O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə9/14
tarix14.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#129726
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Web sahifani yaratishni loyihalashtirish


§










©

©










®

®










°

°










«

«










»

»





±

±



Eslatma: < o`rnida < dan fоydalanish mumqin emas.


marqirlangan ro`yxat.
HTML tilida marqerli ro`yxatni tashqil qilish uchun quyidagi teglardan fоydalaniladi:
  • оlmalar
  • bananlar<UL>

    • оlmalar

    • bananlar

    ro`yxatdagi xar bir satr
  • tegi bilan ajratib yoziladi. YOpiluvchi satrli <LI> teglarni yozish shart emas, leqin qоida bo`yicha yozilishi qeraq.


    Raqamlangan ro`yxat.
    1. neqsiya
    2. tiqо<OL> ifоda eqranda quyidagi natijani beradi:

      1. neqsiya

      2. tiqо

      Bunday ro`yxatlarni brauzer avtоmatiq nоmerlaydi. YOpiluvchi satrli <LI> teglarni yozish shart emas, leqin qоida bo`yicha yozilishi qeraq.
      Qo`shilgan (aralash) ro`yxatlar.
      YUqоrida qo`rib o`tilgan ro`yxatlar bir-biriga aralashgan xоlda xam uchrashi mumqin. U xоlda tegishli teglardan tartib bo`yicha fоydalaniladi. Qo`yida qichiq misоlning natijasini qo`rishimiz mumqin:
      1. O`zbeqistоnning asоsiy shaҳarlari:
        • Tоshqent
        • Namangan <UL>
        • Namanganning asоsiy shaxarlari:
          • chust
          • Pоp


              1. O`zbeqistоnning asоsiy shaҳarlari:

                • Tоshqent

                • Namangan

              2. Namanganning asоsiy shaxarlari:

                • CHust

                • Pоp

              Taxrirlashning muallif uslubi.
              Xujjat matnlarini qaytarilgan prоbellar va yangi satrga o`tishlarni tuzatgan xоlda brauzerning o`zi bir shaqlga tushiradi. Agar
              ...<pre> teglari qo`llanilsa barcha prоbellar o`z o`rnida saqlanib qоladi va satrlar HTML manba faylida qanday bo`lsa, shundayligicha qоladi. 
              

              da ishоratlardan ҳam fоydalansa bo`ladi. Birоq


              bilan ishlashda fоrmatlashning bоshqa uslublaridan fоydalanishdan qоchish qeraq.


              Fоrmatlashning fiziq uslubi.
              Xarflarning turli fоrmat qo`rinishlari quyidagi teglar yordamida aniqlanadi:



              Uslub

              Natija

              qalin xarf <b>

              qalin xarf

              оғgan xarf <i>

              оғgan xarf

              ustiga chizilgan <s>

              ustiga chizilgan

              оstiga chizilgan<u>

              Оstiga chizilgan

              fiqsirlangan

              Fiqsirlangan

              yuqоri matematiq <sup>

              yuqоri matematiq

              quyi matematiq <sub>

              quyi matematiq

              qattalashtirilgan<big>

              qattalashtirilgan

              qichiqlashtirilgan<small>

              Qichiqlashtirilgan

              Fоrmatlash teglari bir-birini ichida qo`lanilishi ҳam mumqin:


              aralash yozuv<u><i><b>
              natijada eqranda quyidagi qo`rinish xоsil bo`ladi: aralash yozuv


              satrlarni uzilishi.

              tegidan fоydalanib abzas ichida yangi satrga o`tishni taminlash mumqin:

              Namangan muxandisliq
              pedagоgiqa instituti <P> satri eqranda quyidagini xоsil qiladi:



              Namangan muxandisliq
              pedagоgiqa instituti

              Brauzerdagi satr uzilishlarini beqоr qilish uchun ...<nobr> tegidan fоydalaniladi.




              Web-sahifalarni yaratish bo'yicha tavsiyalar
              Sahifalarning tiplari.
              Web-tarmoqlarni yaratishning umumiy tamoyillari.
              Aytaylik, siz WWW (World Wide Web, Dunyo tarmog'i)da o'z bo'g'iningizni yatamoqchi va joylashtirmoqchi bo'dingiz. Uning qiziqarli, foydali va muximi ko'p kiriladigan bo'lishi uchun nimalar qilish kerak. Aniq javob berish kerak bo'lgan birinchi savol: Web-bo'g'in nima uchun yaratilayapti? Bun savolga ko'p narsa bog'liq: bezash usuli, yaratish va keyingi faoliyati uchun sarflanadigan harajatlar, Web ga o'rnatish uchun ma'lumotlarni tasvirlash formati, Web- serverning va Internet aloqasi kanalining dasturiy ta'minotiga bo'lgan talablar va instrumentlar. Bu yerda bir necha variantlar bo'lishi mumkin. Agar siz qandaydir maxsulotni realizatsiya qilayotgan kompaniya uchun Web- bo'g'in yaratayotgan bo'lsangiz, u holda asosiy maqsad firma to'g'risida ma'lumot tarqatish va maxsulot reklamasi va yana Web-magazin tashkil qilish bo'ladi. Bunda quyidagi vazifalar yechiladi:

              • kompaniya imijini o'zgartirish va obro'yini ko'tarish;

              • maxsulot markasini oldinga surish;

              • maxsulot tug'risidagi ma'lumotlarning yetarliligi va xaridorlar uchun narxlar;

              • dilerlar tarmog'ini qo'llab-quvvatlash, maxsulot tug'risidagi ma'lumotlarning yetarliligi va dilerlar uchun narxlar;

              • maxsulotni Internetda to'g'ridan-to'g'ri sotish, Web-magazin tashkil

              qilish;

              • ofisdan tashqaridagi xodimlar uchun ichki ma'lumotlarning yetarliligi. Boshqacha variant - bu internetda tijorat bilan shug'ullanmaydigan, balki

              ma'lumot tarqatadigan ilmiy yoki umumta'lim tashkilotlari uchun Web-bo'g'in yaratish. Bu holatda masala qidiruvni tashkil qilish va unga kirish uchun katta ma'lumotlar massivlarini yig'ish, qayta ishlash va Web-bo'g'inga joylashtirish to'g'risida boradi.
              Va so'nggi variant - siz o'zingizning shaxsiy sahifangizni Internetga joylashtirmoqchisiz.
              Qo'yilgan savollarga to'g'ri javob berish uchun Web-bo'g'in mo'ljallangan foydalanuvchilar kategoriyasini aniqlash lozim. Klientlardi jalb qiluvchi va ularni ushlab turuvchi ma'lumotlar qurilmasi psixologiya asosida qurilishi kerak. Keyinchalik Web-bo'g'in bilan bog'liq bo'lgan har qanday harakatlarlarning maqbulligi sahifaga kiruvchilarni ularga nisbatan aks harakatlariga va bu harakatlar ko'zlangan maqsadga yetishga qanchalik xizmat qilishiga ko'ra baxolanmog'i lozim.
              Maqsadlar belgilab va foydalanuvchilar kategoriyalari aniqlab olingandan keyin tayorlangan ma'lumotlarni Web-dokumentlar bo'yicha taqsimlab olish, ular orasidagi bog'liqliklarni o'ylab ko'rish va qo'shimcha navigatsion imkoniyatlarni, masalan, Web-bo'g'im bo'yicha qidiruv sistemasini ko'rib chiqish kerak.
              Firma Web-bo'g'imining tipik tuzilishi odatda quyidagicha tasvirlanadi:
              Kompaniya to'g'risida ma'lumot. Firmaning maqsadlari va ish yuritishi usullari, uning tarixi va h. To'g'risida bayon qilish kerak. Klientlar aynan siz bilan, boshqa kompaniyalar bilan emas, hamkorlik qilib qanday foyda olishlarini ko'rsating.
              Maxsulot va xizmatlar yuzasidan ma'lumot. Web-sahifaga o'zingizning maxsulotingizning rasmlarini yoki fotorasmlarini joylashtiring. Uning xususiyatlari va ustunliklarini bayon qiling va undan foydalanishga misollar keltiring. Agar maxsulotning qog'ozdagi katalogi mavjud bo'lsa, u holda uning mazmunini va strukturasini Web-bo'g'inga joylashtirish mumkin. Bu katalogning elektron variantini yaratish va yangilab turishini yengillashtiradi. Agar maxsulotga yoki xizmatlarga Internet orqali buyurtmalar qabul qilish rejalashtirilayotgan bo'lsa, u holda elektron pochta orqali qabul qilish uchun buyurtma blankasini joylashtirish kerak.
              Informatsion qo'llab-quvvatlash. Bu bo'limda qo'shimcha texnik ma'lumotlar, ko'p beriladigan savollar, noto'kisliklarni bartaraf qilish uchun maslaxatlar va hokazolar e'lon qilinadi.
              Yangiliklar. Xaridorlarni firma tomonidan chiqarilayotgan yangi maxsulotlar va ko'rastilayotgan yangi xizmatlar to'g'risida xabardor qilib turing, press- rilizlarni chop qiling va hokazo.
              Teskari aloqa. Siz bilan qanday aloqaga kirishish mumkinligini va qaerda joylashganingiz to'g'risida xabar bering. Izoxlar formasi, mexmonlar kitobi, xaridor o'z fikrlarini jo'natishi uchun elektron pochta adreslari va h. ni joylashtiring.
              Web-bo'g'inni to'ldirishda doimo ikki tamoyilni yodda tutish kerak: o'ziga xoslik va e'lon qilinayotgan materiallarning ishonchliligi.
              O'ziga xoslik mazmunga qo'iladigan eng birinchi talabdir. WWW da shunga o'xshash ko'plab sahifalar bo'lishi mumkin. Sizning Web-bo'g'iningiz shunga o'xshash tematikadagi serverlardan farq qilishi kerak, xech bo'lmaganda diqqatni o'ziga jalb qilish uchun. O'ziga xos materialllarni joylashtirilishi sahifangizga kiruvchilar sonini orttiradi. O'ziga xos ma'lumotlar resursi yaratish uchun printsipial jihatdan yangi narsani yaratish shart emas, mavjud resurslarni boshqacha tartibda joylashtirish mumkin, lekin bunda xaridorga kerakli materialn qidirishda ko'p vaqt sarflashga majbur qilmaslik kerak. Resurslarning o'ziga xosligini zamonaviy qidiruv sistemalari yordamida tekshirib ko'rish mumkin. Obro' jihatdan kelsak, u siz ma'lumotlarni qanchalik sinchiklab tanlashingiz, tekshiringiz va o'z vaqtida yangilab turishingizga bog'liq bo'ladi.
              Web- bo'g'imni yaratishda shu narsani esda tutish kerakki, uni tashkil qiluvchi alohida dokumentlar bir xil bezash usuli va navigatsion vositalar bilan birlashtirilishi kerak. Yagona bezash usuli - bu professional Web-bo'g'inni havaskor Web-bo'g'inlardan farqlovchi ko'rsatkichlardan biridir. Bir xil ko'rinishda qilinga dokumentlar tufayli foydalanuvchilar sizning Web-bo'g'imizni boshqalardan ajrata olishadi va eslab qolishadi. Bu dokumentlar xuddi ikki tomchi suvdek bir-biriga o'xshashi kerakligini bildirmaydi, lekin umumiy g'oya, yagona usul doimo bo'lishi kerak.
              Shu narsa sahifalar bo'ylab navigatsion vositalarga ham tegishli. Web- bo'g'inga kiruvchi uni xuddi siz kabi yaxshi biladi deb o'ylamaslik kerak. U hozir o'zining qaerda turganligini va boshqa hohlagan joyga qanday o'tishi mumkinligini qiyinchiliksiz bila olishi kerak. Birinchi sahifaga, qidiruv dasturiga yoki Web-bo'g'in sxemasiga o'ta olish imkoniyati ko'rib qo'yilishi kerak.
              Bundan tashqari usulning bir xilligi bekash va navigatsiya (ma'lumotlar to'ldirmasdan)ning faqatgina oddiy elementlariga ega shablon- sahifalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ularning yordamida yangi sahifalarni tez va unumli tarzda yaratish va uni yaratishda ishni bir necha kishiga taqsimlash mumkin. Tayyor sahifani olishda shablondan foydalanishda unga faqatgina kerakli ma'lumotlarni kiritiladi. Ketma-ketlilik, mantiqiylik, doimiylik - yaxshi Web- bo'g'in uchun kerak bo'ladigan xususiyatlar. HTML 4.0 da paydo bo'lgan usullarning kaskadli jadvallari sizning Web-bo'g'iningiz stilini hosil qilish va o'zgartirish bo'yicha qilinadiga ishlarni anchagina soddalashtiradi. Ularning bazi bir imkoniyatlari to'g'risida quyida hikoya qilinadi, alohida bo'lim esa ulaga bag'ishlanadi.
              Maqsadlar aniqlanib, struktura berilgan va matnli va grafik ma'lumotlar yig'ilgandan keyin Web-bo'imning tashqi ko'rinishini ishlab chiqish kerak. U yana erishish kerak bo'lgan maqsadlarga ham bog'liq bo'ladi. Mumkin bo'lgan yechimlar cpektri juda keng: mavjud sahifalarni ko'rish va unga o'xshashlarini yaratishdan tortib profissional dizayner va rassomlarga murojaat qilishgacha. Shu bilan bir vaqtda Web-bo'g'in tashkil topgan Web-dokumentlarni qurishning o'rnashib ulgurgan qoidalarini ham yodda tutish kerak.
              Struktura. Bugungi kunda dokument strukturasi to'grisidagi qarashlar qat'iylashdi. Web-dokument o'zida quyidagi bo'limlarga ega bo'lishi kerak: sarlavha, kompaniya nomi, navigatsion panel, hususiy mazmun, kontakt ma'lumotlari, yangilanish sanasi va vaqti, mualliflik xuquqi va dokument statusi.
              Logotip. Web-sahifani yaratishda firmaning nomi doimo ekranda bo'lishi to'g'risida qayg'urish kerak. Buning uchun har bir Web-dokumentning boshida odatda chiroyli qilib bezatilgan firma logotipi joylashtiriladi. Bundan tashqari kompaniya nomi barcha dokumentlarga kiruvchi ma'lumotlarda ham bo'lishi kerak.
              Navigatsion panel. Web-dokumentdagi eng muhim bo'limlardan biri bu navigatsion panel yoki boshqaruv panelidir. WWW undagi gipermatnli o'tishlar e'lon qilinayotgan metriallar orasida bog'lanishlarni yuzaga keltirganligi hisobiga butub dunyoni egalladi. Lekin xuddi shu o'tishlar to'la xaos havfini ham yuzaga keltiradi, zanjir bo'ylab uch-to'rtta dokumentni o'gandan keyin, orqaga qaytolmay qolasiz. Sizning web-bo'g'iningiz aniq va intuitive tushunarli navigatsion yo'nalishlar bilan ta'minlashi kerak.
              Ko'plab o'tkazilgan izlanishlar ko'rsatadiki, Web-serverlarga kiruvchilar juda sabrsizdir va serverdagi ma'lumotlar bo'yicha ikki darajadadan ortiq ichkari kirishni istashmaydi. Shuning uchun katta hajmdagi Web-bo'g'imlarini yaratayotganda har qanday ma'lumot bir-ikki o'tishlardan uzoq jiylashmagan oraliq, odatda birinchi-ikkinchi darajada joylashuvchi dokumentlarni ko'rib chiqish kerak.

              Sizning Web-bo'g'iningizning navigatsion paneli har bir dokumentda bo'lishi kerak. Eng avval unda Web-bo'g'im strukturasidagi qo'shni dokumentlarni ko'rsatuvchi "Oldinga"-"Orqaga" ("Navbatdagi"-"Oldingi") tipidagi yo'naltiruvchi o'tishlar bo'lishi kerak. Yana boshqaruv panelidan Web- bo'g'imning barcha yirik bo'limlari - birinchi darajali bo'limlariga o'tishlar bo'lishi kerak. Va nihoyat foydalanuvchi doimo Web-bo'g'imning asosiy sahifasiga qaytish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. O'tishlardan tashqari mahalliy qidiruv sistemasiga va indeksga bo'lgan yo'lni ko'rsatish kerak


              Mazmun. Eng oldin shuni ta'kidlash kerakki, Web-dokumentlar oddiy gazeta yoki jurnallarga qo'yiladigan talablarga to'la javob berislari kerak: Grammatik va orfografik xatolardan holi bo'lish, berilayotgan materiallarning aniqligi va ishonchliligi va boshqalar. Bundan tashqari Web-dokument qanoatlantirishi kerak bo'lgan ko'plab maxsus talablar paydo bo'ladi.
              Ko'pincha dokumentning o'chamlari to'g'risida savol tug'iladi: qanday sondagi sahifalar yetarli bo'ladi? Javob birinchi qaraganda g'alati tuyulishi mumkin: bitta ekranli oyna yoki xech qanday chegara qo'ilmaydi. Ko'plab izlanishlar shuni ko'rsatadiki, foydalanuvchilar brauzerning yugurdakli polosasi bilan ishlashni yoqtitishmaydi. Ularga hammasidan ko'proq bitta ekranga sig'adigan sahifa yoqadi. Haqiqatdan ham siz xech qachon foydalanuvchiga bitta sahifaga joylashtirib yozilgandan ko'proq ma'lumot bera olmaysiz. Agar bitta sahifaga sig'dira olmasangiz, u holda yan bitta dokument yarating.
              Bir ekranli sahifa ma'lumotlarni tasvirlash uchun mos o'lchov bo'lib chiqdi. Agar dokumentning o'lchami bitta sahifadan o'tib ketsa, ko'pchilik hollarda u har biri bitta sahifadan ortiq joy egallamaydigan bir nechta mantiqiy bo'laklarga bo'linishi mumkin. Agar ma'lumotni mantiqiy qismlarga bo'lishning iloji bo'lmasa, bayon qilish usulini, ba'zan esa materialni o'zini ham qayta ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Hozirgi vaqtda Web-serverni bir ekranli dokumentlar asosida qurish kerak degan umumiy fikr hosil bo'lgan. Bu qoidadan ikki holdagina chekiniladi. U WWWda e'lon qilinayotgan maqolalarga qo'llanilmaydi va ikkinchi hol- bo'lsih mumkin bo'lmagan anketa formalari.
              Grafika. Web-sahifani ishlab chiqishda grafik va matnli materiallarning optimal nisbatini diqqat bilan tanlash kerak. Bitta yahshi rasm ming qator metnning o'rnini olishi mumkin, lekin u tarmoqda ming marta yzoqroq yuklanadi ham. Shuning uchun grafikadan extiyot bo'lib foydalanish kerak. Shu narsadan kelib chiqish mumkinki, sahifadagi grafika Web-ustasi xohlagandan ko'ra ozroq bo'lishi kerak. Foydalanuvchilarda sabr yetishmasligi mumkin va ular dokumentni to'la ochilmasidan turiboq yopib yuborishadi. Sismtema javobining kechikishi foydalanuvchining g'ashini keltiradi. Hozir Internetning kanallar infrastrukturasi ishlash qanchalik og'irligini hamma yaxshi tushunadi. Shuning uchun kechikish vaqti sutka vaqtiga qarab 15-60 sekundgacha o'zgarib turadi. Endi tasavvur qiling, klientda faqat 19200 bit/s uchun modem bo'lsin. Bundan oshig'iga Rossiya telefon liniyalarida erishish qiyin. U holda bir minut ichida, yani klientning sabri tugaguncha, faqatgina 170 Kbayt ma'lumot uzatish mumkin. Shundan kelib chiqib, dokument o'lchami bundan katta bo'lmasligi lozim.
              Shuni ta'kidlash kerakki, boshqaruv paneli, firma nomi va logotipi odatda grafik elementlar shaklida bajariladi. Maketini yasagandan keyin HTML va WWW ning samonaviy texnologiyalari tomonidan tavsiya qilinadigan boshqa vositalar yordamida amalga oshirishni boshlash mumkin.
              Web-bo'g'imni yaratib bo'lib, uni Internetga joylashtirish kerak. Bu yerda ikkita variant bo'lishi mumkin: birinchisi - Web-server va Web-bo'g'im bilan birga ofisingizda turgan kompyuterdan foydalanish va ajratilgan yoki kommutirli liniya bo'yicha Internetga ulanish; ikkinchisi - Web-bo'g'imni joylashda maxsus tashkilotlar xizmatidan foydalanish.
              Ikkinchi variantni ko'rib chiqamiz. Web-sahifaga kirishni ta'minlovchi providerni to'g'ri tanlash sizning klientlaringizga maksimal qulaylik bilan ma'lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Web-server tomonidan maxsus imkoniyatlar berilishi Web-bo'g'imni ishlab chiqishni engillashtiriladi.
              Sizning Web-bo'g'imingizni o'z serveriga joylashtiradigan provayderni tanlashda nimaga e'tibor berish zarur?
              Kanalning o'tkazish qobiliyati. Sizning xaridorlaringiz sahifani yuklanishini ko'p kutib qolmasliklari uchun provayder sekundiga 1-2 Mbit tartibidagi ishonchli yuqori tezlikdagi aloqaga ega bo'lishi kerak.
              Server tomonidan SSI (Server Side Includes, server tomonidan qo'ilma) provayderini qo'llab-quvvatlash. SSI dan foydalanish Web serverga foydalanuvchiga jo'natilayotgan HTML-dokumentga kichik hajmli dinamik ma'lumotlarni bevosita qo'shish imkoniyatini beradi. So'ralgan HTML-sahifa SSI elementlarini qidirib, "ko'rib chiqiladi". Bunday elementni topsa, server talab qilingan dinamik ma'lumotni qo'shadi. SSI yordamida bir faylni ikkinchisining ichiga joylashtirish, CGI-stsenariyalarni bajarishi va boshqa ma'lumotlarni uzatishi mumkin. SSI ning qanday funktsiyalari provayder serveri tomonidan qo'llanishini aniqlash lozim.
              Provayder serveri tomonidan CGI-stsenariyalarini qo'llab- quvvatlanishi. CGI (Common Gateway Interface, umumiy shlyuzli interfeys) — Web-serverga ixtiyoriy amaliy dasturlarni bajarishga imkon beruvchi spetsifikatsiya. Bunday dasturlarning (stsenariya yoki "skriptlar") ishlashi natijasida HTML-dokumentlar yaratiladi. CGI-stsenariyalar yordamida foydalanuvchidan ma'lumotlar qabul qilinishi, Web-sahifalarda muloqotni tashkil qilish, ma'lumotlar bazalariga so'rovlar qilish kabilarni amalga oshirish mumkin. CGI-stsenariyalarini istalgan keng tarqalgan dasturlash tillari: Perl, Basic, C, C++, Pascal va boshqalar yordamida yaratish mumkin.
              O'z vaqtida qayta kodlashtirishning qo'llab-quvvatlanishi. Afsuski, turli xil platformalar(Windows, Mac, Unix va boshqalar)da Internetda ishlaganda rus tili uchun turli xil kodlashtirishlar qabul qilingan. Foydalanuvchiga sahifalarni ko'rish oson bo'lishi uchun provayder Web-serveri tushayapgan talabga binoan dokumentni avtomatik tarzda qayta kodlashtira olishi kerak. Aks holda yoki sizning Web-bo'g'imingiz ayrim- kiruvchilar uchun o'qib bo'lmaydiga bo'lib qoladi, yoki Web-bo'g'imning bir nechta nusxalarini - har bir kodlash usuli uchun bittadan- tayorlash kerak bo'ladi.
              Sahifani yangilab turish usuli. Odatda sahifalar FTP (File Transfer Protocol, Fayllarni uzatish protokoli) protokoli bo'yicha yangilab turiladi. Ayrim FTP- klientlar provayder kompyuteridagi fayllar bilan xuddi o'zining kompyuteridagi fayllar singari ishlash imkoniyatini beradi, yani nusxa olish, o'chirish, qayta nomlash va hokazo.
              Odatda Web-bo'g'inni joylashtirish xizmatini provayder ozgina to'lov evaziga yoki butunlay bepul amalga oshiradi.
              Web-bo'g'in ostida elektron pochta adresi va boshqa xizmatlar bilan joy ajratadigan xizmatlar mavjud. Qoidaga binoan bunday "bepul" joylashtirishning sharti bu reklama uchun sizning sahifangizdan joy olishdir. Undan tashqari sizning fayllaringizning o'lchamlariga chegaralar qo'yiladi.
              Grafik dizayn.
              Bu yerda biz dizayn haqida gapiramiz. Rasm chizish yoki kompozitsiyalar qila olish to'g'risida emas - buning uchun qobiliyat va ta'bning o'zi yetarli. Va bundan tashqari ko'gina foydalanuvchilar Photoshop yoki CorelDRAWni ozgina o'ragnib olib, o'zalarini dizayner deb hosoblasalarda, biz xech qanday grafik paket bilan ishlash xususiyatlari to'g'risida gapirmaymiz. Dizayn to'g'risida huddai fan singari gapiramiz. Yana aniq, aksioma va qoidalar yordamida tuzilgan, adashishlar va kashfiyotlar qilingan fan singari.
              Siz faqat shu bobni o'qibgina dizayner bo'lmaysiz. Lekin biz o'laymizki, sizlar asosiy narsani tushunasiz: agar biror narsa yaxshi qilingan bo'lsa, u ob'ektiv sabablarga ko'ra yaxshi qilingan va boshqa savol, yaratuvchi bu narsaga nimani hisobiga erishdi - o'z qobiliyati yoki nazariy bilimlari hisobiga.
              Biz o'quvchi shu narsani tushunishini hoxlaymiz: rassomlik qobiliyatiga ega bo'masdan turib ham dizayner bo'lish mumkin. Lekin buning uchun inson "nima yaxshiyu nima yomon"ligini aniqlaydigan qoidani juda yaxshi tushunib olish kerak.
              Biz o'lcham, shakl, tekstura rangi, joylashishi va shrift kabi tushunchalar to'g'risida fikr yuritamiz. Yana kompozitsiya masalasiga ham tegib o'tamiz. Shakllantirishga urinib ko'raylik, tanlash, ayniqsa tanlashdan voz kechish nimaga asoslanadi. O'zingiz tushunasiz, ko'pincha variantlar juda ko'p buladi, yaxshilari esa sanoqli. Biz boshlovchi dizaynerlar yo'l qo'yadigan asosiy hatolarni va ularning kattaroq hamkasblarida bo'ladigan adashishlarni aks ettirishga harakat qilamiz.
              Lekin bu dizaynga soddalshtirilgan qarash xolos. Agar bu sizga qiziqarli ko'rinsa, dizaynning asosiy savoli - "qanday qilib chiroyli qilish mumkin"ga bundan ko'ra yaxshiroq javob bera oladigan ko'plab kitoblar mavjud.
              O'lcham. Olcham nimaligi hammamizga u yokibu darajada yaxshi ma'lum - maktab davrlarida geometriya bu to'g'rida aniq ta'rif bergan. Lekin inson his to'yg'usi uchun o'lcham aniq matematik ifodalangan tushuncha hisoblanmaydi. Maslan agar biz evkaliptning balandligini 100 metrga yaqinligini bilsak, bu bizga unchalik ko'p narsa bermaydi. Lekin agar bu 30-qavatli uyning balandligi ekanligini bilsak, u holda bu daraxtning balandligi to'g'risida aniq tasavvur hosil qila olamiz.







Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin