18
Mantiqda sun‟iy va tabiiy klassifikatsiyalar farq qilinadi. Sun‟iy
klassifikatsiya predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko„ra amalga
oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko„rsatish
mumkin. Tabiiy klassifikatsiyani amalga oshirish uchun bo„lish
asosi qilib
predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u
predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy
bog„lanishlarni aniqlash imkonini beradi. Bunga
Mendeleyevning kimyoviy
elementlar davriy sistemasi, Darvinning jonli tabiat predmetlari
klassifikatsiyasi misol bo„la oladi.
Tushunchalarni ta‟riflash
(definitsiya)
tushunchaning mazmunini
ochib beradigan mantiqiy amaldir. Ta‟rif aniqlanuvchi va aniqlovchi
qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismning mazmuni ochib berilishi
lozim bo„lgan
tushuncha, aniqlovchi
qismni esa aniqlanuvchi
tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi.
Masalan, “Mantiq to„g„ri tafakkur shakllari va qonunlarini o„rganuvchi
falsafiy fandir” degan ta‟rifda “mantiq” aniqlanuvchi qismni, qolganlari
esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Ta‟riflash
bilishda quyidagi asosiy
vazifalarni hal qilishda yordam beradi:
1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko„rsatadi;
2) tushunchani ifoda qiluvchi so„zning (terminning) ma‟nosini ochib
beradi;
3) termin hosil qilishga imkon beradi. Yuqoridagi vazifalardan qaysi
birining hal qilinishiga qarab nominal va real ta‟riflar farq qilinadi.
Nominal ta‟rif
lar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar
yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma‟nosi aniqlanadi.
Masalan, “Mantiq” grekcha “logos” so„zidan olingan bo„lib, tushuncha,
fikr, so„z, qonuniyat kabi ma‟nolarga ega” desak, mantiq tushunchasiga
nominal ta‟rif bergan bo„lamiz. “Til belgilarini o„rganuvchi fan
semiotikadir” degan ta‟rif ham nominal ta‟rifga misoldir.
Real ta‟rif
da predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, “Atom –
moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasidir” degan
ta‟rif real ta‟rifdir.
Real ta‟rif aniq va noaniq ko„rinishlarda bo„lishi mumkin.
Aniq real
ta‟rif predmetlarning muhim belgilarini to„g„ridan-to„g„ri ko„rsatib beradi.
Noaniq real ta‟rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar
orqali ochib beriladi. Masalan, o„qigan parchamizda notanish terminlar
uchrab
qolganda, uning ma‟nosini lug„atdan foydalanmasdan, boshqa
so„zlarning ma‟nosiga qarab aniqlashimiz mumkin.