O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Murakkab hukmlar.
Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish 
mumkin bo„lgan hukmlarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, “Mantiq 
ilmini o„rganish to„g„ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi” degan hukm 
oddiy hukmni ifodalaydi. “Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini 
o„rganadi” degan hukm murakkab hukmdir. Bu hukmning tarkibi ikki 
qismdan: “Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o„rganadi” va “Mantiq ilmi 
tafakkur qonunlarini o„rganadi”, degan ikki oddiy hukmdan iborat. 
Mantiqiy bog„lovchining mazmuniga ko„ra murakkab hukmlarning 
quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi
shartli, ekvivalent. 
Birlashtiruvchi (kon‟yunktiv) hukmlar 
deb ikki va undan ortiq 
oddiy hukmlarning “va”, “ham”, “hamda” kabi mantiqiy bog„lovchilar 
vositasida o„zaro birikishidan hosil bo„lgan hukmlarga aytiladi. Masalan:
1. “Qo„ng„iroq chalindi va dars boshlandi”.
2. ”Alisher Navoiy shoir va davlat arbobi bo„lgan”. 
3. ”Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg„oniylar matematika fanining 
rivojlanishiga katta hissa qo„shganlar”. 
Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustaqil oddiy hukmning 
bog„lanishidan hosil bo„lgan (S – P dir va S1 – P1 dir formulasi orqali 
ifodalangan). Ikkinchi hukmda bir xil sub‟ektga ega bo„lgan ikki oddiy 
hukm o„zaro bog„langan (S – P1 va P2 dir formulasi orqali ifodalanadi). 
Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa, bir xil predikatga ega bo„lgan ikki 
oddiy hukm o„zaro bog„langan (S1 va S2 – P dir formulasi orqali 
ifodalanadi). O„zbek tilida birlashtiruvchi hukmlar “ammo”, “lekin”, 
“biroq” kabi bog„lamalar va vergul(,) tinish belgisi vositasida ham tuziladi. 
Mantiqiy bog„lamalar kon‟yunksiya belgisi “

” orqali ifodalanadi. 
Kon‟yunktiv (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni “p” va 
“q” shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm “p

q” formulasi orqali 


32 
ifodalanadi. Kon‟yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato 
bo„lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo„lganda, 
birlashtiruvchi hukm chin bo„ladi. Boshqa hamma holatlarda esa, xato 
bo„ladi. Masalan, ”Yolg„on gapirish va o„g„irlik qilish jinoyatdir” 
hukmidagi birinchi oddiy gap “Yolg„on gapirish jinoyatdir” chin 
bo„lmaganligi uchun, bu hukm chin bo„lmaydi. 

q p 


chin 
chin 
xato 
xato 
chin 
xato 
chin 
xato 
chin 
xato 
xato 
xato 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin