34
Ekvivalent hukmning mantiqiy bog„lovchisi (
) simvoli, ya‟ni
(moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalanadi.
Ekvivalent hukmning
chin bo„lish shartlari quyidagicha:
p
q
p
q
chin
chin
xato
xato
chin
xato
chin
xato
chin
xato
xato
chin
Hukmlar o„rtasidagi munosabatlarning sxematik ifodasi “mantiqiy
kvadrat” deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali hukmlar o„rtasidagi chinlik
munosabatlari aniqlanadi.
Masalan, “Har bir jamiyat o„z axloqiy normalariga ega”. Bu A –
umumiy tasdiq hukm. E, I, O ko„rinishlarda quyidagicha ifodalanadi:
E. Hech bir jamiyat o„z axloqiy normalariga ega emas.
I. Ba‟zi jamiyatlar o„z axloqiy normalariga ega.
O. Ba‟zi jamiyatlar o„z axloqiy normalariga ega emas.
Bu hukmlar taqqoslanadigan hukmlar bo„lib, ular o„rtasida chinligiga
ko„ra o„ziga xos munosabatlar mavjuddir.
3. Xulosa chiqarish haqida umumiy tushuncha. Deduktiv xulosa
chiqarish
Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo„ladi. Bu bilimlar
abstrakt
tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga
asoslangan holda vujudga
keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish
mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb
ataladi.
Dostları ilə paylaş: