O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Tasdiq hukmlar
da biron bir belgi, xossa, xususiyatning predmet yoki 
hodisaga xosligi tasdiqlab aytiladi. Masalan, “Abdulla Oripov O„zbekiston 
Respublikasi Madhiyasining muallifidir” – tasdiq hukm.


27 
Inkor hukmlar
da, aksincha, belgi, xossa, xususiyatning predmetga 
yoki hodisaga xos emasligi ko„rsatiladi. Inkor “emas”, “yo„q”, “ma” 
yuklamalari orqali ifodalanadi. “Matematika ijtimoiy fan emas”, “Bu 
odamda vijdon yo„q” – inkor hukmlardir.
Miqdoriga ko‘ra
oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz‟iy hukmlarga 
bo„linadi. Bunda subyektda ifodalangan predmetlarning soni, ya‟ni uning 
hajmidan kelib chiqiladi. 
Yakka hukm
larda birorta belgining alohida bir predmet yoki hodisaga 
xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: “O„zbekiston 
Respublikasi mustaqil davlatdir”, “Axmedov injener emas”. Yakka hukm 
tasdiq shaklida “S – P dir”, inkor shaklida “S – P emas” formulalari orqali 
ifodalanadi. 
Juz‟iy hukm
larda birorta belgining predmetlar to„plamining bir qismiga 
xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: “Ba‟zi talabalar 
ingliz tilida yaxshi so„zlasha oladi”, “Ayrim fikrlarda aniqlik yo„q”. Juz‟iy
hukmlar tasdiq shaklida “Ba‟zi S – P dir”, inkor shaklida “Ba‟zi S – P 
emas” formulalari orqali ifodalanadi.
Umumiy hukm
larda birorta belgining predmetlar sinfining hammasiga 
yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr 
bayon qilinadi. Masalan: “Har bir inson baxtli bo„lishni xohlaydi” va 
“Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi”. Umumiy hukmlar 
tasdiq shaklida “Hamma S – P dir”, inkor shaklida “Hech bir S – P emas” 
formulalari orqali ifodalanadi.
Dunyodagi narsa va hodisalar miqdor va sifat jihatidan birlikni tashkil 
etadi. Ana shu narsa va hodisalarning in‟ikosi bo„lgan fikrlarimiz ham sifat 
va miqdor jihatdan birlikni ifodalaydi. Hukmlarni miqdor va sifat jihatidan 
birlashtirganimizda quyidagi to„rt xil hukm hosil bo„ladi:
1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o„zida ham umumiy
ham tasdiq bo„lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hamma talabalar mantiq 
ilmini o„rganadilar”. Bu hukmlar lotincha “Affirmo” – “tasdiqlayman” 
so„zining birinchi unli harfi A harfi bilan belgilanadi va “Hamma S – P 
dir” formulasi orqali ifodalanadi. 
2. Juz‟iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o„zida ham juz‟iy, ham tasdiq 
bo„lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Ba‟zi talabalar mas‟uliyatli”. U 
lotincha “Affirmo” so„zining ikkinchi unli harfi I harfi bilan belgilanadi va 
“Ba‟zi S – P dir” formulasi orqali ifodalanadi. 
3. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o„zida ham umumiy, ham 
inkor bo„lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hech bir ishbilarmon rejasiz ish 
yuritmaydi”. Bu hukm lotincha “Nego” – “inkor qilaman” so„zining 


28 
birinchi unli harfi E harfi bilan belgilanadi va “Hech bir S – P emas” 
formulasi orqali ifodalanadi 
4. Juz‟iy inkor hukmlar bir vaqtning o„zida ham juz‟iy, ham inkor 
bo„lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Ba‟zi talabalar sport bilan 
shug„ullanmaydilar”. Bu hukm lotincha “Nego” so„zining ikkinchi unli 
harfi O harfi bilan belgilanadi va “Ba‟zi S – P emas” formulasi bilan 
ifodalanadi. 
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo„ladi: 
1. A – umumiy tasdiq hukmlarning sub‟ekti hamma vaqt to„liq hajmda 
olingan bo„ladi. Predikati esa ba‟zan to„liq, ba‟zan to„liqsiz hajmda 
bo„ladi. Masalan: “Hamma insonlar tirik mavjudotdir”. 
Bu hukmning subyekti – “Inson”, predikati – “tirik mavjudot” 
tushunchasidir, “Hamma” – umumiylik kvantori. Bu hukmning subyekti 
to„liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to„g„risida fikr 
bildirilgan va bu tushuncha “tirik mavjudot” tushunchasining hajmiga 
to„liq kirishadi. Uning predikati to„liq hajmda olinmagan, chunki unda 
tirik mavjudotlarning bir qismi – insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning 
doiraviy sxemasi quyidagicha: (1-rasm). 
1-rasm 2-rasm 
Umumiy tasdiq hukmlarning ba‟zilarida S ham, R ham to„la hajmda 
bo„lishi mumkin. Masalan, “Hamma musulmonlar Islom diniga e‟tiqod 
qiladilar” (2-rasm). 
2. I – Juz‟iy tasdiq hukmlarning subyekti hamma vaqt to„liqsiz hajmda 
olinadi, predikati esa ba‟zan to„liq, ba‟zan to„liqsiz hajmda bo„ladi. 
Masalan: “Ba‟zi talabalar ingliz tilini biladi” hukmining terminlari 
quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba‟zi – mavjudlik 
kvantori. Bu hukmda S ham, R ham to„liqsiz hajmda olingan bo„lib, har 
ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (3-rasm). 
3-rasm 
Yana bir misolni ko„ramiz: “Ba‟zi vrachlar xirurgdir”. Bu hukmda S – 
vrachlar, R – xirurglar, ba‟zi – mavjudlik kvantoridir. Hukmda subyekt 
S P 






29 
to„liq hajmda olinmagan, chunki unda ba‟zi vrachlar haqida fikr 
bildirilgan, predikat esa to„liq hajmda olingan, chunki xirurglarning 
hammasi vrachdir. Predikatning hajmi sub‟ektning hajmiga kirgani uchun 
u to„liq hajmda olingan bo„ladi (4-rasm). 
4-rasm. 
3. E – umumiy inkor hukmlarning sub‟ekti ham, predikati ham to„liq 
hajmda olingan bo„ladi. Masalan, “Hech bir dindor e‟tiqodsiz emas”. Bu 
hukmda S – dindorlarni, P – e‟tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – 
umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno 
qiladi (5-rasm). 
5-rasm 
4. O – Juz‟iy inkor hukmlarning sub‟ekti hamma vaqt to„liqsiz hajmda, 
predikati esa to„liq hajmda olinadi. Masalan, “Ba‟zi yoshlar hunarmand 
emas”. Bu hukmning terminlari S – yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba‟zi 
– mavjudlik kvantori. Hukmning sub‟ekti to„liq hajmda olinmagan, unda 
yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa 
to„liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr 
bildirilgan (6-rasm). 
6-rasm 
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy 
hukmlarning sub‟ekti hamma vaqt to„liq hajmda, juz‟iy hukmlarning 
sub‟ekti to„liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt 
to„liq hajmda bo„ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R 

S bo„lgandagina 
to„liq hajmda bo„ladi, boshqa hollarda esa to„liqsiz hajmda olinadi. 
Oddiy hukmlarda terminlar hajmini quyidagi sxema orqali yaqqol 
ifodalash mumkin. Bunda “+” – to„liq hajmni, “–” to„liqsiz hajmni 
bildiradi. 








30 
Hukm turlari 
B
elgi
si
Hukmning formulasi 
Terminlar 
hajmi 
Terminlar 
munosabati 
Formal mantiqda 


Umumiy tasdiq 
hukm 

Hamma S – P 
S a P 


S


Umumiy inkor 
hukm 

Hech bir S – P emas 
S e P 


S


Juz‟iy tasdiq 
hukm 

Ba‟zi S – R 
S i P 


S


Juz‟iy inkor 
hukm 

Ba‟zi S – P emas 
S o R 


S


Sodda hukm doirasiga kiruvchi

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin