Dixotomik bo„lish bo„linuvchi tushunchani o„zaro zid bo„lgan ikkita
tur tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni “dindorlar”
va “dindor emaslarga” ajratsak, dixotomik tarzda bo„lgan bo„lamiz.
Dixotomik bo„lish bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz
bo„linuvchi tushunchaning barcha turlarini ko„rsatib o„tirmasdan,
o„zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo„lgan tushunchaga
birlashtiramiz. Shu bilan birga dixotomik bo„lish ma‟lum bir
kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq
bo„ladi. Undan tashqari dixotomik bo„lishdan faqat bir marta
foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Bo„lish amali
to„g„ri borishi uchun ma‟lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular bo„lish
qoidalari deb ataladi.
a) Bo„lish teng hajmli bo„lishi, ya‟ni bo„lish a‟zolari hajmlarining
yig„indisi bo„linuvchi tushuncha hajmiga teng bo„lishi kerak. Masalan,
“fe‟l zamonlari” tushunchasini “o„tgan zamon fe‟li” va “hozirgi zamon
fe‟li” tushunchalariga ajratsak, xato ro„y beradi. Chunki “kelasi zamon
fe‟li” tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa ortiqcha bo„lish
a‟zosi ko„rsatilgan bo„ladi.
b) Bo„lish bir asos bo„yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha
aytganda, asos qilib olingan belgi bo„lish davomida boshqa belgi bilan
almashtirilmasligi zarur.
d) Bo„lish a‟zolari hajmi bo„yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning
uchun ular birga bo„ysunish munosabatidagi tushunchalar bo„lishi kerak.
Agar “bino” tushunchasini “bir qavatli bino”, “ko„p qavatli bino”,
“osmono„par bino” tushunchalariga bo„lsak, xatoga yo„l qo„ygan bo„lamiz.
Chunki “ko„p qavatli bino” tushunchasi bilan “osmono„par bino”
tushunchasi bir-birini hajmi bo„yicha istisno qilmaydi.
e) Bo„lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda “sakrash” bo„lmasligi
kerak. Masalan, “gap” tushunchasini “oddiy gap”, “ergashgan qo„shma
gap”, “bog„langan qo„shma gap” tushunchalariga ajratsak, bo„lishdagi
izchillik yo„qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo„lish a‟zosi “qo„shma gap”
tushunchasining turlaridir. Demak, “sakrash” hodisasi ro„y bergan.