O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Ayiruvchi (dizyunktiv) hukm 
deb “yo”, “yoki”, “yohud” mantiqiy 
bog„lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan hukmga aytiladi. 
Bu bog„lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir 
qancha subyektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan:
“Qodirov elektr energetikasi yoki issiqlik energetikasi bo„limida 
o„qiydi”. 
“Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo„ladi”.
Ayiruvchi bog„lamalar “V” – dizyunksiya belgisi orqali ifodalanadi. 
Ayiruvchi (dizyunktiv) hukmlar oddiy yoki qat‟iy turlarga bo„linadi. Oddiy 
dizyunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin 
bo„lishi mumkin, qat‟iy dizyunktiv hukmda esa tarkibidagi oddiy 
hukmlardan faqat bittasi chin bo„ladi. Oddiy dizyunktiv hukm (p

q) 
formulasi bilan, qat‟iy dizyunktiv hukm 
q
p


formulasi bilan belgilanadi. 
Dizyunktiv hukmlarning chin bo„lish shartlari quyidagicha: 

q p 

q


q
p


chin 
chin 
xato 
xato 
chin 
xato 
chin 
xato
 
chin 
chin 
chin 
xato 
chin 
chin 
xato 
xato 
chin 
xato 
chin 
xato
 
xato 
chin 
chin 
xato 
O„tkir Hoshimov shoir yoki yozuvchidir” (S – P1 yoki P2 dir 
formulasi orqali ifodalanadi). Bu oddiy dizyunktiv hukm. “Abdullayev 
musobaqada yo yutadi, yo yutqazadi” (S yo P, yo P2 dir). Bu qat‟iy 
dizyunktiv hukm. 


33 
Shartli (implikativ) hukm
ikki oddiy hukmning “agar... unda” 
mantiqiy bog„lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli hukmning 
mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash 
zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta‟minlaydigan 
holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo„lmasa, hodisa ham 
bo„lmaydi.
Hodisa uchun yetarli bo„lgan shart deb, har safar shu shart bo„lganda, 
o„sha hodisa kuzatiladigan holatga aytiladi. Masalan: “Agar yomg„ir 
yog„sa, unda uylarning tomi ho„l bo„ladi” (Agar S –P bo„lsa, S1 – P1 
bo„ladi formulasi orqali ifodalanadi). Shartlar “yetarli, lekin zaruriy 
bo„lmagan”, “zaruriy, lekin yetarli bo„lmagan”, “zaruriy va yetarli” 
bo„lishi mumkin.
Shartli hukm tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. Shartli 
hukmning “Agar” va “unda” so„zlari oralig„idagi qismi – asos, “unda” 
so„zidan keyingi qismi – natija deb ataladi. “Agar yomg„ir yog„sa, unda 
uylarning tomi ho„l bo„ladi” hukmida “yomg„ir yog„sa” hukmi asos, 
“uylarning tomi ho„l bo„ladi” hukmi – natija hisoblanadi. 
Demak, asosda ko„rsatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning 
kelib chiqishi uchun yetarli shartni ifodalagan hukm, shartli hukm deyiladi 
Shartli (implikativ) hukmlar “agar ... unda” mantiqiy bog„lamasi (


belgi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamon mantiq ilmida esa (

) simvoli bilan 
belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. Shartli 
hukm esa implikativ hukm deb yuritiladi. 


p


chin 
chin 
xato 
xato 
chin 
xato 
chin 
xato 
chin 
xato 
chin 
chin 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin