O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

individual, yakkalik
belgilarini 
tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma‟lum bir guruhiga tegishli bo„lib, 
umumiy belgilar
hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o„zigagina xos 
bo„lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. Shuning 
bilan birga kishilarning ma‟lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va 
shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish 
qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos 
bo„lgan umumiy belgilarga ega. 
Individual va umumiy belgilarning ba‟zilari predmetning mavjud bo„lishi 
uchun zarur bo„lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar 
predmetning 
muhim belgilari
deyiladi. Masalan, davlatning mavjud 


13 
bo„lishi uning o„z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo„lishini 
taqozo etadi. 
Nomuhim belgilar
predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning 
yo„qolishi bilan predmetning tabiati o„zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, 
millatga, jinsga taalluqli bo„lishi individning inson sifatida mavjud bo„lishi 
uchun muhim emas. 
Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim 
bo„lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo„lishimizga 
qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo„lmagan 
belgilar boshqa munosabatda muhim bo„lishi mumkin. Masalan, kishining 
layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo„lsa, inson sifatida 
mavjud bo„lishi uchun muhim emas.
Predmet to„xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo„lganligi uchun, vaqt 
o„tishi bilan uning muhim bo„lgan belgisi nomuhim bo„lgan belgiga yoki, 
aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin. 
Demak, tushunchada predmet o„zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, 
bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo„lishi mumkin. 
Masalan, “Abdulla Qodiriy” tushunchasida predmetning umumiy belgilari 
(inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, 
“O„tgan kunlar” romanining muallifi) ham fikr qilinadi. 
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida 
e‟tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol 
obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o„zimiz yozib 
o„tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to„g„risida tasavvurga ega 
bo„lishimiz mumkin, “umuman qalam”ni idrok qilib bo„lmaydi. Chunki 
tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. 
Qalam tushunchasi o„zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani 
holda, ularning har biriga xos bo„lgan individual belgilarni tashlab 
yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak 
uni to„laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma‟noda u hissiy bilish shakllariga 
nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning 
muhim belgilarini in‟ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish 
shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to„laroq ifoda etadi. 
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o„laroq, inson miyasida 
to„g„ridan-to„g„ri aks etmaydi. U ma‟lum bir mantiqiy usullardan 
foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, 
abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat. 


14 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin