Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin hukmlardan
ma‟lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan
iborat bo„lgan tafakkur shakliga aytiladi.
субконтрар
контрар
бу
йс
ин
иш
бу
йс
ин
иш
E
A
O
I
контрадиктор
35
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga
o„tishdan tashkil topadi. To„g„ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor,
asoslar chin hukmlar bo„lishi, o„zaro mantiqan bog„lanishi kerak. Masalan,
“Aristotel – mantiq fanining asoschisi” va “Platon yunon faylasufidir”
degan ikki chin hukmdan xulosa chiqarib bo„lmaydi. Chunki bu hukmlar
o„rtasida mantiqiy aloqadorlik yo„q.
Deduktiv xulosa chiqarish
ning muhim xususiyati unda umumiy
bilimdan juz‟iy bilimga o„tishning mantiqan zaruriy xarakterga egaligidir.
Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina hukmga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil
qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish
jarayonida hukmlarning shaklini o„zgartirish orqali yangi bilim hosil
qilinadi. Bunda asos hukmning strukturasi, ya‟ni subyekt va predikat
munosabatlarining miqdor va sifat xarakteristikalari muhim ahamiyatga
ega bo„ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari
mavjud:
1.
Aylantirish
(lot.-obversio) – shunday mantiqiy usulki, unda
berilgan hukmning miqdorini saqlagan holda, sifatini o„zgartirish bilan
yangi hukm hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo„sh inkor
sodir bo„ladi, ya‟ni avval asosning predikati, keyin bog„lovchisi inkor
etiladi.
Inkor qilish jarayonida inkor yuklamalaridan (-ma; -siz; -mas) yoki
inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo„lgan tushunchalardan foydalaniladi.
Oddiy qat‟iy hukmlarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa
chiqariladi. Aylantirishda A-E ga, E-A ga, I-O ga, O-I ga o„zgaradi.
Masalan:
1. A. Hamma ilmiy qonunlar obyektiv xarakterga ega.
E. Hech bir ilmiy qonun subyektiv xarakterga ega emas.
2. E. Hech bir sahiy xasis emas.
A. Hamma saxiy bo„lmaganlar xasisdir.
3. I. Ba‟zi tushunchalar mazmunan konkret bo„ladi.
0.Ba‟zi tushunchalar mazmunan abstrakt bo„lmaydi.
4. 0. Ba‟zi hukmlar murakkab emas.
I. Ba‟zi hukmlar soddadir.
Demak, aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning
qo„sh inkori uning tasdig„iga tengdir”, degan qoidaga asoslanadi.
36
II. Almashtirish (lot.-conversio) – shunday mantiqiy xulosa chiqarish
usuliki, unda xulosa berilgan hukmdagi subyekt va predikatning o„rnini
almashtirish orqali keltirib chiqariladi.
Almashtirishda berilgan hukmdagi terminlar hajmi e‟tiborga olinishi
shart. Agar berilgan hukmdagi terminlar hajmiga e‟tibor berilmasa, xulosa
noto„g„ri bo„lishi mumkin: Masalan,
Hamma insonlar tirik mavjudotlardir
Hamma tirik mavjudotlar insonlardir
Xulosa xato, chunki berilgan hukmda R – (tirik mavjudotlar) to„liq
hajmda olinmagan, xulosada esa to„liq hajmda olingan. Yuqoridagi
asosdan “Ba‟zi tirik mavjudotlar insonlardir” deb chiqarilgan xulosa
to„g„ri bo„ladi. Shunga ko„ra almashtirishning uch turi farqlanadi:
toraytirilgan, kengaytirilgan va sof almashtirish.
Xulosa asosi
Xulosa
Almashtirish turi
1 A Hamma S – P
A Hammma P – S
Sof almashtirish
2 E
Hech bir S – P
emas
E
Hech bir P – S
emas
Sof almashtirish
3 I
Ba‟zi S – P
I Ba‟zi P – S emas
Sof almashtirish
4 A Hamma S –P
I
Ba‟zi P – S
Toraytirilgan almashtirish
5 I
Ba‟zi S – P
A
Hamma P – S
Kengaytirilgan
almashtirish
Yuqoridagi sxemani misollar bilan ko„rib chiqamiz:
1. A. Hamma tirik mavjudotlar sezish xususiyatiga ega.
A. Sezish
xususiyatiga
ega bo„lganlarning hammasi tirik
mavjudotdir.
2. E. Hech bir xasis saxiy emas.
E. Hech bir saxiy xasis emas.
3. I. Ba‟zi faylasuflar tabiatshunosdir.
I. Ba‟zi tabiatshunoslar faylasuflardir.
4. A. Hamma vrachlar oliy ma‟lumotlidir.
I. Ba‟zi oliy ma‟lumotlilar vrachlardir.
5. I. Ba‟zi odamlar shoirdir.
A. Hamma shoirlar odamdir.
37
Juz‟iy inkor hukmdan (O) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib
bo„lmaydi, chunki bu hukmning predikati to„liq hajmda olingan. Demak, u
xulosada ham to„liq hajmda olinishi kerak, ya‟ni xulosa umumiy inkor
hukm (E) bo„lishi kerak. U holda xulosaning predikati ham to„liq hajmda
olinishi kerak bo„ladi, bu esa mumkin emas, chunki u asosning subyektida
to„liq hajmda olinmagan. Masalan:
O. Ba‟zi faylasuflar mantiqshunos emas.
E. Hech bir mantiqshunos faylasuf emas.
yoki O. Ba‟zi mantiqshunoslar faylasuf emas.
Har ikki holatda ham xulosa noto„g„ridir. Demak, almashtirish usuli
qo„llanilganda hukmdagi subyekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu
asosda hukmdagi terminlarning o„rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu
usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta‟riflarning to„g„riligini aniqlashda
muhim ahamiyatga ega.
III. Predikatga qarama-qarshi qo„yish (lot. contrapositio) bevosita
xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo„lib, bu usul
qo„llanilganda berilgan hukm avval aylantiriladi, so„ngra almashtiriladi.
Predikatga qarama-qarshi qo„yishda A-E ga, E-I ga, 0-I ga o„zgaradi.
Turli hukmlardan bu usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi sxemada
ko„rsatilgan:
Xulosa asosi
Xulosa
1 A
Hamma S – P
E
Hech bir P emas S emas
2 E
Hech bir S – P emas
I
Ba‟zi P emas S dir
3 O
Ba‟zi S – P emas
I
Ba‟zi P emas S dir
Masalan,
1. A. Hamma hukmlar darak gap orqali ifodalanadi.
E. Darak gap orqali ifodalanmagan fikr hukm emas.
2. E. Hech bir vatanparvar o„z Vataniga hiyonat qilmaydi.
I. Ba‟zi Vataniga hiyonat qilmaydiganlar vatanparvardir.
3. O. Ba‟zi talabalar faylasuf emas.
I. Ba‟zi faylasuf bo„lmaganlar talabadir.
38
Juz‟iy inkor (O) hukmdan predikatga qarama-qarshi qo„yish usuli bilan
xulosa chiqarilganda, bu hukmdan almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib
bo„lmasligini e‟tiborga olish zarur. Shuning uchun O hukmdan
“Ba‟zi S – P emas” shaklida emas, balki “Ba‟zi S emas – P dir”
“Ba‟zi P – S emas”, “Ba‟zi P emas – S dir”
shaklida xulosa chiqariladi.
Juz‟iy tasdiq (I) hukmdan predikatga qarama-qarshi qo„yish usuli bilan
xulosa chiqarib bo„lmaydi. Chunki, “Ba‟zi S – P” hukmni aylantirsak
“Ba‟zi S – P mas emas” ya‟ni juz‟iy inkor hukm kelib chiqadi. Undan
almashtirish orqali xulosa chiqarib bo„lmaydi.
Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish. Bunda oddiy qat‟iy
hukmlarning o„zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e‟tiborga
olgan holda, hukmlardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi.
Bu xulosalar hukmlar o„rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va
bo„ysinish munosabatlariga asoslanadi.
Zidlik (kontradiktorlik) munosabatlariga asoslangan holda xulosa
chiqarish. Ma‟lumki, zidlik munosabati A-O va E-I hukmlari o„rtasida
mavjud bo„lib, uchinchisi istisno qonuniga bo„ysunadi. Bu munosabatga
ko„ra hukmlardan biri chin bo„lsa, boshqasi xato bo„ladi va, aksincha, biri
xato bo„lsa, boshqasi chin bo„ladi. Xulosalar quyidagi sxema bo„yicha
tuziladi:
E
I
;
A
O
;
I
Е
;
О
А
Masalan,
A. Hamma insonlar yashash huquqiga ega
O. Ba‟zi insonlar yashash huquqiga ega emas.
I. Ba‟zi faylasuflar davlat arbobi.
E. Hech bir faylasuf davlat arbobi emas.
Bu misolda asos hukmning chinligidan xulosaning xato ekanligi
(uchinchisi istisno qonuni asosida) kelib chiqadi.
Qarama-qarshilik (kontrarlik) munosabatlariga asoslangan holda xulosa
chiqarish. Qarama-qarshilik munosabati A va E hukmlar o„rtasida mavjud
bo„lib, ziddiyat qonuniga bo„ysunadi. Bu munosabatdagi hukmlardan
birining chinligidan boshqasining xato ekanligi to„g„risida xulosa
chiqariladi. Lekin birining xatoligi boshqasining chinligini asoslab
bermaydi, chunki har ikki hukm ham xato bo„lishi mumkin. Masalan,
“Hamma insonlar yaxshi yashashni xohlaydilar” degan umumiy tasdiq (A)
hukmning chinligidan “Hech bir inson yaxshi yashashni xohlamaydi”
degan umumiy inkor (E) hukmning xatoligi kelib chiqadi.
39
A. Hamma tushunchalar konkret bo„ladi.
E. Hech bir tushuncha konkret emas.
Bu misolda asos hukm va xulosa xato. Demak, qarama-qarshilik
munosabatidan
.,
А
Е
,
Е
А
ko„rinishida xulosa chiqarish mumkin.
Qisman moslik (subkontrarlik) munosabatiga asoslangan holda xulosa
chiqarish. Bu munosabat juz‟iy tasdiq (I) va juz‟iy inkor (O) hukmlar
o„rtasida mavjud bo„ladi. Bu hukmlarning har ikkisi bir vaqtda chin bo„lishi
mumkin, lekin bir vaqtda xato bo„lmaydi. Ulardan birining xatoligi aniq
bo„lsa, ikkinchisi chin bo„ladi. Qisman moslik munosabati asosida xulosa
chiqarish
I
-
O
O;
-
I
I;
O
O;
I
ko„rinishda bo„ladi.
Masalan:
O. Ba‟zi ilmiy qonunlar obyektiv xarakterga ega emas.
I. Ba‟zi ilmiy qonunlar obyektiv xarakterga ega.
Bunda asos hukm xato bo„lganligi uchun xulosa chin bo„ladi.
I. Ba‟zi faylasuflar davlat arbobi.
O. Ba‟zi faylasuflar davlat arbobi emas.
Bu misolda asos hukm ham, xulosa ham chin fikrdir. Ba‟zan asos hukm
chin bo„lganda xulosaning chinligini ham, xatoligini ham aniqlab
bo„lmaydi.
Bo„ysunish munosabatiga asoslangan holda xulosa chiqarish. Bu
munosabat sifatlari bir xil bo„lgan umumiy va juz‟iy hukmlar (A va I; E va
O) o„rtasida mavjud bo„ladi. Umumiy-bo„ysundiruvchi hukmlar chin
bo„lsa, juz‟iy-bo„ysunuvchi hukmlr ham chin bo„ladi. Lekin bo„ysunuvchi-
juz‟iy hukmlarning chinligidan, bo„ysundiruvchi – umumiy hukmlarning
chinligi haqida xulosa chiqarib bo„lmaydi. Chunki bunday holda umumiy
hukmlar chin yoki xato bo„lishi mumkin. Shunga ko„ra bo„ysunish
munosabatiga asoslangan xulosa chiqarish quyidagi ko„rinishda bo„ladi:
A
I; E
O.
Masalan:
A. Hamma mustaqil davlatlar BMT ga a‟zo.
I. Ba‟zi mustaqil davlatlar BMT ga a‟zo.
A - hukm chin bo„lgani uchun, I hukm ham chin.
O. Ba‟zi o„zbek ayollari oliy ma‟lumotga ega emas.
E. Hech bir o„zbek ayoli oliy ma‟lumotga ega emas.
Bu misolda O - hukm chin bo„lsa ham, E-hukm xato.
Yuqoridagi munosabatlarni umumlashtirgan holda, asos hukm va
xulosaning chinlik darajasiga ko„ra quyidagi holatlarni ko„rsatish mumkin.
1. Asos hukm va xulosa chin bo„lgan:
40
A - I, E - I.
2. Asos hukm chin va xulosa xato bo„lgan:
.
A
E
;
E
A
;
E
I
;
A
O
;
I
Е
;
О
А
3. Asos hukm xato va xulosa chin bo„lgan.
I.
O
O;
I
Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarilganda qarama-qarshilik
munosabatidagi hukmlardan biri xato bo„lganda, qisman moslik
munosabatidagi hukmlardan biri chin bo„lganda va bo„ysunish
munosabatida juz‟iy hukmlar chin bo„lganda, ulardan chiqarilgan xulosa
noaniq bo„ladi.
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilishda mavjud fikrni aniqlab
olishga, uning mohiyatini to„g„ri tushunishga, shuningdek bir fikrni turli
xil ko„rinishda bayon qilishga, yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat
beradi.
Dostları ilə paylaş: |