O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Ayniyat qonuni. Bu qonunga ko„ra bir muhokama doirasida



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Ayniyat qonuni. Bu qonunga ko„ra bir muhokama doirasida 
ishlatiladigan har bir tushuncha, termin bir ma‟noda, ya‟ni o„z 



ma‟nosida ishlatilishi shart. Agar fikrlar bir xil hajmga ega bo„lsa, 
aytilgan fikrlar hajm jihatdan o„zgarmay qolsa, aynan fikrlardir.
Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda ularga xos bo„lgan 
barcha muhim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr 
necha marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, 
o„zgarmas va qat‟iy mazmunga ega bo„ladi. Tafakkurga xos bo„lgan bu 
aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi. 
Ayniyat qonuni “A – A dir” (A=A) formulasiga asoslanadi. Masalan, 
“Falsafiy qonunlar” va “Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy 
qonunlari” tushunchalari bir-biriga teng, aynandir. 
Agar fikrlar o„z ma‟nosida ishlatilmasa, u chalkash fikrga olib keladi va 
ayniyat qonuni buziladi.
Masalan, birovni aldab xato gapirgan odam yolg„onchidir. 
Axmedov birovni aldamasdan rost gapirdi 
Demak, u yolg„onchi emas. 
Bu xulosa xato. Chunki bu yerda ayniyat qonuni buzilmoqda. Birinchi 
asosda umuman yolg„on gapiradigan odam to„g„risida gap ketsa, ikkinchi 
asosda shu onda yolg„on gapirmagan odam to„g„risida gap ketadi. 
Ayniyat qonuni simvolik mantiq ilmida, ya‟ni hukmlar mantig„i va 
predikatlar mantig„ida o„ziga xos ko„rinishda ifodalanadi: 
Hukmlar mantig„ida a 

a va a 

a. (Bunda a - har qanday fikrni 
ifodalovchi belgi, 

implikatsiya belgisi, 

ekvivalentlik belgisi). 
Tilda mavjud bo„lgan omonim va sinonim so„zlarning qo„llanishi ham 
ba‟zan turli fikrlarning o„zaro aynanlashtirilishiga, ya‟ni noto„g„ri 
muhokamaga olib keladi. Masalan: falsafiy nuqtayi nazardan “sifat” 
tushunchasi o„ziga xos mazmunga ega bo„lsa, biror hunarmand tomonidan 
bu tushuncha boshqa mazmunda (yaroqli, foydali) qo„llaniladi. 
Bahs-munozara jarayonida qanday qilib bo„lsa ham raqibni aldash va 
yutib chiqish maqsadida ayniyat qonunining talablarini ataylab 
buzuvchilar sofistlar, ularning ta‟limoti esa sofistika deb ataladi. 
Ba‟zan turli ma‟nodagi bir xil so„zlarni mohirlik bilan ishlatish orqali 
ajoyib she‟riy misralar yaratiladi. Sharq adabiyotida “tuyuq” nomi bilan 
ma‟lum bo„lgan bu she‟riy misralar go„zalligi, insonga o„ziga xos zavq 
berishi bilan ajralib turadi. Bunga Fozil Yo„ldosh o„g„lining quyidagi 
misralari misol bo„la oladi: 
Qo„lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, 
Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot, 
Nasihatim yod qilib ol farzandim, 
Yolg„iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. 



Yuqoridagi to„rtlikda “ot” tushunchasining turli ma‟nolarda qo„llanilishi 
ayniyat qonuni talabining buzilishini emas, balki unga rioya qilinganligini 
ifodalaydi. 
Shuningdek, o„zbek xalqiga xos bo„lgan askiya san‟atida ayniyat 
qonunlari ataylab buzilishini, tushunchalarning o„z ma‟nosida emas, balki 
ko„chma ma‟nolarda qo„llanilishini kuzatish mumkin. Bu o„ziga xos so„z 
o„yini bo„lib, unda qo„llaniladigan nozik qochirimlar askiya aytuvchining 
mahoratini ko„rsatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo„ladi. 
Demak, hayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma‟nolarda 
qo„llanilishidan g„arazli yoki beg„araz, yaxshi yoki yomon maqsadlar 
uchun foydalanish mumkinligini ko„ramiz. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin