Xulosa chiqarish ikki va undan ortiq mantiqiy bog„liq hukmlardan
yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat mantiqiy amaldir. Masalan,
har bir kimyoviy element o„z atom og„irligiga ega
Mis – kimyoviy element
Mis o„z atom og„irligiga ega
Tushuncha, hukm va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari,
uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi.
2. Mantiqning asosiy qonunlari Olamdagi narsa va hodisalar harakati o„ziga xos ichki qonunlar asosida
yuzaga keladi. Bu harakatning inson ongidagi in‟ikosi, ya‟ni tafakkur
jarayoni ham o„ziga xos obyektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi.
Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy,
umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiqda esa
qonun tushunchasi fikrlash elementlari o„rtasidagi ichki, muhim, zaruriy
aloqadorlikni ifodalaydi.
Formal mantiq qonunlari faqat tafakkurdagina amal qiladi.
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos
muhim, zaruriy bog„lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari obyektiv
voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga
kelgan va shakllangan.
Bu qonunlar fikrlashning to„g„ri amalga oshishini ta‟minlab turadi. Ular
tafakkur shakllari bo„lgan tushunchalar, hukmlar hamda xulosa
chiqarishning shakllanishi va o„zaro aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlari yuzaki qaraganda subyektiv qonunlardek bo„lib
tuyulsa ham, aslini olganda, obyektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar
hamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal qiluvchi umuminsoniy
qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, o„zgartirish, yangilash mumkin
emas.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to„g„ri, tushunarli, aniq izchil, ziddiyatsiz,
asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli
bo„lish va isbotlilik (asoslanganlik) to„g„ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir.
Formal mantiqning asosiy qonunlari ayniyat, ziddiyat, uchinchisi
mustasno, yetarli asos qonunlaridir.