O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Mundarija
1. Kirish
2. Asosiy qism
2.1. Ish joylarini kompyuterlashtirish — avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) yaratishning asosi
2.2. Tashkiliy-texnik va qo'shimcha vositalar
2.3. Nosanoat sohasining muammoga yo'naltirilgan amaliy dasturlari to'plami
2.4. Tarmoq topologiyalari Kompyuter tarmoqlarining topologiyalri
3.Iqtisodiy qism
4.Ekologiya
5. Texnika havfsizligi qism
6. Xulosa
7. Foydalanilgan adabiyotlar

1.Kirish



Kirish
Hozirgi kunda iqtisodchining ish joyini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin bo'lib qoldi. Davr taqozosi bilan bu universal texnikaning imkoniyatlari mutaxassislar tomonidan to'liq o'rganilishi kerak. Shuning uchun ham, kompyuterda ishlashni bilish iqtisodchilarni ishga qabul qilishdagi asosiy talablardan biri ekani tasodifiy hol emas. To'g'ri, hozircha, faqat juda oddiy «elektron ofis»ning dasturiy ta'minlanishini bilish talab qilinmoqda, xolos. Ammo talablar yildan-yilga, borgan sari ortmoqda, chunki kompyuter istalgan sohadagi iqtisodchi — moliyachi, hisobchi, rejalashtiruvchi, tahlilchi, menejer va bosh- qalarning asosiy ish quroliga aylandi. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AATEX) mutaxassisga iqtisodiy jarayonlarni bosh- qarishda samarali foydalanish imkonini bermoqda.
Boshqaruv shakllari va usullarini takomillashtirish fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish qonuniyatlari va usullarini o'rganish axborot-kommunikatsion texno- logiyalari to'g'risida chuqurroq bilimga ega bo'lishni taqozo etadi.
Zamonaviy kompyuterlar va kommunikatsiyalarning rivojlangan vositalari asosida axborot texnologiyalarini iqtisodiyotga qo'llash sohasi juda keng ko'lamli bo'lib, u xizmat yozishmalarining eng oddiy vazifalarini ta'minlashdan boshlab to qabul qilingan qarorlarning murakkab vazifalarini tahlil va qo'llab-quvvatlashgacha bo'lgan turli nuqtayi nazarlarni o'z ichiga oladi. Kompyuterlar, lazerli va optik texnika, ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalarning xilma- xil turlari, shu jumladan, yo'ldoshli aloqa muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, ularning mehnat jamoalari va ayrim mutaxa- ssislarga o'zlarining kasbiy, ilmiy, madaniy va hatto maishiy manfaat- larini amalga oshirish uchun barcha zaruriy axborotlarni kerakli vaqtda va to'liq hajmda olishga imkon beradi. Axborot jarayonlari xo'jalik ishlarini yurituvchi iqtisodiy obyektlarning ichki va o'zaro aloqalarining kuchlari sifatida turli xil texnologik qarorlardan foydalanish asosida ko'riladi hamda axborotlarni mehnat, moddiy va moliyaviy vositalarini tejovchi muhim, qimmatli resurslar qatoriga kiritishga imkon beradi.


2.Asosiy qism




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin