga yo'naltirish bo'yicha mos va o'z vaqtida zarur buyruqni beradi. Albatta, bunday tizimni qo'llash oddiy holatdagiga nisbatan qimmatroq bo'lsa-da, ma'lumotlarni ishonchli saqlash buni oqlaydi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin