4
Fanning o„qitish shakllari bo„yicha mavzu rejasi
1-mavzu.
MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY
QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
1.
Mantiq ilmining predmeti
2.
Mantiqning asosiy qonunlari
3.
Tushuncha. Tushunchaning turlari
4.
Tushunchalar bilan olib boriladigan mantiqiy amallar
Tayanch so„zlar:
Mantiq, logika, formal logika, tafakkur shakllari,
mantiqiy qonunlar, tushuncha, tushunchaning mazmuni, tushunchaning
hajmi, “teskari nisbat” qonuni, tushunchaning turlari, mantiqiy amallar.
1.
Mantiq ilmining predmeti
Mantiq – (grek. logos – so„z, fikr, nutq, aql) tafakkur qonunlari va
shakllari haqidagi fan. Mantiq (logika) eng qadimgi fanlardan biri bo„lib,
uning asoschisi yunon faylasufi Aristoteldir. “Logos atamasi grek tilida
“fikr”, “so„z”, “aql”, “nutq”, “qonuniyat” kabi ma‟nolarni ifodalaydi.
“Mantiq” atamasi logika terminiga ekvivalent hisoblanadi.
Mantiq ilmi qadimgi fanlardan biri bo„lib, asrlar davomida G„arb va
Sharqning ta‟lim tizimida o„rganilishi zarur bo„lgan fanlardan biri bo„lib
№
Mavzular
O„qitish shakllari bo„yicha
ajratilgan soat
Umumi
y
yuklama
Auditoriya
mashg„ulotlari
(soatlarda)
M
u
staqil
is
h
Ja
mi
M
a‟
ruz
a
S
emi
na
r
1-Modul
1. Mantiq ilmining predmeti, asosiy
qonunlari.
Tushuncha
tafakkur
shakli sifatida
8
4
2
2
4
2. Hukm. Xulosa chiqarish
8
4
2
2
4
3. Argumentlash
va
bilimlar
taraqqiyotining mantiqiy shakllari
8
4
2
2
4
5
kelgan. Mantiq ilmini o„rganish insonga olamni bilish, bilimlarini
ko„paytirish, atrofdagi odamlar bilan muloqotni to„g„ri tashkil qilish uchun
xizmat qiladi.
Mantiq ilmi hamma vaqt umuman barcha bilimlarni, shu jumladan
falsafiy bilimlarni o„rganishning ham zaruriy sharti hisoblangan.
Fikrimizni dalillash uchun buyuk mantiqshunos olim Abu Nasr
Forobiyning “Falsafani o„rganishdan oldin nimani bilish kerakligi
to„g„risida” risolasiga murojaat qilamiz. Forobiy bu asarida shunday deb
yozadi: “...falsafani o„rganishdan avval...xato va adashishdan saqlovchi,
haqiqat yo„lini tushunib olishga boshlovchi notiq (so„zlovchi) nafsini
tozalash zarur. Bu esa isbotlash to„g„risidagi ilm (mantiq ilmi) bilan
shug„ullanish natijasida qo„lga kiritiladi”
1
Ibn Sino ham Forobiy kabi falsafiy masalalarni o„rganish uchun inson
avvalo hukmlarning chin yoki xato bo„lish shartlarini, ya‟ni mantiqning
qonun-qoidalarini bilishi kerak degan qat‟iy fikrda bo„lgan. Mutafakkirning
qaysi bir asarini olib qaramaylik, unda mantiq masalalari metafizika
(falsafa)dan avval bayon qilingan.
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy esa shunday deb yozadi: “Inson
nutqqa ega bo„lgan va o„zining muxoliflari bilan dunyoviy va oxirat ishlari
haqida bahs-munozara yuritganligi sababli o„z so„zlarida “mezonga”
muhtoj bo„ldi. Gap o„z zoti bilan rostni ham, yolg„onni ham o„z ichiga
olish ehtimoli borligidan mezon yordamida uni izchil tekshirish va shu
yo„sinda uning shubhali yerini tuzatish kerak bo„lgan. Zeroki, bu bilan
mubohasalarda so„zlardan tuzilgan sillogizmlarning kishini adashtiruvchi
yolg„oni ham, haqiqatni ochuvchi rosti ham ayon qilingan. Inson shu
mezonni topdi. Uni mantiq deyiladi.”
2
Mantiq ilmining turli rivojlanish bosqichlarida uning vazifalari
haqidagi tasavvurlar o„zgarib borgan. Masalan, antik davrda mantiqqa
“organon”, ya‟ni bilimlarni asoslash quroli deb qaralgan bo„lsa, o„rta asrlar
Yaqin va O„rta Sharq mantiqshunoslari uni “chin fikrni yolg„ondan ajratib
ko„rsatuvchi tarozu” deb bilganlar. Abu Homid G„azzoliyning mantiqqa
bag„ishlangan asarini “Al-qustas al-mustaqim”, ya‟ni “to„g„ri tarozu” deb
nomlanishi fikrimizni tasdiqlaydi. O„rta asrlar Yevropa mantiqshunoslari
uni “kashfiyotlar qilish usuli” sifatida talqin qilganlar. I.Kant esa mantiqni
“kanon”, ya‟ni fanlarni o„rganish qonunlarini beruvchi fan deb ta‟riflagan.
Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o„rni va unda o„rganadigan masalalar
1
Форобий. Рисолалар. Т.: Фан.,1975. -Б. 23-24.
2
Абу Райхон Беруний. Геодезия. Т., 1982. –Б.64
6
doirasidan kelib chiqib, uni “propedevtika”, ya‟ni boshqa fanlarni
o„rganishga tayyorlovchi fan deb atash mumkin.
Hozirgi paytda mantiq ilmining formal mantiq, dialektik mantiq va
matematik mantiq kabi yo„nalishlarini farq qilish mumkin
Dostları ilə paylaş: |