3
KIRISH
Hozirgi
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy munosabatlarning rivojini
tahlil qilish, undan amaliy hayotimiz uchun kerakli xulosalarni chiqarish
ehtiyoji kishilarda mantiqiy fikr yuritish madaniyatining
yetarli darajada
yuqori bo„lishini taqozo etadi. Bunga erishishning samarali vositalaridan biri
mantiqning qonun-qoidalarini atroflicha o„rganish va uning yordamida
mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirishdir. Bu esa o„z navbatida ulug„
mutafakkirlarimiz rivojlanishiga katta hissa qo„shgan
mantiq ilmining
erishgan natijalarini hisobga olgan holda yangi qo„llanmalar yaratish
zarurligini keltirib chiqaradi.
Ma‟lumki, mantiq fani qiyin fanlar qatoriga kiradi. Shu boisdan ham uni
muvaffaqiyatli o„zlashtirishning birdan-bir yo„li olingan nazariy bilimlarni
amaliy mashg„ulotlar bilan mustahkamlashdir. Ushbu o„quv-uslubiy
qo„llanma ana shu maqsadga xizmat qiladi.
Unda har bir mavzudan keyin
uning tayanch tushunchalari, takrorlash uchun savollar,
mantiqiy mashqlar,
topshiriqlar, mavzu bo„yicha testlar berilgan. Berilgan mantiqiy mashqlar,
topshiriqlar talabalarga mavzu bo„yicha bilimlarini mustahkamlashda,
kengroq
va chuqurroq fikrlashda, bilimlardan to„g„ri xulosalar chiqarishda
yordam beradi. O„quv-uslubiy qo„llanmada yana amaliy mashg„ulot rejalari,
mustaqil ish mavzulari, glossariylar, adabiyotlar ro„yxati ham keltirilgan.
Matnlarda keltirilgan misollar ilmiy bilish
va hayotimizning turli xil
sohalariga tegishli bo„lib, talabalarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat
qiladi.
Hozirgi zamon mantiq fani kishilar dunyoqarashiga ko„proq ta‟sir
qilmoqda. Chunki u nazariyagina emas, balki g„oyat muhim amaliy
ahamiyatga ham ega bo„lgan qiziqarli fandir.
Dostları ilə paylaş: