O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Ziddiyat qonuni. Ayni bir narsa yoki hodisa haqida bildirilgan ikki



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Ziddiyat qonuni. Ayni bir narsa yoki hodisa haqida bildirilgan ikki 
qarama-qarshi fikr ayni bir vaqtning o„zida ayni bir nisbatda to„g„ri 
bo„la olmaydi. 
Ziddiyat qonuni “A ham B, ham B emas bo„la olmaydi” formulasi orqali 
ifodalanadi 
Inson tafakkuri aniq, ravshan bo„libgina qolmasdan, ziddiyatsiz bo„lishi 
ham zarur. Ziddiyatsizlik inson tafakkuriga xos bo„lgan eng muhim 
xislatlardan biridir. Ma‟lumki, obyektiv voqelikdagi buyum va hodisalar 
bir vaqtda, bir xil sharoitda biror xususiyatga ham ega bo„lishi, ham ega 
bo„lmasligi mumkin emas.
Bir vaqtning o„zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taalluqli 
bo„lmasligi tafakkurda ziddiyat qonuni sifatida shakllanib qolgan.
Ziddiyat qonuni qarama-qarshi va zid hukmlarga nisbatan qo„llaniladi. 
Bunda qarama-qarshi hukmlarning har ikkalasi ham bir vaqtda xato 
bo„lishi mumkin; o„zaro zid hukmlar esa bir vaqtda xato bo„lmaydi, 
ulardan biri xato bo„lsa, ikkinchisi albatta chin bo„ladi. Qarama-qarshi 
hukmlarda esa bunday bo„lmaydi, ya‟ni ulardan birining xatoligidan 
ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan: “Aristotel – mantiq 
fanining asoschisi” va “Aristotel – mantiq fanining asoschisi emas” - bu 
o„zaro zid hukmlardir. Bu zid hukmlarning har ikkalasi bir vaqtda xato 
bo„lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo„lgani uchun, ikkinchisi xato bo„ladi. 
O„zaro qarama-qarshi bo„lgan “Bu dori shirin” va “Bu dori achchiq” 
hukmlarining esa ikkalasi bir vaqtda, bir xil nisbatda xato bo„lishi 
mumkin. Chunki dori shirin ham, achchiq ham bo„lmasligi, balki bemaza 
yoki nordon bo„lishi mumkin. 
Ba‟zida ikki qarama-qarshi fikr aytilganda mantiqiy ziddiyat bo„lmasligi 
mumkin. Bunda bir masala yuzasidan bayon qilingan qarama-qarshi fikrlar 
turli vaqtda va turli nisbatda aytilgan bo„ladi. Masalan: “Talaba A. mantiq 


10 
fanidan imtihon topshirmadi” va “Talaba A. mantiq fanidan imtihon 
topshirdi”. Bu zid hukmlar turli vaqtga nisbatan chin bo„ladi, ya‟ni ular 
o„rtasida ziddiyat bo„lmaydi. 
Demak, fikrlash jarayonida, vaqt, munosabat va obyekt birligining 
saqlanishi ziddiyat qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart-sharoit 
hisoblanadi.
Mantiq ilmi umuman har qanday zid hukmlarni ta‟qiqlamaydi, balki bir 
masala yuzasidan bir xil vaqt va munosabat doirasida o„zaro zid, qarama-
qarshi hukmlarni bayon qilish mumkin emasligini ta‟kidlaydi. 
Formal mantiq dialektik ziddiyatlar bilan mantiqiy ziddiyatlarni 
chalkashtirib yuborishni qoralaydi. Mantiqiy tafakkurdagi ziddiyat bilan real 
hayot ziddiyatlarini, ya‟ni dialektik ziddiyatni bir-biridan farqlash, ularni 
almashtirib yubormaslik zarur.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin