12
Uning formulasi: “B to„g„ri, chunki u A asosga ega”. To„g„ri fikrlashga
xos bo„lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash
jarayonida buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina
qolmasdan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bo„lmasligi
uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda chinligi
avvaldan ma‟lum bo„lgan va o„zaro mantiqiy bog„langan hukmlarga
asoslaniladi, ya‟ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma‟lum
bo„lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, hukm bilan taqqoslanadi.
Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonuni orqali ifodalanadi.
Inson tafakkuriga xos bo„lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi
va matematigi G. Leybnits ta‟riflab bergan. Uning ta‟kidlashicha, barcha
mavjud narsalar o„zining mavjudligi uchun yetarli asosga ega.
Yetarli asos qonunida to„g„ri tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri
bo„lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog„lanib kelish
xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko„rib o„tilgan qonunlar bilan
o„zaro bog„liq holda amal qiladi.
Shunday qilib, to„g„ri tafakkurning yuqorida ko„rib o„tilgan
qonunlarining har biri chin bilimga erishish uchun xizmat qiladi. Bu
qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin-ketin emas, balki
bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog„lanishining xarakteriga qarab amal qiladi.
3. Tushuncha. Tushunchaning turlari
Tushuncha
predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks
ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar
deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-
biriga o„xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi.
Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki
bilvosita) aloqada bo„lganligi uchun ko„p belgilarga ega. Ularning ba‟zilari
faqat bitta predmetga xos bo„lgan, uning
Dostları ilə paylaş: