O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə8/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Mashinada kodlashtirish — mashina tashuvchilari va kompyuterda qabul qilingan axborotlarni kodlar yordamida yozish jarayonidir.
Axborotlarni mashina tashuvchilariga yozish kompyuterga mustaqil jarayon yoki qayta ishlash natijasi sifatida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy axborotlarni to'plash va saqlash, uni ko'p marotaba ishlatish, shartli — doimiy, ma'lumotnomali va boshqa axborot turlarini qo'llash, dastlabki ma'lumotlarni qayta ishlashgacha jamlash zaruratidan kelib chiqqan. Axborotlarni to'plash va saqlash axborot bazalarida, mashina tashuvchilariga axborot massivlari sifatida, ma'lumotlar loyihalashtirish jarayonida qabul qilingan tartibda joylashadi.
Axborotlarni to'plash va saqlash bilan ma'lumotlarni izlash jarayoni bevosita bog'langan, ya'ni saqlanayotgan axborotlardan kerakli ma'lumotlarni tanlash, shuningdek, ularni tuzatish yoki almashtirish mumkin. Axborotlarni izlash jarayoni foydalanuvchi yoki kompyuter tomonidan tuzilgan kerakli axborotlar so'rovi asosida avtomat ravishda amalga oshiriladi.
Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash kompyuterda, odatda, mar- kazlashtirilmagan holda, dastlabki axborotlar paydo bo'lgan joylarda, u yoki bu boshqaruv xizmati (moddiy-texnik ta'minot va sotish bo'limi, bosh texnolog, konstruktorlik, buxgalteriya, rejalashtirish bo'limlari va shu kabilar) mutaxassisi uchun tashkil qilingan AIJda amalga oshiriladi. Shuningdek, qayta ishlash nafaqat avtonom ravishda, balki hisoblash tarmoqlarida, kompyuter dasturiy vositalari va axborot massivlaridan foydalanib, funksional vazifalarni yechish uchun bajariladi.
Kompyuterda masalalarni yechishda dasturlar yordamida natijaviy ma'lumotlar shakllantiriladi va u qog'ozga chop etiladi yoki ekranga chiqariladi.
Agar natijaviy axborotlarni bir necha foydalanuvchiga berish zarurati bo'lsa, ularning nusxasi ko'paytiriladi.
Avtomatlashtirilgan tashkiliy boshqaruv tizimida qarorlar qabul qilish, asosan, texnik vositalarni qo'llab yoki ularsiz mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Qarorlar qabul qilish shu bilan murakkablashadiki, mutaxassis ko'plab mumkin bo'lgan yechimdan eng qulay, resurslarni (vaqt, mehnat, material va shu kabilarni) minimal yo'qotishga olib keluvchisini izlashi kerak. Kompyuterni qo'llash ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonini tezlashtiradi, shuningdek, foydalanuvchi bilan hisoblash tizimi o'rtasidagi muloqot jarayonida avtomatlashtirilgan optimal yechimlar ishlab chiqishga o'tishni ta'minlaydi. Buni amalga oshirishga yangi texnologiya ekspert tizimlari yordam beradi.
AATEXning texnologik ta'minoti foydalanuvchilarga axborot xizmatini avtomatlashtiruvchi, kompyuter va boshqa o'rnatilgan ish tartibini boshqaruvchi texnik vositalarini qo'llab, masalalar yechishga mo'ljallangan tizimchalardan iborat bo'lishi kerak.
AATEXning texnologik ta'minoti, asosan, tarkibiy jihatdan turli tizimlar uchun bir xildir. Bu tizim faoliyati jarayonida mos keluvchanlik prinsipini qo'llash imkonini beradi . AATEXning texnologik ta'minoti quyidagilardan tashkil topadi: axborot, lingvistik, texnik, dasturiy, matematik, huquqiy, tashkiliy va ergonometrik.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin