27
Inkor hukmlar
da,
aksincha, belgi, xossa, xususiyatning predmetga
yoki hodisaga xos emasligi ko„rsatiladi. Inkor “emas”, “yo„q”, “ma”
yuklamalari orqali ifodalanadi. “Matematika ijtimoiy fan emas”, “Bu
odamda vijdon yo„q” – inkor hukmlardir.
Miqdoriga ko‘ra
oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz‟iy hukmlarga
bo„linadi. Bunda subyektda ifodalangan predmetlarning soni, ya‟ni uning
hajmidan kelib chiqiladi.
Yakka hukm
larda birorta belgining alohida bir predmet yoki hodisaga
xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: “O„zbekiston
Respublikasi mustaqil davlatdir”, “Axmedov injener emas”. Yakka hukm
tasdiq shaklida “S – P dir”, inkor shaklida “S – P emas” formulalari orqali
ifodalanadi.
Juz‟iy hukm
larda birorta belgining predmetlar to„plamining bir qismiga
xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: “Ba‟zi talabalar
ingliz tilida yaxshi so„zlasha oladi”, “Ayrim fikrlarda aniqlik yo„q”. Juz‟iy
hukmlar tasdiq shaklida “Ba‟zi S – P dir”, inkor shaklida “Ba‟zi S – P
emas” formulalari orqali ifodalanadi.
Umumiy hukm
larda birorta belgining predmetlar sinfining hammasiga
yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr
bayon qilinadi. Masalan: “Har bir inson baxtli bo„lishni xohlaydi” va
“Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi”. Umumiy hukmlar
tasdiq shaklida “Hamma S – P dir”, inkor shaklida “Hech bir S – P emas”
formulalari orqali ifodalanadi.
Dunyodagi narsa va hodisalar miqdor va sifat jihatidan birlikni tashkil
etadi. Ana shu narsa va hodisalarning in‟ikosi bo„lgan fikrlarimiz ham sifat
va miqdor jihatdan birlikni ifodalaydi. Hukmlarni miqdor va sifat jihatidan
birlashtirganimizda quyidagi to„rt xil hukm hosil bo„ladi:
1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o„zida
ham umumiy,
ham tasdiq bo„lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hamma talabalar mantiq
ilmini o„rganadilar”. Bu hukmlar lotincha “Affirmo” – “tasdiqlayman”
so„zining birinchi unli harfi A harfi bilan belgilanadi va “Hamma S – P
dir” formulasi orqali ifodalanadi.
2. Juz‟iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o„zida ham juz‟iy, ham tasdiq
bo„lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Ba‟zi talabalar mas‟uliyatli”. U
lotincha “Affirmo” so„zining ikkinchi unli harfi I harfi bilan belgilanadi va
“Ba‟zi S – P dir” formulasi orqali ifodalanadi.
3. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o„zida ham umumiy, ham
inkor bo„lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hech bir ishbilarmon rejasiz ish
yuritmaydi”. Bu hukm lotincha “Nego” – “inkor qilaman” so„zining
28
birinchi unli harfi E harfi bilan belgilanadi va “Hech bir S – P emas”
formulasi orqali ifodalanadi
4. Juz‟iy inkor hukmlar bir vaqtning o„zida ham juz‟iy,
ham inkor
bo„lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Ba‟zi talabalar sport bilan
shug„ullanmaydilar”. Bu hukm lotincha “Nego” so„zining ikkinchi unli
harfi O harfi bilan belgilanadi va “Ba‟zi S – P emas” formulasi bilan
ifodalanadi.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo„ladi:
1. A – umumiy tasdiq hukmlarning sub‟ekti hamma vaqt to„liq
hajmda
olingan bo„ladi. Predikati esa ba‟zan to„liq, ba‟zan to„liqsiz hajmda
bo„ladi. Masalan: “Hamma insonlar tirik mavjudotdir”.
Bu hukmning subyekti – “Inson”, predikati – “tirik mavjudot”
tushunchasidir, “Hamma” – umumiylik kvantori. Bu hukmning subyekti
to„liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to„g„risida fikr
bildirilgan va bu tushuncha “tirik mavjudot” tushunchasining hajmiga
to„liq kirishadi. Uning predikati to„liq
hajmda olinmagan, chunki unda
tirik mavjudotlarning bir qismi – insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning
doiraviy sxemasi quyidagicha: (1-rasm).
1-rasm 2-rasm
Umumiy tasdiq hukmlarning ba‟zilarida S ham, R ham to„la hajmda
bo„lishi mumkin. Masalan, “Hamma musulmonlar Islom diniga e‟tiqod
qiladilar” (2-rasm).
2. I – Juz‟iy tasdiq hukmlarning subyekti hamma vaqt to„liqsiz hajmda
olinadi, predikati esa ba‟zan to„liq, ba‟zan to„liqsiz hajmda bo„ladi.
Masalan: “Ba‟zi talabalar ingliz tilini biladi”
hukmining terminlari
quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba‟zi – mavjudlik
kvantori. Bu hukmda S ham, R ham to„liqsiz hajmda olingan bo„lib, har
ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (3-rasm).
3-rasm
Yana bir misolni ko„ramiz: “Ba‟zi vrachlar xirurgdir”. Bu hukmda S –
vrachlar, R – xirurglar, ba‟zi – mavjudlik kvantoridir. Hukmda subyekt
S P
S
P
S
P
29
to„liq hajmda olinmagan, chunki unda ba‟zi
vrachlar haqida fikr
bildirilgan, predikat esa to„liq hajmda olingan, chunki xirurglarning
hammasi vrachdir. Predikatning hajmi sub‟ektning hajmiga kirgani uchun
u to„liq hajmda olingan bo„ladi (4-rasm).
4-rasm.
3. E – umumiy inkor hukmlarning sub‟ekti ham, predikati ham to„liq
hajmda olingan bo„ladi. Masalan, “Hech bir dindor e‟tiqodsiz emas”. Bu
hukmda S – dindorlarni, P – e‟tiqodsizlarni
ifodalaydi, hech bir –
umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno
qiladi (5-rasm).
5-rasm
4. O – Juz‟iy inkor hukmlarning sub‟ekti hamma vaqt to„liqsiz hajmda,
predikati esa to„liq hajmda olinadi. Masalan, “Ba‟zi yoshlar hunarmand
emas”. Bu hukmning terminlari S – yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba‟zi
– mavjudlik kvantori. Hukmning sub‟ekti to„liq hajmda olinmagan, unda
yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa
to„liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr
bildirilgan (6-rasm).
6-rasm
Yuqoridagi fikrlarni
umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy
hukmlarning sub‟ekti hamma vaqt to„liq hajmda, juz‟iy hukmlarning
sub‟ekti to„liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt
to„liq hajmda bo„ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R
S bo„lgandagina
to„liq hajmda bo„ladi, boshqa hollarda esa to„liqsiz hajmda olinadi.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmini quyidagi sxema orqali yaqqol
ifodalash mumkin. Bunda “+” – to„liq hajmni, “–” to„liqsiz
hajmni
bildiradi.
S
P
S
P
P
S
30
Hukm turlari
B
elgi
si
Hukmning formulasi
Terminlar
hajmi
Terminlar
munosabati
Formal mantiqda
S
P
Umumiy tasdiq
hukm
A
Hamma S – P
S a P
+
S
P
Umumiy inkor
hukm
E
Hech bir S – P emas
S e P
+
+
S
P
Juz‟iy tasdiq
hukm
I
Ba‟zi S – R
S i P
-
S
P
Juz‟iy inkor
hukm
O
Ba‟zi S – P emas
S o R
-
+
S
P
Sodda hukm doirasiga kiruvchi
Dostları ilə paylaş: