Ma'lumotlarnitayyorlash, qaytaishlash va uzatish qo'shimchaqurulmalar tizimi Zamonaviy hududiy boshqaruv organlarining Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) kamida uch darajada dasturiy va texnik vositalar hamda har bir darajaning qo'shimcha vositalari bilan faoliyat yuritishi kerak (1.1-rasm). Markaziy hisoblash tizimi(hududiy, korporativ)(1-daraja) Aloliida korxona, firm a.tashkilotning liisoblasli tizimi 4 (2-daraja)
Alohida ishlab chiqarish bo'g'ini
va boshqaruv bo'linmalarining
lokal tarqatilgan tizimi
(3-daraja)
1.1-rasm. Hududiy boshqaruv organlarining AAT dasturiy-texnik vositalarini ko'p darajali tashkil qilishning prinsipial sxemasi.
Rahbarning AIJ o'zining tuzilmasiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi:
tarqatilgan;
lokallashgan.
Rahbarning tarqatilgan AIJ — monitor, klaviatura hamda sichqon- chadan iborat va boshqa barcha funksional qismlar uning yordamchisi yoki kotibada bo'ladi. Lokallashgan tuzilma avtonom ishlash va funksional yopiqlik bilan ta'minlanadi.
Rahbarning AIJni yaratishda ikkita asosiy funksiya hisobga olinadi: tezkor boshqarish va qarorlar qabul qilish. Shuning uchun ham, rahbarning AIJ quyidagi talablarga javob berishi kerak:
doimiy ravishda ishonchli axborotlar bilan to'ldirilib boriluvchi, kirish chegaralangan, rivojlangan ma'lumotlar bazasi (MB);
haqiqiy sharoitga maksimal moslashtirilgan, ishlash uchun optimal kirish sharoitini ta'minlovchi muloqot dasturiy vositalarning mavjudligi;
boshqa axborot manbalari bilan tezkor aloqani ta'minlash;
texnik va dasturiy vositalarning yuqori ishonch bilan ishlashi hamda oddiyligi;
AIJ xotirasida qabul qilingan qarorlar tajribasini to'plash im- koniyati mavjudligi.
Shunday qilib, rahbarning AIJ ish faoliyatini ta'minlovchi; qarorlar qabul qilish; qo'lda bajariladigan ishlar; kommunikatsiya kabi tizim- chalarni qamrab olishi kerak..
Rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tashkil qilish bo'yicha tayyorgarlik ishlarini rahbar yordamchisi yoki kotiba bajaradi.
Majlislar bayonnomasi rahbarning AIJdagi maxsus elektron yozuv daftarchasiga yoki uning AIJ bilan bir tarmoqdagi boshqa AIJga maxsus faylga yoziladi.
Faoliyatning ma'lum bir bosqichida bajarilgan ish natijalarini baholash uchun arxivlashtirish lozimdir.
Rahbar o'z ishini dasturning dispetcher bo'limi orqali rejalash- tiradi.
Shaxsiy arxiv uzoq muddatga mo'ljallangan yozuvlarni saqlashga xizmat qiladi. Masalan, korxonalar, shaxslarning telefonlari, manzili, shablonlar hamda tez-tez ishlatiladigan shakllar va boshqa shu kabilar.
Topshiriqlar kartotekasidan rahbarning shaxsiy topshiriqlari joy oladi.