Taqqoslash yordamida predmetlar o„zaro solishtirilib, ularning
o„xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual
belgilari aniqlanadi. Taqqoslash analizni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni
yaxlit holda solishtirib bo„lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko„ra
taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim.
Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga
ajratilib, har qaysisi alohida o„rganiladi.
Sintez analizga teskari usul bo„lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar,
tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan
iborat. Sintez bo„lmasa predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bo„lmaydi.
Analiz va sintez uzviy bog„liqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan
aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi,
nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa
abstraksiyalash yordamida
amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim
xususiyatlariga ko„ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta
tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati
yaratiladi.
Tushunchalar so„z va so„z birikmalari yordamida ifoda qilinadi.
Masalan “talaba”, “universitet,”, “muhandislik texnologiyalari fakulteti”,
“Toshkent davlat texnika universiteti”. Lekin bundan tushuncha va so„z
aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har
xil tillarda, ba‟zan bir tilda ham turli xil so„zlar bilan ifoda qilinadi.
Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so„z va tushunchaning nisbiy
mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi.
Tushuncha o„zining mazmuni va hajmiga ega.
Tushunchaning mazmuni ni unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig„indisi
tashkil etadi. Masalan, “fan” tushunchasining mazmunini fanning muhim
belgilari, ya‟ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning
birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi obyektiv
chin (haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo„lishi, dunyoqarashning
shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.