O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Genetik ta‟rifda
aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan 
predmetning kelib chiqishini ko„rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, 
“Suv ikki atom vodorod va bir atom kislorod birikishi natijasida hosil 
bo„lgan kimyoviy birikmadir”, degan ta‟rif genetik ta‟rifga misoldir. Bu 
ta‟rifning mantiqiy strukturasi yaqin jinsi va tur belgisini ko„rsatish orqali 
ta‟riflash bilan bir xildir. 
Ta‟riflash ma‟lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular 
quyidagilardan iborat: 
a) ta‟rif teng hajmli bo„lishi kerak, ya‟ni aniqlanuvchi tushuncha hajmi 
bilan aniqlovchi tushunchalar hajmlari yig„indisi teng bo„lishi kerak;
b) ta‟rif aniq bo„lishi kerak; 
d) ta‟rif aylana shaklida bo„lib qolmasligi kerak. Ta‟rif berishda aniqlovchi 
tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o„ziga 
murojaat etilsa, ta‟rifda aylana hosil bo„ladi. Masalan, “Mantiq to„g„ri fikrlash 
haqidagi fandir” deyilganda ta‟rifda aylana vujudga keladi. Chunki, “To„g„ri 
fikrlash nima?”, degan savolga, “U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan 
holda fikrlashdir”, deb javob berishga to„g„ri keladi, ya‟ni “mantiq” 
tushunchasiga murojaat qilinadi. 
Tavtologiya 
ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo„ladi. Bunda 
aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan 
bo„ladi. Masalan, “Ta‟magir ta‟magirlik qiluvchi kishidir” desak, 
tavtologiyaga yo„l qo„ygan bo„lamiz; 
e) ta‟rif iloji boricha inkor shaklda bo„lmasligi kerak. Aks holda 
predmetga xos bo„lgan belgi o„rniga unda yo„q bo„lgan belgi ko„rsatiladi. 
Masalan, “Ong moddiy emas” degan ta‟rif “ong” tushunchasining 
mazmunini to„liq ochib bera olmaydi. 
 
Bilimlarni sinash uchun savollar: 
1.
Mantiq fani qanday fan? 
2.
Mantiq fani qanday rivojlangan? 
3.
Tafakkur shakllari haqida nimalarni bilasiz? 
4.
Mantiqning qanday qonunlari bor va ularning ahamiyati nimada? 
5.
Formal mantiq bilan dialektik mantiqning farqi nimada? 
6.
Tushuncha qanday mantiqiy usullar yordamida hosil qilinadi? 
7.
Tushunchaning mazmuni va hajmi deganda nimani tushunasiz, ular 
o„rtasida qanday munosabat mavjud? 
8.
Tushunchalar bilan qanday mantiqiy amallar olib boriladi? 


20 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin