O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Uchinchi istisno qonuni ziddiyat qonunining mantiqiy davomi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Uchinchi istisno qonuni ziddiyat qonunining mantiqiy davomi 
bo„lib, fikrning to„liq mazmunini qamrab olib bayon qilingan ikki zid 
fikrdan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o„rin yo„q ekanligini 
ifodalaydi
.
Bu qonun “A B yoki B emasdir” formulasi orqali ifodalanadi. 
Uchinchisi istisno qonuni tushunchalar o„rtasidagi zid munosabatlarni 
ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar tushunchaning to„liq mazmunini 
qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi 
ma‟lum bo„lsa, unda uchinchisi istisno qonuni amal qilmaydi. 
Masalan: 
Talaba imtihonda “a‟lo” baho oldi. 
Talaba imtihonda “ikki” baho oldi. 
Bu hukmlar munosabatida ziddiyat qonuni amal qiladi. Chunki bu 
hukmlarning har ikkisi ham xato bo„lishi va talaba imtihonda “o„rta” yoki 
“yaxshi” baho olishi mumkin. 
Agar, “Talaba imtihonda “a‟lo” baho oldi” va “Talaba imtihonda “a‟lo” 
baho olmadi” hukmlarini tahlil qilsak, unda bu hukmlardan biri chin, 
boshqasi xato, uchinchisiga o„rin yo„q ekanligi ma‟lum bo„ladi. Chunki 
“yaxshi”, “o„rta” va “ikki” baholar – “a‟lo” baho emas. 
Uchinchisi istisno qonuni quyidagi holatlarda qo„llaniladi: 
1. Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va munosabat 
doirasida o„zaro zid fikr bildirilganda. Masalan, 
O„zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan. 
O„zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan emas. 
Bu hukmlar birgalikda chin ham, xato ham bo„la olmaydi. Ulardan biri 
chin, ikkinchisi xato, uchinchi hukmga o„rin yo„q.


11 
Uchinchisi istisno qonuni o„zaro zid umumiy hukmlar doirasida amal 
qilmaydi. Chunki umumiy hukmlarda buyumlar sinfiga va shu sinfga 
mansub har bir buyumga nisbatan fikr bildiriladi. 
Masalan: 
Hamma talabalar yoshlar ittifoqi tashkilotiga a‟zodir. 
Hech bir talaba yoshlar ittifoqi tashkilotiga a‟zo emas. 
Bu hukmlardan, birining xatoligidan ikkinchisining chinligi haqida xulosa 
chiqarib bo„lmaydi. Bunday holatda “Ba‟zi talabalar yoshlar ittifoqi 
tashkilotiga a‟zodir” degan uchinchi bir hukm chin hisoblanadi. 
2. Son va sifatiga ko„ra o„zaro zid hukmlar bayon qilinganda, buyum va 
hodisalarning sinfi haqida tasdiqlab bayon qilingan hukm bilan shu sinf 
buyum va hodisalarining bir qismi haqida inkor etib bayon qilingan 
hukmlardan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchisiga o„rin bo„lmaydi. 
Masalan: 
Hamma faylasuflar tabiatshunosdir. 
Ba‟zi faylasuflar tabiatshunos emas. 
Bu ikki hukm bir vaqtda chin ham, xato ham bo„la olmaydi. Ulardan 
biri (Ba‟zi faylasuflar tabiatshunos emas) albatta chin, ikkinchisi xato, 
uchinchi hukmga o„rin yo„q. 
Demak, uchinchisi istisno qonuni: 
1.
Ikki zid yakka hukmlarga nisbatan; 
2.
Umumiy tasdiq va juz‟iy inkor hukmlarga nisbatan; 
3.
Umumiy inkor va juz‟iy tasdiq hukmlarga nisbatan qo„llaniladi. 
Uchinchisi istisno qonunining amal qilishi uchun olingan zid 
munosabatlarni ifodalovchi hukmlardan biri tasdiq, ikkinchisi inkor 
bo„lishi yoki tushunchalardan biri ijobiy va boshqasi salbiy bo„lishi shart 
emas. Olingan ikki tushuncha yoki hukmning bir-birini hajm jihatdan 
to„liq inkor etishi kifoya. Masalan, erkak va ayol tushunchalarining har 
ikkisi ijobiy bo„lib, inson tushunchasining to„liq mazmunini qamrab 
oluvchi zid belgilarni ifodalaydi. 
Uchinchisi istisno qonunida ham, ziddiyat qonunidagi kabi vaqt, 
munosabat, obyekt aynanligiga rioya etish shart, aks holda bu qonun o„z 
kuchini yo„qotadi, fikrning izchilligiga zarar yetadi va mantiqsizlikka yo„l 
qo„yiladi. 
Uchinchisi istisno qonunini bilish muhokama yuritishda to„g„ri xulosa 
chiqarish uchun muhim bo„lib, o„zaro zid qarashlarni aralashtirib 
yuborishga yo„l qo„ymaydi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin