O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə6/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Mutaxassisning AIJ. Mutaxassis — bu ma'lum bir sohaning kasb egasidir. Uning AIJ shunday bo'lishi lozimki, u shaxsiy hamda muassasaning MBdagi axborotlar asosida tahliliy ish bajarishi va natijani biror hujjat sifatida taqdim etishi lozim.
Odatda, ma'lum bir ishni bajarishga ketgan vaqtning 40% uni shakllantirishga ketadi.
Mutaxassisning kasbga yo'naltirilganligi AIJning dasturiy va texnik ta'minotiga bo'lgan talabini belgilaydi:

  1. shaxsiy va umumiy (global) MB bilan ishlash imkoniyati;

  2. boshqa axborot manbalari bilan kommunikatsion muloqot qilish imkoniyati;

  3. to'plangan tajribalar asosida tahlil qilinayotgan jarayonlarni modellashtirish imkoniyati;

  4. tizimning yuqori darajadagi ko'p funksiyaliligi va egiluvchanligini ta'minlash.

Bu talablardan kelib chiqib, mutaxassisning AIJ ish va kasbiy faoliyatlarni, qo'lda bajariladigan ishlarni hamda kommunikatsiya aloqalarini ta'minlovchi tizimchalardan iborat bo'lishi kerak.
Mutaxassis AIJda quyidagi operatsiyalarni bajaradi:

  1. klaviatura yordamida hujjatlardan ma'lumotlarni kiritish (ekranda vizual nazorat qilish bilan);

  2. kompyuterga ma'lumotlarni magnit tashuvchilardan, boshqa AIJdan kiritish;

  3. lokal hisoblash tarmog'ida boshqa AIJdan aloqa kanallari orqali ma'lumotlarni xabarlar sifatida qabul qilish;

  4. ma'lumotlarni tahrirlash va ular bilan amallar bajarish;

  5. ma'lumotlarni to'plash va saqlash;

  6. ma'lumotlarni izlash, yangilash va himoyalash;

  7. foydalanuvchining natijaviy axboroti, shuningdek, turli ma'lumot- nomalar va yo'riqnomali xabarlarni ekranga, chop etish qurilmalariga va magnit tashuvchilarga chiqarish;

  8. ma'lumotlarni shakllantirish va boshqa AIJga fayl sifatida magnit tashuvchilarda yoki hisoblash tarmog'ida aloqa kanallari orqali uzatish;

  9. so'rovlar bo'yicha tezkor ma'lumotnomalar olish.

Avtomatlashtirish umumiy holda texnik, tashkiliy va iqtisodiy
xarakterdagi tadbir va harakatlar majmuyini tashkil etadi. U insonning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonidagi u yoki bu vazifasini bajarishida bevosita ishtirokini kamaytiradi yoki butunlay ishtirok etmasligini ta'minlaydi.
Shunday qilib, AATning mutaxassislariga axborot xizmatini ko'rsatuvchi, natijaviy axborotlarni oluvchi avtomatlashtirilgan texno- logiya va inson faoliyatining turli sohalaridagi boshqaruv jarayonini optimallashtiruvchi inson — mashina deb qarash mumkin.
AAT yordamida hisoblashlarning ko'p variantliligi ta'minlanadi, ratsional boshqaruv qarorlari qabul qilinadi, shuningdek, ayni vaqt tartibida, kompleks hisob va iqtisodiy tahlil tashkil qilinadi, olinayotgan va boshqaruvda foydalanilayotgan axborotlarning haqiqiyligi va tezkorligi ta'minlanadi. Bunga barcha joylardagi idora mehnatini avtomatlashtirish, mazkur boshqaruv tizimini yaratish orqali erishiladi.
Texnologik va funksional jihatlarga ko'ra AATni bir qancha tashkil etuvchilarga bo'lish mumkin (1.2-rasm).
AATda boshqaruv apparati, shuningdek, texnik-iqtisodiy axborotlar, texnologik qayta ishlashga doir vosita va usullar ajratiladi. Boshqaruv apparatidan tashqari, qolgan barcha unsurlar texnologik jihatdan uzviy bog'langan bo'lib, yagona iqtisodiy-matematik usullar va boshqaruvning texnik vositalaridan iborat tizimdan foydalanilganda ma'lumotlarning AATEXni tashkil qiladi.
AATEX funksiyasining tuzilmasi quyidagi jarayonlardan iborat: ma'lumotlarni yig'ish va qayd qilish; axborot massivlarini tayyorlash; ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va saqlash; natijaviy axborotlarni shakllantirish; ma'lumotlarni paydo bo'lish manbasidan qayta ishlash

joyiga, natijalarni (hisoblashlarni), qarorlarni qabul qilish uchun boshqaruv organlariga hamda qarorlarni foydalanuvchilarga uzatish.
Odatda, iqtisodiy axborotlar barcha o'zgartirish jarayonlariga duch keladi, ammo ba'zi jarayonlar bo'lmasligi ham mumkin. Ularni baja- rilish ketma-ketligi ham turlicha bo'ladi, bunda ba'zi jarayonlar takrorlanishi mumkin. O'zgartirish jarayonlari tarkibi va xususiyatlari axborotlari avtomatlashtirilgan holda qayta ishlanadigan iqtisodiy obyektga bog'liq.
Axborotlarni o'zgartiradigan asosiy jarayonlarni bajarishning xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin