O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

 Sillogizm. 
Deduktiv xulosa chiqarishning eng keng tarqalgan turi
sillogizmdir. Sillogizm “qo„shib hisoblash”, degan ma‟noni anglatadi. 
Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o„zaro mantiqiy 
bog„langan ikki qat‟iy hukmdan uchinchi – yangi qat‟iy hukm zaruriy 
tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki hukmlardan biri albatta yo umumiy 
tasdiq yoki umumiy inkor hukm bo„ladi. 
 
Sillogizmning tarkibi
ikki asos va xulosadan tashkil topgan. Xulosa 
asoslari va xulosadagi tushunchalar 
terminlar
deb ataladi. Xulosaning 
mantiqiy egasi – S – kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi – R 
– katta termin (terminus major), xulosa asoslari uchun umumiy bo„lgan, 
lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M – (terminus medius) o„rta 
termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o„z ichiga olgan hukm katta 
asos, kichik terminni o„z ichiga olgan hukm kichik asos deb ataladi. 
Terminlarning katta yoki kichik deb atalishi ular ifodalagan 
tushunchalarning hajmiga bog„liq. Terminlar o„rtasidagi munosabatni 
doiralar yordamida quyidagicha ifodalash mumkin. 
S – kichik termin. 
M – o„rta termin. 
R – katta termin. 
Sillogizmda kichik va katta terminlar xulosaga chiqariladi. Unda katta 
termin xulosaning predikati, kichik termin esa subyekti bo„lib chiqadi. 
O„rta termin katta va kichik terminni mantiqiy bog„lovchi element 
hisoblanadi. Masalan,





41 
Katta asos: Hamma planetalar sharsimondir M – R
Kichik asos: Yer – planeta S – M
Xulosa: Er – sharsimon S – P
Bu sillogizmda “Yer” – kichik termin (S), “sharsimon” – katta termin (P), 
“planeta” – o„rta termin (M). 
Sillogizm aksiomasi. 
Mantiqda aksioma bir necha marta praktikada 
isbotlangan fikrlar ma‟nosida ishlatiladi. Xuddi shuningdek sillogizm 
aksiomasi inson praktikasida million-million marta takrorlanish asosida 
vujudga kelgan to„g„ri fikrlardan xulosa o„z-o„zidan kelib chiqishini 
ko„rsatadi. Masalan, kitob shkafda bo„lsa, shkaf uyda bo„lsa, demak, kitob 
ham uyda bo„ladi. Agar kitob shkafda bo„lsa, shkaf uyda bo„lmasa, demak, 
kitob ham uyda bo„lmaydi. 
Yoki A predmet B ning ichida bo„lsa, B predmet D ning ichida bo„lsa, 
demak A predmet D ning ichida bo„ladi. Agar A predmet B ning ichida 
bo„lsa, B predmet D ning ichida bo„lmasa, demak A predmet D dan 
tashqarida bo„ladi. Bu qoidani quyidagi sxemalar yordamida yaqqol 
ifodalash mumkin. 
Demak, sillogizm aksiomasida ma‟lum guruh predmetlar tasdiqlansa yoki 
inkor qilinsa, unga kiruvchi har bir predmet ham tasdiqlanadi yoki inkor 
qilinadi. Masalan: 
Hamma baliqlar suvda yashaydi. 
Sazan – baliq.
Demak, sazan suvda yashaydi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin