nomlanishi
ta‟rifi
formulasi
misol
1.
2.
3.
4.
21
3-topshiriq. Quyidagi misollarda uchinchisi istisno qonuni amal
qiladimi? Izohlab bering.
1.
Abdulla Qodiriy – “O„tgan kunlar” romanining muallifi
Abdulla Qodiriy – “O„tgan kunlar” romanining muallifi emas
2.
Bu talaba Toshkent davlat texnika universitetida o„qiydi
Bu talaba O„zbekiston Milliy Universitetida o„qiydi
3.
Barcha vitaminlar inson organizmi uchun foydali
Hech bir vitamin inson organizmi uchun foydali emas
4.
Hech bir vrach xirurg emas
Ba‟zi vrachlar xirurgdir
5.
Hamma universitetlarda zamonaviy texnik jihozlar mavjud
Ba‟zi universitetlarda zamonaviy texnik jihozlar mavjud emas
4-topshiriq.
4.1.
Quyidagi tushunchalarni hajm jihatdan toraytiring va mazmuni
qanday kengayishini tushuntiring:
fan, universitet, ximiyaviy element, shahar, san‟at, jamiyat, millat, talaba,
geometrik figura, transport, inson, tabiat.
4.2.
Quyidagi tushunchalarning xajm jihatdan turlarini aniqlang:
Toshkent metropoliteni, olam, kitob, bilim, Orol dengizi, Yer planetasi,
huquqshunos, Aristotel, mevali daraxt, badiiy asar, O„zbekiston
Respublikasi, Konstitutsiya, milliy bayram.
4.3.
Quyidagi bo„linishlarni dixotomik bo„linish deb hisoblash
mumkinmi:
Hayvonlar umurqalilar va umurtqasizlarga bo„linadi
Dramatik asarlar komediya va tragediyaga bo„linadi.
4.4. Quyidagi bo„linishlarni qarab chiqing va xatosi bo„lsa, ko„rsating:
a) Transport – yer usti, havo, suv va shahar transportlariga bo„linadi.
b) Sonlar – butun, kasr, aralash, ismlik va mavhum sonlarga bo„linadi.
d) Burchaklar – to„g„ri, o„tmas, o„tkir, qo„shni vertikal burchaklarga
bo„linadi.
22
e) Iqlim – dengiz, kontinental, tropik, mo„„tadil va sovuq iqlimlarga
bo„linadi.
f) Hayvonlar – yirtqichlar va yirtqich emas hayvonlarga bo„linadi.
g) Odamlar – erkaklar, ayollar va bolalarga bo„linadi.
h) Jismlar – qattiq, suyuq va gazsimon jismlarga bo„linadi.
Dostları ilə paylaş: |