. Formal mantiq to„g„ri tafakkur shakllari va qonunlarini o„rganuvchi
falsafiy fan bo„lib, tafakkurning strukturasini fikrning konkret mazmuni
va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda olib
o„rganadi. Uning diqqat markazida muhokamani to„g„ri qurish bilan
bog„liq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Biz o„rganadigan fan formal
mantiqdir.
Dialektik mantiq formal mantiqdan farqli o„laroq, tafakkurni uning
mazmuni va shakli birligida, hamda taraqqiyotida olib o„rganadi.
Matematik mantiq esa tafakkurni matematik metodlar yordamida
tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yo„nalishlaridan
biri bo„lib, tafakkurni mantiqiy hisoblash deb ataladigan yuqori darajada
abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi.
Keng ma‟noda mantiqni tafakkur shakllari va qonunlarini o„rganuvchi
fan, deb atash mumkin. “Tafakkur” arabcha so„z bo„lib, o„zbek tilidagi
“fikrlash”, “aqliy bilish” so„zlarining sinonimi sifatida qo„llaniladi. Tafakkur
bilishning yuqori bosqichidir.
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa
chiqarish shaklida mavjud.
Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks
ettiruvchi tafakkur shaklidir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A
bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya‟ni fikrlash elementlarini
a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v,
s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. Masalan, “davlat”
tushunchasida o„zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega
bo„lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi.
Hukm ( mulohaza
) larda predmet bilan uning xossasi, predmetlar
o„rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo„lish yoki bo„lmaslik
fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi.
Masalan “Mis – metall” degan hukmda predmet (mis) bilan uning
xossasi (metall ekanligi) o„rtasidagi munosabat qayd etilgan.
“Axloq huquqdan ilgari paydo bo„lgan” degan hukmda ikkita predmet
(axloq va huquq) o„rtasidagi munosabat qayd etilgan.
Mazmun jihatdan turli xil bo„lgan bu hukmlar tuzilishiga ko„ra bir
xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi
haqidagi tushuncha (P) o„rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya‟ni P ning
7
S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy xolda hukmning mantiqiy strukturasini
(shaklini) S – R formulasi yordamida ifoda etish mumkin.