O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji


Ma'muriy ishlab-chiqarish aloqa vositalari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə16/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Ma'muriy ishlab-chiqarish aloqa vositalari. Korxona yoki tashkilotdagi ma'lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratishda axborot almashinuvini faqat raqamli-belgili xabarlar sifatida uzatish yoki qabul qilish bilan to'liq amalga oshirib bo'lmaydi. Insonlarning jonli muloqotidan voz kechib bo'lmaydi. Bu masalalarni tez bajarishni va qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi. Bunda telefon, telefaks kabi aloqa vositalari katta yordam beradi.
Axborot tizimlarining qo'shimcha texnik vositalari. Shtrix-kodlar. Shtrix-kodlashtirish g'oyasi shundan iboratki, bu tizimga kiruvchi alfavitning har bir belgisiga bir qancha och va to'q, qalin va ingichka chiziqlar kombinatsiyasi tenglashtiriladi. Shtrix-kodlashtirishning bir qancha turi mavjud bo'lib, ular xizmat ko'rsatuvchi soha xususiyatlariga moslashtirilgan. Misol tariqasida, ishonchli va universal bo'lgan Code39 tizimini ko'rib chiqamiz.
Kodning alfaviti raqamlar, lotin harflari va sakkizta maxsus belgidan (+, -, $ va boshqalardan) tashkil topgan. Har bir belgi 9 ta to'q chiziq, ulardan 3 tasi — qalin va ular o'rtasidagi joy guruhidan iborat (shuning uchun kod «39» deb nomlangan, ya'ni «9 dan 3»). Masalan, «ABC1» qatori Code39 da 1.3-rasmdagidek tasvirlanadi.


Shtrix-kodlashtirishning keng qo'llanishiga sabab bo'lgan xususiyatlar quyidagilardir:

  1. grafikaning oddiyligi;

  2. tasvir va tashuvchi (qog'oz va boshqalar) sifatiga talabning yo'qligi;

  3. o'qigichlarning oddiy va arzonligi.

Shtrix-kodni aniqlash prinsipi. Strix-kod bo'ylab fotopriyomnik harakatlantiriladi. Unda ingichka nur hosil qiluvchi yorug'lik manbayi va yorug'likka sezgir element (fotodiod) joylashgan. Fotopriyomnik harakatlanishi bilan kod tashuvchidan qaytgan yorug'lik intensivligi och va to'q chiziqlarga bog'liq ravishda turlicha bo'ladi. Qaytgan yorug'lik oqimining, mos ravishda elektr signalining o'zgarishi fotopriyomnikning chiqishida kod rasmini hosil qiladi. So'ngra kod dekoder yordamida qayta ishlanib, odatdagi ANSI kodlariga aylantiriladi.
Kod o'qigichlar konstruksiyasi turlicha: do'kon xazinachisi ishlatadigan qo'lda harakatlantiriluvchi hamda transportyor bilan jihozlangan avtomat o'qigichlar mavjud. Strix-kodlarni qo'llash sohasi juda keng. Undan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini markirovka qilishda, turli mahsulotlarning tarkibiy qismlarini (masalan, kompyuter tashkil etuvchilari platalarini) markerlashda foydalaniladi.
Magnit kartalar plastmassa plastinkadan iborat bo'lib, uning yuzasiga identifikatsiya yozuvi va identifikatorning magnit yozuvli ferromagnit tasma qatlamiga yozilgan. Kartani o'qigichning tirqishiga qo'yiladi, u tashuvchi mexanizm bilan ushlab olinadi va magnit kallakka olib boriladi. Shu zahoti undagi ma'lumotlar o'qiladi va xabar shakllantiriladi.
Magnit kartalarini qo'llanish sohasi juda keng: xodimning identifikatsiya kartasi, mehnat jihozlarini identifikatsiya kartasi va hokazo.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin